Monte-Karlo usulining asosiy bosqichlari quyidagilar hisoblanadi:
1. Usul modelini tayyorlash, ya'ni tahlil uchun asos qilib olingan ko'rsatkichlarni (NPV, IRR, sof foyda, naqd pul oqimi yoki boshq.) matematik ko'rinishini kompьyuterga kiritish lozim;
2. Ehtimollarni taqsimlash bosqichi, ya'ni parametrlarni o'zgarish chegaralariniva ehtimollik qonuniyatlarini aniqlash;
3. Korreletsiya shartlarini belgilash – o'zgaruvchan miqdorlarni o'zaro bog'lanishini ko'rsatib berish;
4. Immitatsiya natijalarini yig'ish;
5. Natijalarini statistik tahlil qilish.
Har bir loyiha stsenariysi ma'lum ehtimol miqdorini anglatadi.
Masalan, loyiha bo'yicha kompьyuter 500 stsenariy tuzgan bo'lsa, ularning har bittasi vujudga kelish ehtimoli 0,2% teng.
R=100/n
n- stsenariylar soni;
r-stsenariy ehtimoli.
Agar 5000 stsenariy tuzgan bo'lsa, ehtimollik ko'rsatkichi 0,02% teng.
Agar ushbu 500 ta stsenariylar ichida 304 tada NPV noldan yuqori bo'lsa, 60,8% ehtimoli bilan loyiha samarali bo'lishi kutilmoqda va tavakkalchilik 39,8% variantni tashkil qiladi.
Bu usulning afzalliklari quyidagilar :
- bozorni turli ko'rinishlari va o'zgarishlarini modellashtirish imkoniyati;
-modellarni kengaytirish imkoniyati va vaqt bilan chegaralanmaganligi (faqat loyiha xayoti davrida emas);
- tashqi omillarni barchasini hisobga olish imkonini beradi.
Usulni kamchiliklari:
- hisob-kitoblar serquvvat kompьyuter programmalarini talab qiladi;
- tahlilchi ma'lum matematik va statistik bilim va tushunchalarga ega bo'lishi lozim;
- xatolar ehtimoli mavjudligi.
Ko'p xollarda tahlil natijalari bo'yicha diagramma yoki gistogramma tuziladi. Ularda tahlil natijasi yaqqol namoyon bo'ladi.
4- reja. Blek-Shoulz ("Black-Scholes Model") modeli haqida tushuncha
1997 yil oktyabrda iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofoti Robert Merton (Robert Merton) va Mayron Shoulzlarga (Myron Scholes) berildi
Bu uchta olimlar optsionlar va boshqa hosilaviy instrumentlarning qiymatini hisoblash matematik formulasining ixtirochilari hisoblanishadi va mazkur ixtiro moliya amaliyoti hamda nazariyasining oldinga siljishida muhim o'rin egalladi. Bu formula hozirgi kunda Blek-Shoulz formulasi sifatida taniqli hisoblanadi. (Black-Scholes option pricing formula).
Bunday formulaning yaratilishi hosilaviy instrumentlarga bo'lgan qiziqishning oshishi hamda optsionlar bilan savdoning keskin o'sishiga olib keldi.
Sug'urta, fond bozorida savdolar, investitsiyalarda yuzaga keladigan tavakkalchiliklarni boshqarishning zamonaviy nazariyasi kelajakni oldindan aytish uchun matematik metodlardan foydalanishga asoslanadi. Albatta mazkur natija 100 % aniqlikda bo'lmasa ham investitsion qaror chiqarish uchun yetarli darajada xulosa berish uchun yetarli hisoblanadi
- Blek-Shoulz model optsionni hisoblash davomida dividendlarni o'z ichiga olmaydi;
- • Bugun,ushbu model bir necha qiymatli optsionlarni tez va yaqin ehtimollikda hisoblab beradi;
- •Ushbu model berilgan vaqt davomida kelajakda kutiladigan narx harakatini oldindan aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |