(64 ta so`z, “Nursafardiyya- tafakkur tarbiyasi” kitobidan).
Ko`pkari
Ko`pkari uloq- o`zbek, qozoq, qirg`iz, turkman, tojik xalqlarining barchasi uchun birday qadrdon. Ko`pkari – bu chavandozlar bahsi. Ota-bobolarimiz go`daklikdan bolalik fasliga kirgan farzandlarining qo`lini halollash, bo`y yetgan qizlarini uzatish, er yetgan o`g`illarini uylantirish to`ylarida xalqqa osh berib, so`nggida ko`pkari bahsi tomoshalarini ko`rsatishgan.
Ko`pkari chopish- bu chavandozlik ot ustida ommaviy musobaqa shartlarini bajarish, g`olib chiqish uchun olib boradigan kurashi, janggidir. Ko`pkarining boshqa nomi uloq ham deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |