distal joylashgan ichakning cho‘zilishi esa turlicha ekan, unda kasallikning klinik
kechishi bir necha variantlarga ega bo‘lishi mumkin. Bunda farq nafaqat
simptomatika munosabatida, balki klinik namoyon bo‘lishlar
boshlanish vaqtida
(yoshi) mavjud. Garchi kasallik ko‘pincha yangi tug‘ilganlik davrida boshlansada,
biroq safro aralashmasi bilan qusish bilan ichak obstruksiyasi omillari, qorinning
kattalashishi va ichak bo‘shashi ushlanishi kabi simptomlar hamma bemorlarda
ham yetarlicha ifodalangan va doimiy emas. Ular faqatgina anamnezda namoyon
qilinishi mumkin.
Suyuq stul, qusish va sepsis namoyon bo‘lishi
enterokolit haqida guvohlik
beradi, odatda, aniqlanmagan surunkali obstruksiya bilan jiddiy o‘tkir
keskinlashuv. Aganglioz zonasi uzunligi va kasallik diagnostikalanadigan yosh
orasidagi korrelyatsiya yo‘qligi ko‘p kuzatiladi, lekin to‘g‘ri tushuntirilmaydi.
Hozirgi vaqtda Girshprung kasalligi tashxisi yangi tug‘ilganlik davrida tobora
ko‘p qo‘yilmoqda. Bunga, shubhasiz, neonatologlar malakasining oshishi,
shuningdek, biopsiyaning yangi zamonaviy metodlari rivojlanishi sharoit
yaratmoqda. Kasallikning klassik kartinasi simptomlarning triadasini o‘z
ichiga
oladi: safro bilan qusish, qorinning kattalashuvi va ichak bo‘shashi ushlanishi yoki
nochor stul bo‘lishi. Bunday simptomatikada reaktal tadqiqot, qorin bo‘shlig‘i
rentgenogrammasi, bariy bilan irrigografiya va rektal biopsiyani o‘tkazish zarur.
Agar 94 % sog‘lom o‘z vaqtida tug‘ilgan bolalarda mekoniy hayotining
birinchi 24 soatida ketsa, Girshprung kasalligida shuningdek, 94 %da mekoniy bu
vaqt davomida yo‘q. Bu simptomning ahamiyati hazirgi vaqtda kamaymoqda,
chunki normada ham mekoniy ketishi ushlanishi kuzatiladigan muddatidan oldin
tug‘ilgan bolalar soni sezilarli oshmoqda. Har qanday holatda tug‘ilgandan so‘ng
faqat 48 soatdan keyin mekoniyning paydo bo‘lishi sog‘lom yangi tug‘ilganlar
uchun noodatiy.
Rektal tadqiqot katta
ahamiyatga ega, chunki anorektal anomaliyalarni yo‘qqa
chiqarish, shuningdek, to‘g‘ri ichakda mekoniy borligini namoyon qilishga yordam
beradi. Bunda ko‘pgina yangi tug‘ilganlarda barmoq orqasida stul ketadi. Eski
ishlarda ushbu tadqiqotdan so‘ng ichakning effektli bo‘shashi bilan ichak
ichidagilarning ko‘p chiqishi sodir bo‘lishiga ko‘rsatmalar bor, biroq, mening
shaxsiy tajribam bunday effect doimiy emasligini ko‘rsatdi. Girshprung kasalligi
klinik kartinasining yo‘g‘on ichak perforatsiyasi namoyon bo‘lishi yoki yangi
tug‘ilganlarda appenditsit bilan o‘xshashligi, Girshprung kasalligining yo‘g‘on
ichak atreziyasi bilan qo‘shilishi kabi shuningdek, kamdan kam kuzatiladi.
Hamma yangi tug‘ilganlarda ham Girshprung kasalligi
ichak obstruksiyasi
bilan namoyon bo‘lmas ekan, unda qator holatlarda tashxis kechroq qo‘yiladi,
odatda kal massalari ancha quyuq konsistensiyaga ega bo‘ladigan dieta
kengayganidan keyin. Bunda asosiy shikoyat – stulning kesilishi. Ichakning
bo‘shashi ko‘pincha barmoq bilan manipulyatsiya yoki shamlarning kiritilishidan
so‘ng sodir bo‘ladi. Shuningdek, ishtaha pasayishi va
yoshga mos keladigan tana
massasining oshishi bo‘lmasligi kuzatiladi.
Tekshiruvda qorin devorchasi orqali konturlanadigan ichakning kuchaygan
peristaltikasi, shuningdek, qorin kattalashishi, qovurg‘a yoyining kengayishi va
qorin devorchasi yupqalashishi ko‘rinadi. Kal massalari massivli to‘plamlar
ko‘rinishida palpirlanishi mumkin. Tekshiruvda Girshprung
kasalligini qoidaga
ko‘ra, kalomazaniya, anal og‘riqlari va qon ketishi, shuningdek, ba’zan sfinkter
ortida distal tarqaladigan to‘g‘ri ichak ampulasida kal toshlari bo‘ladigan
funksional qotishlardan differensiyalash mumkin. Girshprung kasalligi boshlangan
bemorlarning ota-onalari, odatda, klizmalar yordamida qotishlarni faol davolashadi
(to‘g‘rirog‘i, davolashga majbur bo‘lishadi).
Girshprung kasalligida rentgenogrammalar kam axborot beradi. Ular
faqatgina ichak o‘tib bo‘lmasligi bilan differensial diagnostikani o‘tkazish,
shuningdek, kamdan kam holatlarda irrigografiyaga qarshi ko‘rsatiladigan
qandaydir topilmalarni namoyon qilish imkonini beradi.
Irrigografiya uchun
bariydan foydalanish shubhasiz ustunliklarga ega, chunki boshqa kontrast
moddalar odatda yo gipertonik hisoblanadi, yo kechiktirilgan rentgenogrammalar
(24 soatdan so‘ng) interpretatsiyasini qiyinlashtiradigan yuzaki faol ingredientlarga
ega bo‘lishadi. Sog‘lom bolalarda to‘g‘ri ichak diametri yo‘g‘on
ichakniki kabi
(yoki kattaroq) bo‘lishi kerak. Eng qimmatli axborotni ayniqsa, o‘tish zonasi
to‘g‘ri ichakda joylashgan holatlarda to‘ldirish vaqtida o‘tkazilgan yon
rentgenogrammasi beradi. Kengaygan ichak to‘g‘ri soyasining o‘tish zonasiga
yotqizilishi uni yashirishi mumkin, shuning uchun yon tomondan proeksiya ancha
axborotli hisoblanadi (16.2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: