ichakning har qanday bo‘limida joylashishi mumkin. Ba’zan retgenogramma
ma’lumotlari yolg‘on bo‘ladi, bu holatlarda to‘g‘ri ichakning biopsiyasi xatolikdan
qochish imkonini beradi. Girshprung kasalligida aniq
gistologik aganglioz bilan
yolg‘on rentgenologik kartinaning (ko‘rinadigan o‘tish zonasining yo‘qligi)
birlashuvi yangi tug‘ilganlar va yo‘g‘on ichak total agangliozi bo‘lgan bemorlar
uchun xos. Bunday holatlarda qisman ingichka ichak o‘tib bo‘lmasligi bo‘lgan
bemorda qisqargandek tuyuladigan va silliq qayrilgan colonlarning kichik
diametrda bo‘lishi agangliozni tasdiqlaydi (rasm..). saqlanadigan ichak qisqarishi
va kechiktirilgan rentgenogrammalarda (24 soatdan keyin) bariyning ushlanib
qolishi to‘g‘ri
diagnostik omil hisoblanadi, biroq Girshprung kasalligi bo‘lgan
ko‘pgina bemorlarda bu simptom bo‘lmaydi.
Bariy bilan irrigografiya nafaqat o‘tish zonasini namoyon qilish, balki
yo‘g‘on ichakli o‘tib bo‘lmaslikning boshqa anatomik sabablarini ham
differensiyalash imkonini beradi. O‘tish zonasi topilganida biopsiya yordamida
tashxis tasdiqlanishi kerak.
Bunda tashqari, Girshprung kasalligi gistologik
tasdiqlangan bemorlarda o‘tish zonasining o‘rnatilgan rentgenologik lokalizatsiyasi
operativ muolajani rejalashtirish va bajarish asosida yotadi.
Diagnostikaning yana bir metodi – afsuski, ko‘pgina jarrohlar qo‘llamaydigan
anorektal manometriya. Girshprung kasalligi yuqori bosim va proksimal o‘zgarmas
segmentda faol peristaltika va aganglionar zonada peristaltikaning yo‘qligi (normal
bosimda), shuningdek, to‘g‘ri ichak cho‘zilishiga javoban rektal sfinkter
relaksatsiyasi yo‘qligi bilan xarakterlanadi. Manmetriya irrigografiya va rektal
biopsiya kabi keng qo‘llanilmaydi, chunki maxsus
qurilma va vaqt talab qiladi,
uning natijalari juda ko‘p variantli va yangi tug‘ilganlarda katta yosh bolalaridan
ko‘ra kamroq to‘g‘ri. Shu bilan birga bu ham Girshprung kasalligida, ham
anorektal
nuqsonlarda
rekonstruktiv
operatsiyalar
funksional
natijalari
baholanishining muhim metodi.
Manometriya, shuningdek, ultraqisqa aganglionar segmentli Girshprung
kasalligi diagnostikasida juda yordam beradi. Kasallikning
bu shaklida gistologik
tadqiqotlarda to‘g‘ri ichakdagi ganglioz hujayralar topilishi mumkin, lekin,
manoetriya ma’lumotlariga ko‘ra, ichki sfinkter gipertonusda joylashadi va to‘g‘ri
ichak cho‘zilishiga javoban bo‘shashmaydi.
Rektal biopsiya juda keng qo‘llaniladi. Tadqiqot uchun material olishning bir
necha usullari bor. Bu metodning aniqligi o‘ta yuqori, agar u, albatta, tajribali
bolalar jarrohi yoki morfologlari tomonidan amalga oshirilsa. To‘liq qatlamli rektal
biopsiya umum qabul qilingan va biopsiya materialini olishning boshqa usullari
oldida ustunliklarga ega, chunki
ham Auerbaxovskiy muskul orasi, ham
Meysnerovskiy submukoz to‘qimani baholash imkonini beradi. Bu metodning
qo‘llanilishi umumiy anesteziyani talab qiladi. Keskinlashuvlar (presakral abssess)
juda kam paydo bo‘ladi.
Shunga o‘xshash umumiy og‘riqsizlantirish talab qilmaydigan metodlar
punksion va aspiratsion biopsiya hisoblanadi. Punksion metotda biopsiyali qisqich-
ombirchalar ishlatiladi. Olingan materialda ikkala to‘qimaning ham hujayralarini
topish mumkin. ayrim holatlarda bu metodning kamchiligi materialning jam
miqdorda olinishi (tadqiqot uchun yetarli bo‘lmagan) va ba’zan
biopsiya joyidan
ko‘p qon ketishi hisoblanadi. Bundan tashqari, bu metodni ba’zan muloqotga kirish
ancha qiyin bo‘lgan ancha katta yoshdagi bolalarda qo‘llash murakkab.
Faqatgina shilliq va shilliq osti qatlamlar olinadigan rektal aspiratsion
biopsiyaning mashhur bo‘lishi metodning oddiyligi va uni ambulator sharoitlarda
qo‘llash mumkinligi bilan tushuntiriladi. Tadqiqotda ganglioz hujayralarning
yo‘qligi va gipertrofirlangan nervlar namoyon qilinadi (16.4-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: