Ehtiyotkorlik haqida
Ehtiyotkorlik o`zlikni himoya etmoq deganidir. Kundalik hayotda inson turli hodisalarga ro`para keladi. Ularning domiga tushib qolmaslik uchun ehtiyotkorlik zarurdir. Chunonchi, yomon odatlarni o`rganmaslik, axloqi buzuq kishilardan yiroq yurish, sog`likka zarar keltiradigan taom yoki spirtli ichimliklarni iste’mol qilmaslik, chekmaslik, tilni tiyish, kattalar maslahatiga quloq tutish, yaxshi odamlar suhbatidan bahra olish, yaxshi- yomonning farqiga borish, ilm o`rganish, sport bilan shug`ullanish ehtiyotkorlik manbaidir. O`zlikni anglab, ehtiyotkor bo`ling.
Do'stlaringiz bilan baham: |