Oits kasalligi va tanosil kasalliklari haqida Reja: oits kasalligi haqida tushuncha oits kasalligini yuqish yo’llari



Download 0,85 Mb.
bet1/4
Sana07.08.2021
Hajmi0,85 Mb.
#141260
  1   2   3   4
Bog'liq
OITS kasalligi va tanosil kasalliklari haqida


Aim.uz

OITS kasalligi va tanosil kasalliklari haqida
Reja:

1.OITS kasalligi haqida tushuncha

2.OITS kasalligini yuqish yo’llari

3.OITS kasalligi belgilari haqida tushuncha
Tayanch iboralar: OITS-ortirilgan imunitet tanqisligi sindiromi, OIV, Antitana, vaksina, vaksinatsiya, immunitet.
1.OITS kasalligi haqida. O'tgan asr davomida millionlab odamlarning yostig'ini quritgan, begunoh bolalar, kasallar o'limiga sabab bo’lgan OITS (SPID) kasalligi nima?

OITV- insonning immun tizimida muhim o’rin tutuvchi muayyan hujayralarni (limfotsitlarni) shikastlaydi va nobud qiladi.Hujayralarni shikastlab, OITV uning irsiy materiali bilan birlashib ketadi va bir neha yil davomida namoyon bo’lmasligi mumkin.

Ko’pchilik OITV infeksiyasi bilan zararlangan kishilar sirtdan sog’lom ko’rinadilar va ko’p yillar davomida kasallikning biror alomatisiz yashashlari yoki arzimas bexudliklar sezishlari mumkin. OITV-kasallikning ilk bosqichi, OITS esa so’nngi bosqichidir.

Odam organizmida immunitet tanqisligini keltirib chiqaruvchi virus (OITV) – inson organizmiga kirib, asta sekin immun tizimining zaiflashtiruvchi virusdir. Immun tizim organizmi begona, masalan, bakteriyalar, zamburug’lar, viruslar, shuningdek, saraton qo’zg’ovchi omillardan himoya qiladi. Odatda, inson organizmiga tushgach, maxsus davolanmasa, OITV infeksiyasi rivojlanishning (kasallikning) bir necha bosqichini bosib o’tadi. Bu bosqichda turli kasalliklar yuzaga keladi va immun tizim kuchsizlanadi.

OITV infeksiyasi inson organizmida sekin rivojlanadi. Immun tizimining zaiflashuvi uzoq davom etishi mumkin, shu sababli OITV bilan zararlangan kishining salomatligi yomonlashgani bilan infeksiya OITS bosqichiga o’tguniga qadar uzoq yillar yashab yuraverishi mumkin.

80-yillarning boshlarida paydo bo’lgan bu kasallik qisqa vaqt ichida odamlar ichida tez tarqalib, XX asr vabosi nomini oldi va rivojlangan kapitalistik davlatlarda millionlab kishilarning m o'limiga sabab bo'lmoqda, ayniqsa ularning ichida begunoh bolalar va ayollarning ko'pligi achinarlidir.

OITS turli yo'llar bilan kirib keldi, uni birinchi marta Tanzaniyalik tarjimon, gomoseksualist, keyinchalik Leningradlik fohisha ayol tarqatgan, shundan so’ng Elista, Vol­gograd, Rostov-Dori shaharlaridagi shifoxonalarda ishlayotgan tibbiy xodimlarning befarqligi, yaxshi sterillanmagan shpris, ignalar bilan ukol qilish natijasida kasallik virusi odamlar orasida keng tarqalgan, Elistada bolalar bo'limida tibbiy hamshira befarqligi tufayli bolalar ichida kasallik tarqalib ketgan.

Dunyoda OITS epedemiyasi 30-yildan ortiqroq davom kelmoqda. Ilk marotaba OITV infeksiyasi bilan ommaviy zararlanish hodisasi XX asrning 70-yillar oxirida ro’y bergan, deb hisoblanadi. O’sha vaqtdan beri immunitet tanqisligi virusi dunyoning ko’plab mamlakatlarida muntazam o’rganib, kelinayotgan bo’lsa- da, millionlab odamlar zararlanishlar davom etmoqda va OITSdan nobud bo’lmoqda.

OITS sayyoramizdagi eng ko’p insonning hayotdan bevaqt ko’z yumishiga sabab bo’lgan besh asosiy qotil kasalliklar sirasiga kiradi. 1982-yilga kelib olimlar OITS kasalliganing sababchisi insonning imun tizimi hujayralarini shikastlab, uni kasalliklardan himoyalanishga nomunosib qilib qo’yuvchi virus ekanligini aniqladikar.

OITV va OITSning oldini olish mumkin, chunki zararlanish faqat ma’lum vaziyatlardagina ro’y beradi.hatto OITV organizimga kirgan taqdirda ham, zamonaviy dori vositalari uning ko’payish sur’atini pasaytirishi mumkin.

Antitana- inson organizmidagi zarali viruslar bilan kurashuvchi moddalar.

Vaksina – kasallikning oldini olish uchun emlash preparati.

Vaksinatsiya – immunitet hosil qilish yo’li bilan kasallikning oldini olish uchun vaksina qo’llash.

Immunitet – organizimning kasallik qo’zg’atuvchilarga qarshi himoyasi.

Orttirilgan immunitet tanqisligi virusi kishi organizmida yashaydi, havoda esa o’ladi. Infeksiyaning yuqishi tarkibida anchagina miqdorda virus bo’lgan organizm suyuqliklari bilan munosabatga kirishganda sodir bo’ladi. Infeksiya yuqtirgan kishining organik suyuqligi sog’lom odamning shilliq (ayniqsa, kichik jarohatlar va yoriqlar bo’gan) qavatiga tushishi yallig’lanish qo’zg’ashi mumkin. Beparvolik, oldini olish choralarini tan olmaslik istalgan kishining yoshidan, jinsidan, ijtimoiy mavqeyidan, diniy e’tiqodidan qat’iy nazar kasallanishiga olib kelishi mumkin. Aynan shuning uchun kasallik yuqishiga yo’l qo’ymaydigan eng samarali vosita OITV va OITSning oldini olish choralarini bilish va ularga amal qilish hisoblanadi. OITV inson ogranizmida turli miqdorda mavjud bo’lishi mumkin. Boshqa kishiga yuqishi uchun yetarli bo’lgan virus qonda, jinsiy a’zolarning shilliq qavatida, spermada, ona sutida bo’ladi.




Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish