O’TIBDO’ M.Murodova
5 -“V”SINF ADABIYOT SANA: 9.03.2018
Mavzu: Bobur hayoti va ijodi . Ruboiylari
Darsning maqsadi:
- Bobur hayoti va ijodi hamda ruboiylari bilan tanishtirish;
-buyuk ajdodlarga hurmat,yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash;
-mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: suhbat, blits savollar
Dars jihozi: darslik, Bobur portreti, Bobur asarlari
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: (5 daqiqa) a) salomlashish;
b) davomat
c) ma’naviy daqiqa
2.Otilgan mavzuni takrorlash. ( 5 daqiqa)
1.O’ninchi maqolotda shoir nimalar haqida so’z yuritadi?
2.Shoir o’z fikrini izohlash uchun qo’llagan qiyoslar, o’xshatishlarni gapirib bering.
3. Sham bilan parvonaning, sozlangan va sozlanmagan cholg’uning to’g’rilik va egrilikka qanday aloqasi bor?
4.Qo’li egri odamni qayerda, qoachon va qanday jazolangan?
5. “Sher bilan durroj” hikoyatining g’oyaviy mazmuni haqida gapiring.
3. Yangi mavzu . (15 daqiqa)
Buyuk bobokalonimiz , o’zbek mumtoz adabiyotining darg’alaridan biri,temuriylar sulolasining zabardast vakili , boburiylar sulolasining asoschisi, shoh va shoir ,sarkarda va olim, Vatan sog’inchi,yurt ishqida yonib yashagan sohir qalb sohibi –Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi bilan quyi sinflarda ham bir necha bor tanishganmiz .Shunday ekan ,siz bugungi mavzu yuzasidan ma’lumotlarga egasiz.Demak, o’zingiz bilgan ma’lumotlar haqida suhbatlashamiz. (O’quvchilar Bobur hayoti va ijodiga oid ma’lumotlarni ketma –ket bayon etishadi.Zarur bo’lsa o’quvchilarning ma’lumotlari to’ldirib boriladi.)
Bobur –shoir :Boburning shoirligi o’zining takrorlanmas lirik ohanglari bilan butun insoniyatni rom etib kelmoqda.Uning se’rlarida vatanparvarlik ,yor va diyor so’g’inchi,yuksak ma’naviy fazilatlar tarannumi ustuvorlik qiladi. Bobur zullisonayn shoir bo’lib,o’zbek va fors tillarida ijod etgan.U o’z ona tilisidagi she’rlarini to’plab,1519-yilda “Kobul devoni”ni ,1528-1529-yillarda esa “Hind devoni”ni tuzgan.Ammo “Kobul devoni ”topilgan emas.Saqlanib qolgan she’rlarining miqdori 400 dan ortiq.Shundan 119 tasi g’azal,231 tasi ruboiy .Bobur bulardan tashqari tuyuq ,fard masnaviy,qit’a,muammo kabi janrlarda ham ijod qilgan .
Bobur –musiqashunos :U musiqa bilan shug’ullanib ,”Chorgoh ”maqomiga “savt”lar bitdi.Ammo uninig qolamiga mansub “Musiqa ilmi”nomli asari topilgan emas.
Bobur –tarjimon :Bobur Xoja Ahrorning “Volidiya” asarini she’riy yo’l bilan o’zbekchaga tarjima qildi.
Bobur –olim :Bobur yigirma yoshida yangi bir yozuv “Xatti Boburiy”ni kashf qildi,aruz nazariyasi va amaliyotiga oid “Muxtasar”nomli tadqiqotni yuzaga keltirdi.
Bobur –tarixchi :Bobur o’zining “Boburnoma” nomli tarixiy-memuar asarida o’n ikki yosida taxtga chiqishidan boshlab umrining oxirigacha ko’rgan-kechirganlarini bayon etdi.Bu asar –Movaraunnahr, Afg’oniston ,Hindiston,Eron xalqlari tarixi,geografiyasi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.Shuning uchun bu asar tarix,etnografiya,geografiya,tilshunoslik,adabiyotshunoslik va boshqa fanlar uchun birday manba bo’la oladi.
Bobur –shoh :Buyuk Amir Temur tuzgan saltanatni saqlab qolish majburiyati otasidan so’ng Boburning zimmasiga tushdi.Toj-u taxt uchun kurashda xonavayron bo’lgan saltanatni tiklash yo’lidagi kurashlar ,g’alaba va mag’lubiyatlar gohida shodlik,gohida g’am olib keldi.Uning yagona maqsadi yirik va markazlashgan davlat tuzish edi.Biroq bu maqsadi o’z yurtida emas, Hindistonda amalga oshdi.
Bobur –sarkarda :Bobur mohir sarkarda va davlat arbobi sifatida ham shuhrat qozondi.U ajoyib suvoriy,suzuvchi,tengsiz qilichboz va kamonboz edi.Dovyurakligi va epchilligi sababli u yoshligidan “Bobur”(sher) laqabini olgan.U janglarda o’z raqiblarining jang usullarini o’gangan.Jumladan,shayboniylardan “to’lg’ama” usulini,mo’g’ullardan pistirma qo’yish,afg’onlardan poroxli miltiq ishlatishni o’rgangan.Uning mohir sarkardaligini hatto chet el olimlari ham tan olishgan.
Bobur –mehribon ota: U Humoyun, Komron,Askariy,Hindol,Gulbadanbegim,Gulrangbegim,Gulchehrabegimlarning mehribon va talabchan otasi edi.Bobur Humoyun o’gil ko’rganida uni tabriklab,murabbiy va ustoz sifatida unga otalik nasihatlarini beradi.Humoyun kasal bo’lganida qattiq iztirobga tushadi,unga o’zini bag’shida qilib ,Ollohdan o’g’lining dardini o’ziga berishini so’raydi.Shundan so’ng o’gli o’ziga keladi-yu Bobur behol yiqiladi.
Tarixiy voqealarga asoslanib P.Qodirov Bobur haqida “Yulduzli tunlar”,uning davomi sifatida “Avlodlar davoni” romanlarini,Fris Vyurtle “Andijon shahzodasi” sarguzasht qissasini, bundan tashqari X.Sultonov,X.Davron ,M.Yusuf, S.Sayyid va boshqa ijodkorlar bir qator asarlar yaratishgan.
Bobur hayoti va ijodi haqida bir qator badiiy filmlar suratga olingan.Teatr va kino san’atida O’zbekistonda xizmmat ko’rsatgan iste’dodli aktyor M.Abduqunduzov Bobur siymosini nihoyatda yuksak mahorat bilan gavdalantirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |