-dan chiqish kelishigi u, bu, shu, o’sha olmoshlariga qo’shilganda bitta -n tovushi orttiriladi va shunday yoziladi: u + n + dan > undan, shu + n + dan > shundan kabi.
Mashqlar bilan ishlash. Bu bo’limda o’quvchilarga darslikda berilgan mashqlarni ishlash topshirig’i yuklatiladi.
5-mashqda nuqtalar o’rniga kerakli so’zlarni qo’yib, ko’chirib yoziladi.
1. U … kelyapti. 2. Aziz .,.. xat oldi. 3. … erta qaytdi. 4. Ahmad … chiqmadi. 5. … o’tib uyga kirdi. 6. Piyodalar … yurishi kerak.
Foydalanish uchun so’zlar: akasidan,o’qishdan, maktabdan,uydan, ko’chadan, yo’lkasidan.
Mustahkamlash. Bu bo’limda o’quvchilarning yangi mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida quyidagi savol va topshiriqlardan foydalaniladi:
1. Chiqish kelishigi qo’shimchasi qaysi qo’shimcha?
2. Chiqish qaysi so’roqlarga bo’ladi?
3. Chiqish kelishigi qo’shimchasi qaysi olmoshlarga qo’shilsa, bitta n orttiriladi?
4. Chiqish kelishigi qo’shimchasini so’zlarga qo’shib, birikma hosil qiling.
Uyga vazifa. Bu qismda o’quvchilarning uyiga beriladugan vazifa tushuntiriladi. Uyga vazifa sifatida beriladi. Uning sharti quyidagicha: mavzuga doir gap tuzish.
D A R S I SH L A N M A S I
Sana:
Sinf: 5
Fan: o’zbek tili
Mavzu: Antuan de Sent Ekzyuperi hayoti va ijodi.
Antuan 1900 yilda Fransiyaning Lion shahrida, qadimiy aristokrat oilasida dunyoga kelgan. U yoshlik chog‘larida juda sho‘x, o‘ta qiziquvchan bo‘lib, o‘choqdagi yonib turgan olovga qarab soatlab xayol surishni sevgan. Tonio (ota-onasi uni shunday atashgan) 10 yoshida Man shahrida kollejda, keyin Shveytsariyada va Parijtsa o‘qigan. 12 yoshida mashhur frantsuz uchuvchisining samolyotida osmonga chiqib, uchuvchi bo‘lishni orzu qiladi. 1919 yilda Antuan Parijdagi San’at maktabining arxitektura bo‘limiga o‘qishga kirib, ikki yildan so‘ng, 1921 yilda armiya safiga chaqiriladi (bu vaqtda birinchi jahon urushi bormoqda edi). 1926 yilda Antuan de Sent-Ekzyuperi «Latekaer» aviakompappyassha ishga qabul qilinadi. U ikkinchi jahon urushi yillarida 1944 yil 31 iyunda bazaga qaytib kelmaydi. Uning qachon va qaerda halok bo‘lganligi so‘nggi kunlargacha sir bo‘lib keldi. 2004 yilning bahorida Atlantika okeanining Ispaniya qirg‘oqlariga yaqin joyda «Layting - 38» ning ayrim parchalari topildi. Demak, samolyot Sardiniyadagi harbiy havo bazasiga qaytishda urib tushirilgan yoki halokatga uchragan ekan.
Uchuvchi yozuvchidan «Janubiy pochtachi» (1928), «Kichkina shahzoda» (1942), «Tungi uchish» (1931), «Bashar sayyorasi» (1939), «Harbiy uchuvchi» (1942) va tugallanmay qolgan «Qal’a» kabi asarlar qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |