Ajdodlarni qadrlash muqaddas burchdir



Download 45,5 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi45,5 Kb.
#210166
Bog'liq
Ajdodlarni qadrlash muqaddas burchdir


O'zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi

“Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti

arab tili yo’nalishi 2-bosqich talabasi

Axmadjonova Gulshona Sherzodovna



gulshonaakhmadjonova@gmail.com

"AJDODLARNI QADRLASH MUQADDAS BURCHDIR"
Kalit so’zlar: Ajdodlarni xotirlash muqaddas qadriyat, xotira - ajdodlarga yuksak hurmat va ehtirom ifodasi, xotira va qadrlash kuni

Annotatsiya: Xotira ajdodlarga yuksak hurmatdir. Ularning xotirasi qalbimizda abadiydir. Inson xotirasi bilan tirik, qadr bilan ulug`. O‘tganlar xotirasini o‘z yodida saqlab, e’zozlab yashash xalqimiz uchun eng muqaddas fazilat. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi.

O‘tganlarni xotirlash, eslash, qabrlarini ziyorat va obod qilish, ularning ezgu ishlarini davom ettirish insoniy burchimizdir. Keksalarning o‘gitlariga amal qilish, bizni dunyoga keltirib, o‘stirib-ulg‘aytirgan ota-onalarimizga shirin muomalada bo‘lish, hurmatini joyiga qo‘yish, holidan xabar olish, har tomonlama yordam berish barchaga katta mas’uliyat yuklaydi. Dunyodagi har bir insonga tinchlik, osoyishtalik zarur. Bobo-buvilarimiz fotihaga qo‘l ochganlarida, Yaratgandan tinchlik va xotirjamlik, sog‘liq va omonlik so‘rab duo qilishadi. Otalarimiz tilagi, onalarimiz allasi, go‘daklarimiz shodligiyu kulgisida “tinchlik” degan ulug‘ ne’mat mujassam. Mustaqilligimizning eng oliy ne’matlaridan biri esa osoyishtalikdir. Mustaqil yurtimizda tinchlik abadiy bo‘lsin! O‘tganlar xotirasini o‘z yodida saqlab, e’zozlab yashash xalqimiz uchun eng muqaddas fazilat bo‘lib kelgani va qon-qonimiz, suyak-suyagimizga singib ketgani ushbu chiqishda alohida qayd etildi. Xotira-tarixiy dunyoqarashni tarbiyalaydi, takomillashtiradi, vatanparvarlik g‘oyalarini qadrlash, ajdodlarimiz udumi, urf-odatlarini e’zozlashga o‘rgatadi, qat’iy firk-tafakkurni, o‘zligimizni bunyod qiladi. Yurtboshimiz “Xotirasi bo‘lmagan, tarixni unutgan, o‘z ajdodlarining qadriga etmaydigan millatning istiqboli yo‘q. Bu haqiqatni kishilik tarixi isbotlab turibdi”, deganlarida yana bir karra haq edilar. Ajdodlarimiz xotirasini doim qadrlashimiz, xotirlashimiz, ardoqlashimiz darkor. Zero, urush yillarida vatani xalqi uchun jon fido qilgan, aziz bobolarimiz, momolarimiz qalbimizda mangu abadiy yashamog'i darkor. Shu jumladan, keksalarimizni, bobolarimizni ardoqlashimiz, ularga yuksak hurmat ko'rsatishimiz, ardoqlashimiz, shirin so'zlar aytib, ko'ngillarini ko'tarishimiz, mehr berishimiz eng oliy burchimizdir. Ular mehrga zor, ular bir og'iz shirin so'zgqa muhtojdirlar. Shu sababli, biz har doim, har kuni shirin so'zlar aytib xushnud qilmog'imiz darkor.

