metodik talablar.
1. Ko‘rsatish doimo so‘z metodidan foydalanish bilan birga
olib borilishi kerak. Ko‘rsatish va so‘z metodi mazmunining
oczaro munosabati pedagogik vazifalar bilan aniqlanishi kerak.
2. Ko‘rsatish mazmuni, o‘rgatish vazifasiga muvofiq bo‘-
lishi kerak:
a) birinchi ko‘rsatish, qoida bo‘yicha jismoniy mashqlarni
bajarish, standart texnika haqida bir butun tushunchani berishi
kerak, u o ‘quvchilarning eslashi uchun imkoni bolgan darajada
amalga oshiriladi;
b) harakat faoliyatni o‘zlashtirib olish uchun, agar ko‘rsatish
talab etilsa, mahoratning yuqori darajasini izhor etuvchi
texnikani individual bajarish kerak;
d) o^quvchilarning diqqatini alohida harakatlarga qaratish
zarur boig an d a , ko‘rsatishda aynan shu holatlarga urg‘u
beriladi: ko‘proq ko(rsatmalilik uchun ba’zida oi'ganiladigan
harakat, faoliyatining bir qismi ko‘rsatiladi, harakat tezligi
pasaytiriladi, pauza qilinadi.
3. Ko‘rsatishda o ‘qituvchining hayajonlanish holatini o ‘quvchilar
taqlid qilishga urinishini hisobga olish zarur.
4. Oynali ko‘rsatishlarni, asosan, umumiy rivojlantirish
mashqlaridan foydalanilganda qollash maqsadga muvofiqdir.
Ko‘rgazmali qurollar bilan namoyish qilish
Ko‘rgazmali qurollar bilan namoyish qilish o'quvchilar
uchun harakat faoliyatlarini predmet yordamida idrok qilishlarida
qo‘shimcha tasawur yaratadi.
Harakat faoliyatlarini ko‘rsatish
Har bir ko‘rgazmali qurol turini namoyish qilishda ba’zi
bir metodik qoidalarni hisobga olish kerak.
Plakatlar, ko‘rsatilishi qiyin, tushuntirilishi murakkab
boigan faoliyatlar holatini aks ettirishi lozim. Shuning uchun
tasvirlashni o ‘quvchilarni asosiy harakatdan chalg‘ituvchi
detallardan ozod qilish zarur. Ko‘rsatmali idrok qilishning
natijasini tekshirish uchun o ‘qituvchining savollari va o ‘quvchining
javoblari foydalidir.
Plakatlarni namoyish qilish texnikasiga yagona talab bo‘lishi
mumkin emas. 0 ‘rgatishga bog‘liq bo‘lgan vazifalardan kelib
chiqib, navbatdagi dars oldidan ular bilan taxminiy tanishish,
o ‘quvchilar diqqatini to‘plash uchun ilib qo‘yiladi.
Agar o ‘qituvchining rasm chizishga qobiliyati b o ‘lsa,
doskada u yoki bu harakat holatlarini estetik ravishda chizib
ko‘rsatishi kerak. Bu rasmlarni o4iladigan mashg‘ulotlardan
oldinroq chizib qo‘yilsa, yana ham maqsadga muvofiq boMadi.
Doskaga rasm chizishning ba’zi bir afzalliklari bor, lekin bu
plakat o crnini to ‘liq almashtira olmaydi. Bunday chizma
rasmlarni o 'q uvchilarga ham o ‘rgatib borish maqsadga
muvofiqdir,chunki bolalar o ‘z harakat tushunchalarini grafik
izhor qilishlari uchun imkoniyat tu g ‘iladi?o ‘rganiladigan
harakat faoliyatlarini o ‘zlashtirib olinishi tezlashadi.
Pedagogik jarayonda texnik vositalardan (magnitofon,
televizor, kinoapparat, ko6lankali ko‘rsatuvchi apparat va
boshqalar) foydalanish yaxshi didaktik ta’sir kuchini oshiradi.
Kinofilm yordamida faoliyatlarning bajarilishini bir necha marta
takror-takror namoyish qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |