birinchidan, nimaga asoslanib chiqarilganligi aniq ko’rsa-
tilishi shart;
ikkinchidan, qabul qilingan qaror mohiyati qisqa va ravshan bayon etilishi lozim;
uchinchsdan, ijroni nazorat qilish shakli, farmoyshining
kuchga kirish va bajarilshp muddati kursatilishi zarur;
to’rtinchidan, buyruq va farmoyishlar qisqa, tushunarli va
aniq bo’lishi kerak. Mujmal va umumiy jumlalar, topshiriqlar ijrochilarning buyruq bandlarini to’liq va o’z muddatida bajarishga da’vat eta olmaydi;
beshinchidan, buyruq va farmoyishlarni eng qulay muddatlarga chiqarish va ijrochilarga yetkazish kerak. Kechikish ijrochilarga buyruq mazmunini to’liq anglash, uni bajarish uchun zarur bo’lgan hamma ishlarni qilish imkonini bermaydi. Bunday holda ijroning sifati puxta bo’lmaydi va
aksincha, buyruqni juda vaqtli chiqarish ham maqsadga muvofiq emas. Chunki uni bajarish muddati yetib kelguncha ijrochining mas’uliyati, ishtiyoqi pasayishi mumkin.
oltinchidan, buyruq va farmoyishlar imkon qadar kamroq
bo’lishi kerak. Buyruqbozlik, bo’lar-bo’lmasga buyruq, farmoyish va ko’rsatmalar chiqara berish ishga naf keltirmaydi. Boshqarish sifati buyruqlarning ko’pligi bilan belgilanmaydi. Yaxshi tashkil etilgan boshqaruv jarayonlari o’rnatilgan tartib va an’analar tufayli me’yorl kechadi.
Shuni ta’kidlash joizki, buyruq va farmoyishlar bajarshi uchun chiqariladi. Bu esa ularning bajarilishini nazorat qilishni talab qiladi.
Ijroni tekshirish bo’yicha nazorat tizimi yo’lga qo’yilmasa, har qanday buyruqlarning bajarilishi, hatto u yaxshi ijrochilar zimmasiga yuklangan bo’lsa ham, orzu-istakkina bo’lib qolaveradi, bajarilganda ham sifatsiz va kechiktirib bajariladi.
Boshqarishning huquqiy vositalari deganda, ijtimoiy munosabatlarga yuridik, qonuniy ta’sir o’tkazish jarayonida qo’llaniladigan huquqiy me’yorlar majmui tushuniladi.
Huquqiy me’yorlar davlat (turli tashkilotlar orqali) yoki jamoat tashkilotlari tomonidan chiqariladi va tasdiqlanadi.
Huquqiy me’yorlar turli qonuniy hujjatlar, nizomlar, buyruqlar, farmoyishlar va hokazolar shakliga ega bo’ladi. Boshqarish amaliyotida teng huquqli boshqaruv sub’yektlari o’rtasida, masalan, korxonalar, birlashmalar o’rtasida vujudga keladigan munosabatlar bo’ladi. Bunday hollarda huquqiy muvofiqlashtiruvchi (koordinasion) hujjatlar yoki kelishtiruvchi hujjatlar nashrdan chiqariladi.
Huquqny me’yorlar muayyan sanksiyalarni nazarda tutadi. Qo’llaniladigan ta’sir choralarining xarakteriga qarab, ular moddiy, intizomiy, jinoiy-huquqiy sanksiyalarga bo’linadi.
Jinoiy javobgarlik — bu mansab bilan bog’liq jinoyat sodir etilganda sud tomonidan qo’llaniladigan jazodir. Shunday qilib: moddiy javobgarlikka - moddiy zarar yetkazish, intizomiy javobgarlikka - intizomiy nojo’ya harakat, ma’muriy javobgarlikka - ma’muriy huquqbuzarlik, jinoiy javobgarlikka - jinoyat asos bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |