Jismoniy rivojlanishi
1 oylikda: Harakat malakalari: Chaqaloq quyidagi harakatlarni sezadi.
Masalan, ularning holati to‗satdan o‗zgartirilsa, ular albatta qo‗l-oyoqlarini
cho‗zish bilan reaksiya javobini beradi. Tebratish orqali chaqaloq tinchlanadi. Bir
oylik davrda chaqaloq tanasini mustaqil harakatlantira olmaydi, ya‘ni tana
og‗irligini kqtara olmaydi. Shuning uchun bir holatdan ikkinchi holatga
harakatlantira olmaydi. Qachonki chaqaloqning eshituv idroki rivojlansa,
o‗shandagina u o‗zining tanasini va qanday harakatlanishini anglar ekan. Endi
tug‗ilgan chaqaloqning kafti yopiq turadi, uni ochishga harakat qilganimizda u
yana yopib oladi. Bu ushlov refleksidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |