Yangi mavzu.
Harakat yo’naltirilgan shaxs yoki narsani ifodalash uchun so’zga -ni qo’shimchasi qo’shiladi. -ni tushum kelishigi qo’shimchasidir. Tushum kelishigidagi so’z kimni?, nimani? so’roqlariga javob bo’lib, fe’l bilan bog’lanadi. Masalan: Kitobni o’qidi. Gulni sug’ordi. -ni qo’shimchasi men, sen kabi olmoshlarga qo’shilganda, bitta n harfi tushib qoladi. Men + ni = meni, sen + ni = seni.
Mashqlar bilan ishlash. Bu bo’limda o’quvchilarga darslikda berilgan mashqlarni ishlash topshirig’i yuklatiladi.
1-mashq. Berilgan so’zlar yordamida gaplar tuzing: oltin, havo, fasl, yig’im-terim, olma, anor, hosil.
N a m u n a: Kuzda havo salqin bo’ladi.
2-mashq. Berilgan so’zlarni tushum kelishigida qo’llab, so’z birikmalari tuzing. Xat, meva, hosil, ko’ylak, qo’l, kuz, dehqon.
Xatni yozdi, mevani terdi, hosilni yig’ishtirdi…
3-mashq. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zlarni qo’yib, tushum kelishigi qo’shimchalarining qo’llanishiga e’tibor bering.
1. Men kuz … yoqtiraman. 2. Dehqonlar … yig’ishga kirishdilar. 3. Abror akasi bilan … uzyapti. 4. Biz … maza qilib yeymiz. 5. Barcha meva va … yuvib yeyish kerak.
Foydalanish uchun so’zlar: faslini, bodringni, mevalarni, sabzavotlarni, hosilni.
Tushum kelishigi belgili va belgisiz qo’llanishi mumkin. -ni qo’shimchasi bilan, ya’ni belgili qo’llanganda aniq voqealarga oid harakatni ifodalaydi.
Umumiy, mavhum narsa-hodisalarga doir harakatni ifodalaganda qo’shimchasiz, ya’ni belgisiz qo’llanadi.
Qiyoslang:
Olma yemoq ertak o’qimoq
Olma+ni yemoq ertak+ni o’qimoq
Qizil olmani yemoq o’sha ertakni o’qimoq
Mashqlar bilan ishlash. Bu bo’limda o’quvchilarga darslikda berilgan mashqlarni ishlash topshirig’i yuklatiladi.
5-mashq. Savollarga tushum kelishigidagi so’zlarni qo’llab,javob bering.
– Bog’da kimni ko’rding?
– Men bog’da bog’bonni ko’rdim.
– Shamol nimalarni yerga to’kadi?
– Shamol barglarni yerga to’kadi?
6-mashq. So’z va so’z birikmalarini to’g’ri joylashtirib gaplar tuzing va ona tilingizga tarjima qiling.
1. Kuzni, men, fasllar, ichida, yoqtiraman. 2. Polizdan, dadamga, tarvuzni, qovunni, yordamlashdim, uzishga. 3. kuzgi, xarid, do’konga kiyim-kechaklarni, bordik, qilgani. 4. Shamol,qattiq, barglarni, to’kdi, yerga.
1. Men fasllar ichida kuzni yoqtiraman gapida kuzni so’zi tushum kelishigini olgan so’z sanaladi.
Mustahkamlash. Bu bo’limda o’quvchilarning yangi mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida quyidagi savol va topshiriqlardan foydalaniladi:
1. Tushum kelishigi qo’shimchasi qanday ma’no anglatadi?.
2. Tushum qo’shimchasining belgili ishlatilishi qanday bo’ladi?
3. Tushum kelishigi qo’shimchasi -ni belgisiz ishlatilishi qanday bo’ladi?
4. Tushum kelishigi qo’shimchasini so’zlarga qo’shib, birikma hosil qiling.
Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilar bilim darajalari va ishtiroklariga muvofiq baholanadi. Dars oxirida yangi mavzuga yakun yasaladi va o’qituvchi o’z fikr-mulohazalarini bayon qiladi.
Uyga vazifa. Bu qismda o’quvchilarning uyiga beriladugan vazifa tushuntiriladi. Uyga vazifa sifatida beriladi. Uning sharti quyidagicha: mavzuga doir gap tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |