56. Тафаккур ва нутк. Tafakkur — inson aqliy faoliyatining yuksak shakli; obʼyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. T. atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. U sezgi, idrok, tasavvurlarta qaraganda voqelikni toʻla va aniq aks ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. T. — inson miyasining alohida funksiyasi. Uning nerv fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining oʻzaro munosabatidan iborat. T. jarayonida insonda fikr, mulohaza, gʻoya, faraz kabilar vujudga keladi va ular shaxsning ongida tushunchalar, hukmlar, xulosalar shaklida ifodalanadi (qarang Ong (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Ong)). T. til va nutq bilan chambarchas bogʻliq ravishda namoyon boʻladi. Fikrlash faoliyati nutq shaklida namoyon boʻladi. Nutq aloqasi jarayonida insonning hissiy mushohada doirasi kengayib qolmay, orttirilgan tajriba boshqa kishilarga ham beriladi. Inson oʻzining T.i, nutqi hamda ongli xatti-harakati bilan boshqa mavjudotlardan ajralib turadi. U fikr yuritish faoliyatida oʻzida aks ettirgan, idrok qilgan, tasavvur etgan narsa va hodisalarning haqiqiyligini aniqlaydi, hosil qilingan hukmlar, tushunchalar, xulosalar chin yoki chin emasligini belgilab oladi. Inson T.i orqali voqelikni umumlashtirib, bevosita (bilvosita) aks ettiradi, narsa va hodisalar oʻrtasidagi eng muhim bogʻlanishlar, munosabatlar, xususiyatlarni anglab yetadi. Binobarin, inson muayyan qonun, qonuniyat va qoidalarga asoslangan holda ijtimoiy voqea va hodisalarning vujudga kelishi, rivojlanishi hamda oqibatini oldindan koʻrish imkoniyatiga ega.T. koʻpgina fan sohalari (falsafa, mantiq, jamiyatshunoslik, ped., fiziologiya, kibernetika, biol.)ning tadqiqot obʼyekti hisoblanadi. Psixologiyada T. voqelikni umumlashtirish darajasiga, muammoni yechish vositasi xususiyatiga, holatlarning inson uchun yangiligi, shaxsning faollik koʻrsatish darajasiga koʻra bir necha turlarga (koʻrgazmali harakat, koʻrgazmaliobrazli, amaliy, nazariy, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, mavhum, ijodiy va h.k.) ajratib tadqiq qilinadi. Ijtimoiy hayotda, taʼlim jarayoni va ishlab chiqarish.da odamlar oʻrtasidagi aloqa va munosabatlar ham T. yordamida namoyon boʻladi. Jamoada tanqidiy qarash, oʻzini oʻzi tanqid, baholash, tekshirish, oʻzini oʻzi tekshirish, nazorat qilish, oʻzini oʻzi nazorat qilish, guruhiy mulohaza yuritishdan iborat T. sifatlari vujudga keladi. Insonning inson tomonidan idrok kilinishi ham T. bilan uzviy aloqadadir. Ijodiy ishlar, kashfiyotlar, ixtirolar, takliflar T.ning mahsuli hisoblanadi. Psixologiya T.ning filogenetik (insoniyat paydo boʻlishi davri), ontogenetik (kishi umri davomida) bilishga oid tarixiy jihatlarini ham oʻrganadi. Hozirgi zamon fanining juda koʻp murakkab masalalari T.dagi mantiqiy jarayonlarni yanada chuqurroq oʻrganishni taqozo etmoqda. Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Insonda tafakkur bo`lganligi va tafakkur bilan chambarchas nutq bo`lganligi tufayli u hayvonlardan farq qiladi, shu sababli u ongli mavjudotdir. Inson o`z atrofidagi olamda bo`lgan buyumlar va hodisalarni ongli ravishda idrok qiladi. Ongli ravishda eslab qoladi hamda esga tushiradi va ongli ravishda harakat qiladi. Tafakkur atrofdagi olamni bilish qurolidir va inson amaliy faoliyatini vujudga kelishi uchun shartdir. Biron narsa to`g`risida tafakkur qilish jarayonida fikr paydo bo`ladi, bu fikrlar insonning ongida hukm va tushunchalar shaklini oladi. Tafakkurning bilish faoliyatidagi roli avvalo bizning idroklarimiz va fikrlarimizning voqelikka qanchalik muvofiq bo`lishini, bo`lar haqiqat yoki xato, chinmi yoki yolg`on ekanligini belgilashda o`z ifodasini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |