(54 ta so`z, “Nursafardiyya- tafakkur tarbiyasi” kitobidan).
Adolat haqida
Adolatning asli haqiqatparvarlikdir. Zero, haqiqat istovchilar adolat uchun kurashadilar. Adolatning dushmani nohaqlik, tuhmat, g`arazgo`ylik, hasad va jaholatdir. Adolatli kishining qalbi pok, iymoni but bo`ladi. Adolatli bo`lmoq odatlari: iymonli bo`lmoq, mard va jasurlik, jaholatga qarshi mardona kurash, haqiqatparvarlik va oila, mahalla, yurt, vatan sha’nini himoya qilmoqlikdir.
Iymonli bo`lmoq- halol va poklik ila Haq nomidan kurashmoq, mard va jasurlik- xalq yo`lida jonfidolikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |