hisobot davri xarajatlari - bu korxonaning bevosita hisobot davri (chorak, yarim yil,to’qqiz oy va yil)ga tegishli xarajatlaridir, ular hisobot davrida asosiy va asosiy bo’lmagan faoliyatga doir, tannarxga kiritiladigan va unga kiritilmaydigan barcha xarajatlaridan iborat bo’ladi.
kelgusi davr xarajatlari - bu korxonaning kelgusi asosiy faoliyatiga
doir, lekinda hisobot davrida amalga oshirilgan xarajatlari. Bunday
xarajatlarga oldindan to’langan ijara haqlari, oldindan to’langan xizmat
haqlari va boshqa oldindan bo’nak sifatidagi to’lovlar kiradi.
muddati uzaytirilgan xarajatlar – bularga korxonaning kelgusi
asosiy faoliyatiga doir, lekinda muddati bir yil va undan ko’p muddatga
uzaytirilgan xarajatlari kiradi.
«Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to’g’risida Nizom» talablaridan kelib chiqqan holda, respublikamizning 21-son BHMSda korxonalarning barcha xarajatlari quyidagi schyotlar tizimida hisobga olinadi
Do'stlaringiz bilan baham: |