Xotira — ajdodlarga yuksak hurmat va ehtirom ifodasi. Inson xotirasi bilan tirik, qadr bilan ulug‘. Prezidentimiz tomonidan istiqlolning ilk yillaridan el-yurtimiz taqdiriga daxldor tarixiy adolatni tiklash, ajdodlarimizning ezgu ishlari, jasoratini ulug‘lash va abadiylashtirish, mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor xalqimizning ana shunday o‘lmas qadriyatlari, bebaho ma’naviy fazilatlarini namoyon etib kelmoqda. Ikkinchi jahon urushida jasorat ko‘rsatgan, olovli maydonlarda o‘z yurtining tinchligi va ozodligi, oilasi, farzandlarining xotirjamligi uchun kurashgan insonlar mudom xalqimiz ardog‘ida. Beayov janglarda jon fido qilgan bobolarimiz xotirasi qalblarimizda abadiy yashaydi. Bugun oramizda yashayotgan 6 ming nafardan ziyod Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga davlatimiz tomonidan har tomonlama e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda.Xotira va qadrlash inson aqlu zakovotining ulug‘ ne’mati. Xotira va uni qadrlash, avaylab asrash bugun va kelajak o‘rtasidagi oltin ko‘prikdir. Tarixiy xotira odamni beg‘amlik va befarqlik tuyg‘usidan uyg‘otadi, uning g‘aflat botqog‘iga botib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi. Xotira – bu yodgorlik, inson qalbi, shuurida paydo bo‘ladigan boy ma’naviy o‘tmishga, buyuk ajdodlarga ta’zim, ularni eslab o‘z ongi vujudiga singdirish, kelajak avlodni ozodlik va erkinlik ruhida tarbiyalash demak. Sobiq ittifoq davrida 9-may kuni “G‘alaba kuni” deb atalgani. O‘tganlar xotirasini o‘z yodida saqlab, e’zozlab yashash xalqimiz uchun eng muqaddas fazilat. Inson, xalq, millat tarixiy xotira bilan tirik va barhayotdir. O‘tganlarning xotirasi oldida ta’zim qilgan holda, tiriklarni qadrlaymiz. Yosh avlodning ota-bobolar an’analarini davom ettirib, ularning xotirasi, bebaho merosiga nisbatan hurmat-ehtirom, g‘urur-iftixor tuyg‘usi bilan yashashi milliy o‘ziga xosligimizning asosiy belgisi va hal qiluvchi sharti ekaniligi yaqqol ko'rinadi. Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, “Tarixiy xotira — bu umr mazmunini, avlodlar o‘rtasidagi vorislik tuyg‘usini, ularning bir-biriga daxldor ekanini, hayotning bamisoli uzviy halqalar kabi ketma-ket bog‘lanishini anglash, tarixdan xulosa chiqarib, bugungi kun uchun to‘g‘ri yo‘l tanlash, ota-bobolarimizning ruhi poklariga hurmat bilan qarash, milliy qadriyat va an’analarimizni toptashga yo‘l qo‘ymaslik, ularni ko‘z qorachig‘idek asrash demakdir”. Islom Karimov.

Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag‘ishlaydi. Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash – odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir. Inson xotirasi bilan aziz sanaladi, millat xotirasi va tarixi bilan uluglanadi. Shu bois ham Rеspublika Prеzidеntining farmoni bilan 1999 yilda 9 may “Xotira va qadrlash kuni” dеb e'lon qilindi. Bu sana xalqimiz tomonidan insonni e'zozlash, unga ehtirom ko’rsatish kabi fazilatlarni uluglaydigan, o’tganlar ruhini shod etib, Vatan tinchligi yo’lida fidoiylik ko’rsatgan, yurt taraqqiyotiga hissa qo’shayotgan insonlarni qadrlab, o’z minnatdorchiligimizni izhor etadigan kun sifatida qizgin nishonlanib kеlinmoqda. Kеksalarni e'zozlash, qadrlash xalqimizga hos qadriyatlardan biridir. Mamlakatimizda kеksa avlod vakillari, faxriylarni har tomonlama qo’llab–quvvatlash, ularning yuksak e'tibor va gamxo’rlikdan bahramand bo’lib yashashlarini ta'minlash davlat miqiyosidagi ustuvor masalalardan biriga aylangan. Mamlakatimizda 9-may umumxalq bayrami – Xotira va Qadrlash kunini, Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisi, front orti mehnat faxriylari hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasi oldida hurmat bajo keltirish, yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bag‘rikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish hamda bu muqaddas ayyom yuksak saviyada nishonlanadi. Zero, xotira abadiydir, ajdodlar xotirasi yuksakdir.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:


  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 18-martdagi 119-sonli “Umumxalq bayrami 9-may — Xotira va Qadrlash kunini o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori. Toshkent sh.,1999. 2-mart PF-2243-son https://lex.uz/docs/-212469

  2. I.A.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. Toshkent. “Sharq” 1998

Download 45,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish