(55 ta so`z ). Xotira – muqaddas
Toshkentdagi Xotira maydonida Motamsaro ona haykali o`rnatilgan. Yodgorlik majmuasida xotira lavhalari bor. Ularga ikkinchi jahon urushida halok bo`lgan yurtdoshlarimizning nomlari yozilgan.
Toshkentning Yunusobod tumanida Shahidlar xotirasi xiyoboni barpo etilgan. Xiyobonda muzey ham bor. Muzey avlodlarga qatag`on yillari qurboni bo`lgan ajdodlar haqida hikoya qiladi. Xotira farzandlarda insoniylik xislatlarini tarbiyalaydi. Ajdodlarni eslash, xotirlash biz uchun muqaddas burch.
Do'stlaringiz bilan baham: |