16.4-rasm.
Girshprung kasalligida neyrografiya.
Metod aniqligi juda katta, agar materialning yetarli miqdori yoki bir nechta
qismlar olingan, shuningdek, tadqiqotlar tajribali morfolog tomonidan
o‘tkazilayotgan bo‘lsa. Agar ganglioz hujayralar aniqlansa, unda Girshrprung
kasalligi tashxisi, odatda, bo‘lmaydi. Aspiratsion biopsiyaning yagina ehtimoli
bo‘lgan keskinlashuvi – materialning yetarli miqdorda olinmasligi.
Biopsiyani tishli liniyadan yuqorida amalga oshirish muhim, chunki to‘g‘ri
ichakning ancha distal bo‘limlarida ganglioz hujayralarning joylashuv zichligi
kamayadi. Aspiratsion biopsiyaning keng qo‘llanilishi yana so‘ngi vaqtlarda
Meysnerovskiy to‘qimasi Auerbaxovskiy kabi distal yo‘nalishda uzoq tarqalmaydi
degan fikr rad etilishi bilan bog‘liq.
Davolash.
Aganglioz tashxisi qo‘yilishi bilan yo‘g‘on ichak lavaji (gaz
chiqarish trubkasi o‘rnatish bilan sifon klizmalar), kolostoma yotqizish yoki
birlamchi radikal muolajadan iborat bo‘lgan faol davolashni zudlik bilan boshlash
kerak. Davolashni kechiktirish kerak emas, chunki bu faqat davolash natijalarida
eng salbiy tarzda aks etadigan enterrokolitning ulanishiga sharoit yaratishi
mumkin.
Yo‘g‘on ichak lavaji – bu oddiy klizma emas, kuniga bir necha marta katta
teshigi va yon teshiklari bo‘lgan trubka orqali amalga oshiriladigan uning takroran
mexanik yuvilishi. Bu maqsadlar uchun katta miqdorda suyuqlik ishlatilarkan,
elektrolit buzilishlarga uchramaslik uchun 1–2 % xlorli natriy qorishmasini
qo‘llash yaxshi. Davolash tadbirlarining maqsadi – kislotno-asosiy holatga
minimal aralashuv bilan ichakning dekompressiyasi. Lavaj bir bosqichli jarrohlik
davolanishi rejalashtirilganida qisqa aganglionar segment bo‘lganida qo‘llaniladi.
Uzun segmenti bo‘lgan bolalarda lavaj kam effektli.
Ko‘pincha davolashning birinchi bosqichi sifatida uzoq vaqt o‘tkaziladigan
lavaj oldida qator ustunliklarga ega bo‘lgan kolostomiya yoki olestomiya
qo‘llaniladi. Ilestomiyaga keladigan bo‘lsa, biz ichak tarkibining yuqori
derivatsiyasi, shu qatorda Girdaladze bo‘yicha kolostoma tarafdori emasmiz. Chap
yarim yoki ko‘ndalang ichakda, aganglionar zonaning qisman rezeksiyasi bilan
undan proksimlaroq bir stvolli kolostomasi nafaqat tashxisni verifikatsiyalash
imkonini beradi, balki yo‘g‘on ichak yuqorida yotuvchi bo‘limlari funksiyalarini
saqlaydi. Birinchidan, bunda ichak obstruksiyasi tezda yo‘qotiladi. Ikkinchidan,
ikkilamchi kengaygan, lekin dastlab o‘zgaragan ichak o‘lchamlari kichrayadi, mas
ravishda, keltiradigan segment va aganglioz zonasi diametrlaridagi farq kamayadi,
bu rekonstruktiv operatsiya o‘tkazishda eng yaxshi sharoit bilan ta’minlaydi.
Uchinchidan, bola ovqatlanish holati yaxshilanadi, uni uyda parvarishlash esa uzoq
vaqtli lavaj o‘tkazishdagidan ko‘ra ancha osonlashadi va jarohatsiz bo‘ladi. Va
nihoyat, ayniqsa muhim tomoni, Girshprung kasalligi bo‘lgan bolalarda davolash
natijalariga juda salbiy ta’sir qiladigan enterokolit rivojlanish xafvi pasayadi.
Ichak teshigi qo‘yiladigan joyning tanlovi birinchi navbatda retgenologik
kartina bilan aniqlanadi. Agar irrigogrammalarda xos o‘tish zonasi aniq ko‘rinsa,
unda yechim osonlashadi. Bunday holatda kolostoma qo‘yish uchun o‘tish zonasi
ustida qorin devorchasining kichik kesilishi talab qilinadi. Operatsiyada bu
zonadan yuqori yoki pastki qismlarda olingan biopsiya natijalari odatda
retgenologik ma’lumotlarni tasdiqlaydi.
Agar irrigogrammalarda o‘tish zonasi aniqlanmasa, biopsiya materialini har
qanday darajada olish imkonini beradigan ancha keng laparotomiyani o‘tkazish
zarur. Yetarlicha kam uchraydigan bunday holatlarda bo‘ylama o‘rta kesim olgan
ma’qul, chunki u kerak bo‘lganida qorinning har qanday kvadrantida stoma
yaratish imkonini beradi va, bundan tashqari, jarrohlik bilan davolashning ikkinchi
bosqichida qo‘llanilishi mumkin. Aganglioznar zona rentgenologik ma’lumotlarga
ko‘ra rektosigmoid sohasida joyalshadigan odatiy va eng ko‘p uchraydigan
holatlarda mushaklarning jaratilishi bilan chap pastki kvadrantda qorin
devorchasini kichik kesishadi. Stoma yotqizish darajasi reviziya va muzlatilgan
kesimlar ekspress-tadqiqotlari ma’lumotlari bilan aniqlanadi. Bu kesimdan (uning
kengayishi bilan) operativ davolashning ikkinchi bosqichida ham foydalanish
mumkin.
Stoma yotqizish joyi, shuningdek, qanday davolash rejalashtirilayotganligiga
ham bog‘liq – ikki yoki uch bosqichli. Ba’zi jarrohlar uch bosqichli muolajani
ma’qul ko‘rgan vaqtda, ko‘pchlik hozirgi vaqtda stomani gistologik tasdiqlangan
o‘tish zonasi sohasida qo‘ygan holda ikki bosqichli operativ davolashni
qo‘llashadi. Bunday yondashuvda keskinlashuvlar va letal yakunlarning eng kam
chastotasi kuzatiladi, lekin, boshqa tomondan, jarroh doim kerak bo‘lganida texnik
muammolar bilan bog‘liq ikkinchi bosqich vaqtida (kamdan kam bo‘ladi) paydo
bo‘ladigan proksimal stomani yotqizishga tayyor bo‘lishi kerak.
O‘tish zonasida stomaning yaratilishi qator ustunliklarga ega. Teshik qo‘yish
darajasi keyinchalik oddiy gistologik tadqiqotlar bilan tasdiqlanadigan muzlatilgan
kesimlar favqulodda tadqiqot bilan aniqlanadi. Jarrohlik muolajasining birinchi va
ikkinchi bosqichi orasidagi vaqt davomida klinik kechish chiqarilgan ichakning
normal funksiyasiga ishonch komil qilish imkonini beradi. Ichak uzunligi
maksimal saqlanadi va keyinchalik muolaja proksimal stoma borligida o‘tkazilishi
bilan taqqoslaganda u osonlashadi. Teshik atrofida teri o‘zgarishi bilan bog‘liq
muammolar ham minimumga eltiladi. Va eng muhimi, ikkinchi operatsiya vaqtida
muzlatilgan kesimlar ma’lumotlariga bo‘yicha o‘tish zonasi lokalizatsiyasini
aniqlashda xatolar bilan bog‘liq keskinlashuvlar rivojlanish imkoniyati kamayadi,
chunki proksimal stomaning qo‘yilishidan so‘ng o‘tish zonasi proksimal ichak
teshigi yaratilgunicha dastlab bo‘lgani kabi klinik ayon bo‘lmaydi.
Stoma ko‘rinishiga keladigan bo‘lsal (halqa yoki oxirgi), unda bu muammo
oldingisi kabi bir martada yechilmaydi. Har qanday holatda, chiqarilgan ichak
qorin devorining barcha qatlamlariga yaxshilab tikilishi kerak, bu bolalarda
kattalardan ko‘ra ko‘proq hosil bo‘ladigan prolapsdan qochish imkonini beradi.
Biz asosan old qorin devorida ichak gofrirlash zonasini shakllanishi bilan Gartman
tipi bo‘yicha bir stvolli kolostomadan foydalanamiz, bu stomalarning ko‘pgina
keskinlashuvlaridan qochish imkonini beradi (16.5-rasm).
Oxirgi stoma nafaqat o‘tish zonasi uzunligi kichik bo‘lgan bemorlarda, balki
yo‘g‘on ichak proksimal bo‘limi ancha kengaygan katta bolalarda ham
ustunliklarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |