1. Rektal:
- to‘g‘ri ichak chot orasi bo‘limining zararlanishi bilan (super qisqa segment bilan Girshprung kasalligi);
- To‘g‘ri ichakning ampulyar va ampulyar usti qismlarining zararlanishi bilan (qisqa segment bilan
Girshprung kasalligi).
2. Rektosigmoid:
- S simon ichakning distal uchdan bir qismi zararlanishi bilan;
- Butun S simon ichak yoki katta qismining zararlanishi bilan.
3. Segmentar:
- rektosigmoid o‘tish yoki S simon ichakda bir segment bilan;
- ikki segment va ular orasidagi normal ichak qismi bilan.
So‘nggi yillarda ko‘pchilik jarrohlar Girshprung kasalligi segmentar shakli mavjudligini shubha ostiga
qo‘ymoqda. 250 bemordan ko‘pini kuzatishlarimiz orasida, shuningdek,
kasallikning bu shakli
ucharamadi).
4. Subtotal:
- pastlanadigan va ichakning ko‘ndalang-gardish (karta) qismi zararlanishi bilan;
- gardish ichakning o‘ng yarmiga tarqalish bilan.
5. Total – butun yo‘g‘on ichakning zararlanishi.
Б. Kechishining klinik bosqichi:
1. Kompensatsiyalangan.
2. Subkompensatsiyalangan.
3. Dekompensatsiyalangan.
Girshprung kasalligi kechishining klinik bosqichlari va og‘irligi to‘g‘ridan
to‘g‘ri uning anatomik shakli,
agangionar zonaning uzunligi, ichak suprastenotik
kengayish darajasi va bola yoshiga bog‘liq.
Patofiziologiya.
Klinik qisman ichakdan o‘tib bo‘lmaslik bilan namoyon
bo‘ladigan aganglionar segment funksiyasining buzilishi hali aniq to‘g‘ri
tushuntirilmagan. Uch o‘n yillikdan uzoqroq vaqt davomida o‘tkazilgan gistologik,
manometrik va bioximik tadqiqotlar asosida Girshprung
kasalligi haqida bilimlar
kengayishiga qaramasdan hozircha faqatgina ta’riflovchi xarakter eng qimmatli
axborotga ega. Kasallikning patofiziologiyasini tushunish yagona tizimiga bu
kuzatuvlarni ulashi mumkin bolgan yagona sxema yo‘q.
Ushbu manometriyalar klinik kartinani yetarlicha aniq tushuntiradi.
Aganglioz zonasidan proksimalroq joylashgan ichakda
normal peristaltikaning
ketma-ket to‘lqinlari kuzatiladi. Aganglionar segmentda tonus yo‘q, proksimal
bo‘limdan «ketuvchi» peristaltik to‘lqinlar esa to‘xtaydi. To‘g‘ri ichakning normal
rivojlangan ichki sfinkteri sog‘lom odamda uning cho‘zilishiga javoban bo‘shaydi,
Girshprung kasalligi bo‘lgan bemorlarda esa qisqaradi. Bu «test» diagnostikada
ishlatilishi mumkin.
Hozirgi vaqtda ko‘pchilik bolalar jarrohlari tomonidan
ganglioz hujayralar
instrumental xolinergik va adrenergic to‘qimalarda rol o‘ynashi haqida qoida qabul
qilingan, garchi bu ta’sirning mexanizmi hali to‘g‘ri tushuntirilmagan bo‘lsada.
Qo‘shimcha o‘tkaziladigan tadqiqotlar ichakning normal («ganglioz») bo‘limlariga
qarshi holda aganglionar zonada ham xolinergik, ham adrenergik nervlar soni
oshgan, bu vaqtda asetilxolin miqdori odatiy, biroq stimulyatsiyada uning ajralishi
oshishi kuzatilishini ko‘rsatadi.
Shuningdek, asetilxolinesteraz, katexolamin
konsentratsiyasi oshgan, ba’zi periferik nerv tolalarining miqdri kamaygan.
Girshprung
kasalligida shuningdek, ichakning gormonal spektri o‘zgarishi
ta’riflangan. Vazoaktiv ichak peptidlari, P substansiyalari, metenkefalin va
somatostatin yo‘qligi odatda bu gormonlar bo‘lgan ichakning normal bo‘limlaridan
aganglionar zonaga differensatsiyalash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: