Muxbir o‘rnidan turib, narsalarini yig‘ishtirib keta boshlaydi.
Farmon. Hoy, hoy, yozib bo‘ldingmi? Meni ovozimni yozganingga radio pul to‘laydimi? (Muxbir boshini irg‘aydi). Meni familiyamni bilasan-a? Boboyeva bo‘laman. Adresimni bilasan. Pulni albatta yubor. Men pensionerman. Esingdan chiqmasin.
Muxbir chiqib ketadi.
2-topshiriq. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini mumtoz matnlar yordamida o‘qitish bo‘yicha bir soatlik dars ishlanmasini tayyorlang.
O‘quv fanining nomi: Ona tili
Mavzu nomi: Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini mumtoz matnlar yordamida o‘qitish
Darsning maqsadlari:
a) ta’limiy maqsad: “Gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlarini mumtoz matnlar yordamida o'rganish” mavzusi bo‘yicha olingan bilimlarni mustahkamlash, o‘quvchilarga gap bo‘laklari haqida nazariy ma’lumotlar berish, o‘quvchilarda mavzu bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish.
b) tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash.
v) rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, tafakkurini, og‘zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish, erkin fikrlashga, muammoli vaziyatlar yechimini topishga o‘rgatish, gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlariga nisbatan bilim, ko‘nikmalarini boyitish.
Dars turi: ta’limiy
Darsning jihozlari: multimedia vositalari,darslik, badiiy kitoblar,ko'rgazmali qurollar.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism.
a) o‘quvchilar bilan salomlashish;
b) o‘quvchilar davomatini aniqlash;
d) siyosiy daqiqa;
e) dars shiori hamda kun hikmatini e’lon qilish va uni muhokama qilish.
Dars shiori: Birlashgan daryo bo‘lur, tarqalgan irmoq bo‘lur.
(O‘zbek xalq maqoli)
Kun hikmati: Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidir, Ilm dunyoning lazzatidir.
Abdulla Avloniy
II. Uy vazifasini so‘rash va o'tgan mavzuni mustahkamlash
III. Yangi mavzu bayoni:
Gaplarning ifoda maqsadiga ko'ra to'rt xil shakli bor: a) darak gap; 2) so'roq gap; 3) buyruq gap; 4) istak gap.
1.Darak gap. Darak gapda biror voqea-hodisa haqida xabar beriladi.Darak gaplar oxiriga yozuvda doimo nuqta qo'yiladi.
2.So'roq gap. So'roq ma'nosini bildirgan gaplar so'roq gaplar hisoblanadi. So'roq gaplar so'roq olmoshlari (kim, nima, qancha kabi) so'roq yuklamalari ( -mi, -a (ya), -chi) yoki so'roq ohangi yordamida ifodalanadi. Masalan: - Tunda yo'lga chiqamiz. - Tunda? Yozuvda so'roq gap oxiriga so'roq (?) belgisi qo'yiladi.
3.Buyruq gap. Bunda tinglovchini biror ishni bajarish yoki bajar-maslikka undash, da’vat etishdan tashqari, do`q, qattiy buyruq, iltimos, maslahat, yalinish, taklif kabilar ham ifoda qilinadi.
4.Istak gaplar. Kesimi -sa shaklidagi fe'llar orqali ifodalangan gaplar istak gap hisoblanadi. Masalan: Xorijiy tillarniyaxshi o'rganib, chet ellarga o'qishga borsam. Istak gaplar oxiriga nuqta qo'yiladi.
1. O‘quvchilar guruhlarga ajratiladi va ularga nom beriladi.
I guruh: “Bilimdonlar” II guruh: “Zukkolar” III guruh: “Topqirlar”
2. “Tushunchalar tahlili” metodi o‘tkaziladi. Unga ko‘ra guruh sardorlari keltirilgan tushunchalarga mos ta’riflarni jadvalga yozadilar.
“Tushunchalar tahlili” metodi.
Tushunchalar Mazmuni
Gap
Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari
Darak gap
So‘roq gap
Buyruq gap
Istak gap
His-hayajon gap
3. “Zanjir” metodi o‘tkaziladi. Unga ko‘ra o‘quvchilar gaplarning ifoda maqsadiga ko‘ra turlariga ketma-ket bittadan gap tuzadilar. Zanjirning halqalarini uzib qo‘ymaslik uchun har bir o‘quvchi gap tuzishi kerak bo‘ladi. Masalan, 1-o‘quvchi: Bugun men darsdan so‘ng kutubxonaga bormoqchiman. 2-o‘quvchi: Siz qanday kitoblarni yoqtirasiz? va hokazo.
4. Alisher Navoiyning ushbu g'azalini o'qib chiqing, g'azaldagi notanish so'zlar lug'atini tuzing, quyidagi mumtoz matnni hozirgi o'zbek tilida bayon eting. G'azalda gapning ifoda maqsadiga ko'ra qanday turlari qatnashganini aniqlang.
Jongʻa chun dermen: „Ne erdi oʻlmakim kayfiyati?“
Derki: „Bois boʻldi jism ichra marazning shiddati“.
Jismdin soʻrsamki: „Bu zaʼfinggʻa ne erdi sabab?“
Der: „Anga boʻldi sabab oʻtluq bagʻirning hirqati“.
Chun bagʻirdin soʻrdum, aytur: „Andin oʻt tushti manga
Kim, koʻngulga shuʼla soldi ishq barqi ofati“.
Koʻngluma qilsam gʻazab, ayturki: „Koʻzdindur gunah,
Koʻrmayin ul tushmadi bizga bu ishning tuhmati“.
Koʻzga chun dermenki: „Ey, tardomani yuzi qaro,
Sendin oʻlmish telba koʻnglumning baloyu vahshati“.
Yigʻlab aytur koʻzki: „Yoʻq erdi manga ham ixtiyor
Ki, koʻrundi nogahon ul shoʻxi mahvash talʼati“.
Ey Navoiy, barcha oʻz uzrin dedi, oʻlguncha kuy
Kim, sanga ishq oʻti-oʻq ermish azalning qismati
Uyga vazifa: Ma'lum bir mumtoz asardan shunday parcha toping,unda gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlaridan barchasi ishtirok etgan bo'lsin va jadval asosida gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlariga bo'ling.
Do'stlaringiz bilan baham: |