( 94 ta so`z, M. Sattor “O`zbek udumlari” kitobidan).
Yaxshi niyat
Yaxshi niyat- yarim davlat, deydi xalqimiz. Tilak bildirish, yaxshi niyat, duoyu olqishlar- bu ham o`zbek xalqining eng qadimiy udumlaridan biridir. Inson hayotining barcha fasllarida, turli yoshlarda, turli munosabatlar bilan, turmushning barcha chorrahalarida bir- biriga tilak bildiradi, yaxshi niyat qiladi.
Bola tug`ilganda farzand, zuryod muborak bo`lsin qilinib, umriyu rizqi, ota-onasi, boboyu buvisi bilan bergan bo`lsin, deyiladi. Bu ixcham tilakning mazmunida katta hikmat bor. Bolaki tug`ilibdimi, avvalo uning umri uzun bo`lsin, rizqi nasibasi mo`l bo`lsin, ota-onasi tarbiya berib, oq
yuvib, oq tarab, uzoqqa mo`ljallangan tilaklar birgina shu ibora hikmatda o`z jamuljamini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |