Kichik nazorat ishi. O’tilgan mavzular bo’yicha o’quvchilarning olgan bilimlarini yanada mustahkamlash va sinash maqsadida kichik nazorat ishi olinadi. Bu nazorat ishi test savollaridan tuziladi:
1. O’rin-payt kelishigini olgan qaysi so’z qachon? so’rog’iga javob bo’ladi?
*A) Biz yozda ta’tilga chiqamiz.
B) Karimada kitoblar ko’p.
C) Bugun maktabda ota-onalar majlisi bo’ladi.
D) O’quvchilar o’qituvchining savollariga javob berishdi.
2. U, shu, bu, o’sha olmoshlariga jo’nalish kelishigi qo’shimchasi qo’shilganda qanday
o’zgarish yuz bergan?
A) bitta harf tushib qoladi
*B) bitta harf orttiriladi
C) bir harf boshqasiga almashgan
D) to’g’ri javob berilmagan
3. Qaysi so’zlarga jo’nalish kelishigi qo’shimchasi qo’shilsa, g harfi k ga aylanadi?
*A) poklik, koptok, ko’sak
B) poklik, baliq, tirgak
C) maktab, paxta, daftar
D) A va B
4. Qaysi qatorda o’qituvchi, ustoz so’zining tarjimasi to’g’ri berilgan?
A) надежда
B) учитель
C) диета
D) чистоплотность
Yangi mavzu.
Chiqish kelishigi kimdan?, nimadan?, qayerdan? so’roqlaridan biriga javob bo’lib, -dan qo’shimchasini qo’shish orqali hosil qilinadi. Bu kelishikdagi so’zlar, asosan, fe’l bilan bog’lanadi. Masalan: Maktabdan keldi. Ukamdan oldim.
Chiqish kelishigidagi so’z quyidagi ma’nolarni bildiradi:
Harakat manbayini: Shahardan chiqdik.
Narsaning materialini: Shishadan yasalgan.
Qiyoslashni: U mendan baland.
4) Paytni: Ertalabdan ishga kirishdik.
Mashqlar bilan ishlash. Bu bo’limda o’quvchilarga darslikda berilgan mashqlarni ishlash topshirig’i yuklatiladi.
1-mashqda nuqtalar o’rniga kerakli so’zlarni qo’yib, ko’chirib yoziladi.
1. Yakshanba … kuni. 2. dam olish kuni haftaning … kuni. 3. Biz oyim bilan … bordik.
4. Bog’da … dam oldik. 5. Dam olish kuni … o’tdi.
Foydalanish uchun so’zlar: mazmunli, maroqli, dam, bog’ga, yettinchi.
2-mashq. Ikki ustundagi so’zlardan bir-biriga mos so’zlar tanlanib, ga qo’shimchasi yordamida so’z birikmasi tuziladi va ko’chirib yoziladi: hovliga chiqdi, qutiga tashladi, daftarga yozdi, uyga ketdi, menga qaradi.
3-mashq. Qavs ichidagi so’roqlar o’rniga mos so’zlarni qo’yib, gaplarni to’ldiring va ona tilingizga tarjima qiling.
1. Ukam (qayerdan?) keldi. 2. Bugun dadam (qayerdan?) qaytdi. 3. (Kimdan?) kitob oldim. 4. (Kimdan?) avval uyga qaytdim. 5. (Nimadan?) so’ng bog’ga dam olgani bordik.
3-mashqda so’z va so’z birikmalarini to’g’ri joylashtirib, gaplar tuziladi.
1. Darsdan, keldim, uyga, so’ng. 2. Maktabdan, kirdim, dorixonaga, chiqib. 3. O’qituvchidan, so’radim, ruxsat. 4. Men, ko’prikdan, o’tdik, va, singlim.
4-mashqda esa berilgan gaplardagi chiqish kelishigida kelgan so’zlarga so’roq beriladi va ular alohida ko’chirib yoziladi.
1. Bugun dadam ishdan bir soat erta qaytdi. 2. Akmaldan “O’zbek xalq ertaklari” kitobini so’radim. 3.
Do'stlaringiz bilan baham: |