(91 so`z, “Nursafardiyya- tafakkur tarbiyasi” kitobidan). Obod yurt istiqboli
Xalqimizda “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona”, degan maqol bor. Shuning o`zidan ham ota-bobolarimiz farzandlarning jisman va ma’nan sog`lom bo`lishiga qanchalik e`tibor berganini bilsa bo`ladi. Xadisi shariflarda insonlarning yaxshilari go`zal xulqli va chiroyli muomalali kishilar ekani ta’kidlanadi. Bir o`rinda: “Hech bir ota-ona o`z farzandiga go`zal odobdan ko`ra yaxshi narsa qoldirmaydi”, deyiladi ( Imom Termiziy).
Farzand tarbiyasi yaxshi yo`lga qo`yilgan yurt ravnaq topadi. Bugun mamlakatimizda yoshlarning ilm olib, hunar o`rganishi uchun
yaratilayotgan sharoitlar ham kelajagimizga qo`yilgan munosib qadamdir. Chunki ertangi kunimiz bilimli, salohiyatli farzandlarimizga bog`liq. ( 85 ta so`z, “Hidoyat” jurnalidan).
Do'stlaringiz bilan baham: |