JOY NOMLARI VA ULARNING IMLOSI
Ma’lum bir geografik hududga atab qo'yilgan nomlar joy nomlari hisoblanadi. Mamlakat, o'lka nomlari qo'shma so'z shaklida bo'lganda, tarkibidagi har bir so'z bosh harf bilan yoziladi. Masalan: Amerika Qo'shma Shtatlari, Janubiy Koreya, Markaziy Osiyo, O'zbekiston Respublikasi.
Tarkibida bo'yi, orti, oldi so'zlari ishtirok etgan joy nomlari qo'shib yoziladi. Orolbo'yi, Boltiqbo'yi,Uraloldi, Kavkazorti.
TASHKILOT, KORXONA, MUASSASA NOMLARI
Xalqaro tashkilot, oliy davlat tashkilotlari va mansablarining nomlaritarkibidagi har bir so'z bosh harf bilan yoziladi. Masalan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti,О'zbekiston Oliy Majlisi ,О'zbekislon Respublikasi Prezidenti,O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi,Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi,Osiyo Taraqqiyot Banki.
Vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va korxonalar nomi tarkibidagi birinchi so'zbosh harf bilan yoziladi.
Vazirlik: Sog'liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi;
Tashkilot: Fan va texnika davlat qo'mitasi, Oliy xo'jalik sudi;
Muassasa:Fanlar akademiyasi, Tilshunoslik instituti, Temuriylar tarixi davlat muzeyi
Korxona: Toshkent traktor zavodi, Samarqand chinni zavodi, Quvasoy sement zavodi;
Turli korxonalar, mahsulotlar, inshootlar, transport vositalari kabilarga berilgan shartli nomlar qo’shtirnoq ichida bosh harf bilan (birikmali holatlarda faqat birinchi so'z) yoziladi:
Inshoot: «Turkiston» (saroy), "Bahor" konsert zali, "Afrosiyob" mehmonxonasi
Korxona: «Sharq gullari» (firma), "Umid” (firma), "Istiqlol" fermer xo'jaligi
Tashkilot:“Nuroniy" jamg'armasi, «Malika» ishlab chiqarish birlashmasi, "Qo'shchinor ” mas 'uliyati cheklangan ishlab chiqarish birlashmasi.
Transport: «Damas» avtomashinasi
TARIXIY SANA VA BAYRAM NOMLARI
Tarixiy sana va bayramlarning nomlari tarkibidagi birinchi so'z bosh harf bilan yoziladi: l-yanvar – Yangi yil, 8-mart – Xalqaroxotin-qizlarkuni, 9-may - Xotira va qadrlash kuni, l-oktabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni, 21-mart - Navro'zbayrami; Ro 'za hayiti, Qurbonhayiti.
SUV HAVZALARI VA INSHOOTLARI NOMLARI
Suv havzalari va inshootlari nomlari tarkibidagi birinchi so'z bosh harf bilan yoziladi:Zarafshondaryosi,Qoradengiz,Shahrixonsoy.Kaspiydengizikabi.
Agarikkinchiso'ziatoqliotbo'lsa,uhamboshharfbilanyoziladi: KattaFarg'onakanali, Amu-Buxorokanali .
Bundan tashiqari kitob, gazeta, jurnal, kinofilm, spektakllarga ham atab qo'yilgan nomlar mavjud. Masalan: "Qiyomat" romani, "Ma 'rifat ’ gazetasi,
“O 'zbek tili va adabiyoti " jurnali, "Kelinlar qo'zg 'oloni " spektakli.
Do'stlaringiz bilan baham: |