( 92 ta so`z, M. Sattor “O`zbek udumlari” kitobidan). Farzand haqida
Farzand- avlod davomchisi. Ota-onaning farzandga tarbiyasi uning mehrida namoyon bo`ladi. Tarbiyali farzand oila sha’ni, jamiyat obpo`si, vatan himoyachisidir. Ota-ona farzandiga nima bersa, farzand ham shuni qaytaradi. Tarbiya ko`rgan farzand o`z hayotidan mamnun holda ota-onasiga mehr ko`rgazadi. Tarbiyasiz farzand ota-ona dardi,jamiyat zararkunandasi, vatanda vatansiz kimsadir.
Har bir farzandning burchi: ota-onaga mehribonlik, sodiqlik, oqibatlilik, doimo ularning xizmatlarida bo`lish, nasihatlariga amal qilib, hurmatlarini joyiga qo`yish, vatan oldida mardlik, matonat, qahramonlik, xalqiga hurmat, himoyasiga hamisha shay va sadoqat ila xizmat qilishdir. Iymonli farzand saodatli yo`lda sobitqadamdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |