Farmoyish ta’siri o’tkazishda boshqarish buyruq va farmoyishlar vositasida olib boriladi. Ma’lumki, har qanday mehnat jarayoni xoh u kichik doirada, xoh u katta doirada bo’lsin, boshqaruvni taqoza qiladi. Yakka skripkachi skripka chalganda o’zini o’zi idora qilgani holda, orkestr uchun dirijyor zarur bo’lganidek, ko’pchilikning birgalikdagi mehnati bor bo’lgan joyda, albatta uni boshqarish, ma’lum bir yo’nalishga solish kerak bo’ladi. bu faoliyat boshqarishning farmoyishli ta’sir ko’rsatash shakli yordamida bajariladi.
Farmoyishli ta’sir ko’rsatish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi (5.3-jadval).
5.3-jadval
Farmoyishli ta’sir o’tkazish shakllarini amalga oshirish yo’llari
T/r
|
Farmoyishli ta’sir o’tkazish
shakllari
|
Izoh
|
1
|
Direktiva
|
Bu usul har bir rahbarning, ijrochining va boshqaruvchi organning burchlari, huquqlari va mas’uliyatini aniq belgilashga asoslanadi. Bular lavozim qo’llanmalari turli boshqarish bo’g’inlarining funksiyalari va vazifalari to’g’risidagi nizomlar bilan qonunlashtiriladi.
Direktivalar ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchilarning yuqori boshqaruv organlarining qarorlari, buyruqlari, farmoyishlarini bajarish uchun shaxsan javobgar bo’lishini ta’minlaydi.
|
2
|
Buyruq
|
Bu korxona rahbari, u bo’lmaganda uning o’rinbosari chiqaradigan davlat boshqaruvi hijjatidir Buyruq mazkur organ (tashkilot) vakolati doirasida, amaldagi qonunlar, yuqori organlar qaror va farmoyishlari asosida shu qaror va farmoyishlarni ijro etish uchun chiqariladi.
Buyruq yuridik huxjat bo’lib, uni ijro etish majburiydir.Agar buyruq umumiy qoidalarni belgilasa, me’yortiv xarakterda bo’lsa, unga asoslanib lavozimga tayinlansa, tashakkur e’lon qilinsa, u holda buyruq individual xarakterda bo’ladi.
|
3
|
Ko’rsatma
|
Bu aniq ijrochilarga yoki aniq ish yuzasidan beriladigan boshqarish qarorlarining tashkiliy huquqiy shaklidir. Ko’rsatmalarda shaxsga buyruqni amalga oshirish uchun qanday ish olib borish, qanday natijalarga erishish zarurligi tushuntiriladi va maslahat beriladi.
Ko’rsatma buyruqning o’zida, hujjatlardagi rezolyusiyada, yozma holatda yoki og’zaki tarzda berilishi mumkin.
|
4
|
Farmoyish
|
Bu barcha boshqaruv organlari ma’muriyati tomonidan tezkor joriy masalalar bo’yicha beriladigan boshqaruv hujjatidir.
Farmoyishning buyruqdan farqi shundaki, u xususiy masalalarni hal etishga qaratiladi va direktor, uning o’rinbosarlari, bo’lim boshlig’i, master, funksional xizmatlar boshliqlari tomonidan o’z vakolati doirasida chiqariladi.
|
5
|
Rezolyusiya
|
Bu yig’ilish, majlis, konferensiya va hokazolarda muhokama qilingan masalalar yuzasidan qabul qilingan qarordir.
Hujjatga mansabdor shaxs tomonidan ijro etish yoki ijro etmaslik to’g’risida yozilgan yozuv ham rezolyusiya hisoblanadi va boshqaruvning quyi bo’g’inlari tomonidan bajarilishi majburiydir.
|
6
|
Yo’l-yo’riq
|
Bu me’yortiv huquqiy hujjat bo’lib, u tashkilot va fuqarolarga ularning funksional vazifalaridan kelib chiqadigan xatti-harakatlarini tayinlab beradi.
|
Shunday qilib, boshqarishning farmoyishli ta’sir o’tkazish usuli yakkaboshchilik munosabatlari, intizom va masuliyatga asoslanadi. Mantiqan bu usulni quyidagi ibora bilan izohlash mumkin:
Rahbar buyrug’i uning qo’li ostida ishlayotganlar uchun qonundir.
Farmoyishli ta’sir o’tkazish usulidan foydalanish ma’lum talablarga javob berishi kerak. Buyruqlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlarda, ular xoh yozma, xoh okzaki tarzda berilgan bo’lsin:
Do'stlaringiz bilan baham: |