(62 ta so`z). Mehnatning tagi rohat
Mehnat inson hayotini bezaydi. Uni elga tanitadi. Obro`-e`tiborini oshiradi. Mehnat qilgan odamning vaqti bekor ketmaydi. Maqsadiga erishadi. Bitirgan ishi bilan quvonadi.
O`quvchi uchun asosiy mehnat o`qishdir. O`qish uchun sabr-toqat, iroda kerak. Mehnatga yoshlikdan o`rganish kerak. Darslarni diqqat bilan tinglash, uy vazifalarini vaqtida bajarish ham mehnat hisoblanadi. Diqqat bilan qilingan ishning oqibati yaxshi bo`ladi. Shuning uchun, qunt bilan ishlashga odatlaning.
(61ta so`z). Madaniyat haqida
Madaniyat- inson qiyofasi. U yurib- turishi, o`zini tutishi, muomalasi, o`zgalarga nisbatan munosabati orqali nechog`li madaniyatga ega yohud ega emasligini namoyon etadi. Madaniyatli kishi tarbiya ko`rgan, odob ko`chasidan o`tib, axloq yo`liga kirgan, intizom mevasidan yeb, tartib qasri orqali chin insoniylik saltanatiga kirgan shaxsdir. Madaniyatli kishi odob-axloq qoidalariga hamisha rioya etib, jamiyatda peshqadam va tashabbuskor insondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |