( 63 ta so`z, M. Sattor “O`zbek udumlari” kitobidan)
Dasturxon
Inson paydo bo`lib, taom iste’mol qila boshlabdiki, dasturxon bor. Dasturxon aziz, muqaddas, ruzq-ro`z manbai va ramzi sifatida ko`zga surtilgan. Dasturxon odobi, taom emak qoida- qonunlari ham xalqimizda azaldan mavjud. Uyingizda bo`lsin, mehmonda bo`lsin, kuniga uch-to`rt bor dasturxon yoziladi. Unga non-choy, qand-qurs, ho`l va quruq meva qo`yiladi. Dasturxon- taomi bilan ulug`.
Dasturxon ustiga odatda, birinchi non qo`yiladi. O`zbeklar tandir nonni ko`proq iste’mol qilishadi, u dasturxonga juft qo`yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |