9-SINF UCHUN DIKTANT MATNI
Yangi hovli
Oila-xonadon boshpana bilan tirik. Boshpanalik bo`lish esa hamma zamonlarda ham oson bo`lmagan. O`zbek xonadonlari azaldan serfarzand, katta ro`zg`or bo`lib kelishgan. Bo`y yetgan qizlar uzatilgan. Voyaga yetgan o`spirinlar uylantirilgan.
O`g`il bolaning yo`li boshqa. O`g`il tug`ilishi oilaning baxti, shon-shavkati sanalgan. Zuryod davomchisi, vatan egasi, himoyachisi, oila qo`rg`onining darg`asi. O`g`il tug`ilishi bilan tadbirkor otalar, bobolarning maslahati bilan tomorqa hovliga 100-200 ta terak ekishgan. Bu teraklar to bola ulg`ayib uylanadigan bo`lguncha yangi imoratga xomashyo sifatida voyaga yetgan.
Yangi uyga ko`chib kirishda bir qator urf-odatlar, hatto irimlarga o`zbek xalqi hamon amal qilib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |