5-мавзу: бозор иқтисодиётининг мазмуни ва белгилари



Download 155 Kb.
bet12/12
Sana14.02.2022
Hajmi155 Kb.
#448112
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
IJTIMOIY XO\'JALIK SHAKLLARI

jahon puli vazifasini ham bajargan XX asrning birinchi yarmiga qadar uning o`rnini sof oltin bajargan, ya'ni mamlakatlar o`rtasidagi hisob-kitoblar, tovarlar va xizmatlar uchun to`lovlar bir mamlakatdan boshqa bir mamlakatga sof quyma shakldagi oltinni ko`chirish yo`li bilan amalga oshirilgan.
Iqtisodiy aloqalar davlatlararo doiraga chiqib, boynalminallashib boradi, pulni xalqaro iqtisodiy munosabatlar vositasiga aylantiradi. Bu bir pulni ikkinchi pulga aylantirishni taqozo etib, yagona jahon puli talab qilinmaydi. Masalan, AQSh va Germaniya o`zaro savdo qilganida qandaydir yangi pul kerak emas. Buning uchun dollar markaga ayirboshlansa bo`lgani.
Milliy doirada amal qiluvchi, qadr-qiymati shu mamlakat boyligi bilan ta'minlangan pul valyuta deyiladi. Valyutalar bir-biriga ayirboshlanganda valyuta munosabati paydo bo`ladi. Pulning pulga sotilish narxi valyuta kursi deyiladi. Yuksak rivojlangan mamlakatlar valyutasining kursi yuqori bo`ladi.
O`zga valyutaga talab davlatlararo iqtisodiy aloqalarning kengayishidan ham kelib chiqadi. Chet el tovarlarini sotib olish, chet eldagi transport va aloqa xizmatlaridan foydalanish, chetga kapital va ish kuchini chiqarish, boshqa davlatlar yoki xalqaro tashkilotlardan qarz olish, xorijiy turizm bularning hammasi boshqa valyutaga talabni keltirib chiqaradi. Shu sababli valyuta kursi pul qadr-qiymatiga bog`liq bo`lsada, undan anchagina farq qiladi. Iqtisodiy barqaror mamlakatlar pulining valyuta kursi ham barqaror bo`ladi, tez o`zgarmaydi.
Har bir mamlakatning o`z o`lchami bor, bu uning milliy pulidir. Birlik O`zbekistonda-so`m, AQSh da-dollar, Angliyada-funt sterling, Turkiyada-lira, Germaniyada-marka, Saudiya Arabistonda-riyol qabul qilingan va h.k. Har bir davlatning milliy puli o`sha davlatning valyutasidir.
Shuning uchun ham Sobiq Ittifoq parchalanib ketganidan so`ng MDH dagi yangi mamlakatlarda yagona pul birligini saqlab qolishga aslo hojat qolmaydi. Ayni paytda mustaqil davlatlar alohida moliyaviy siyosat yurgiza boshlaydi. Yuzaga kelgan sharoit mustaqil davlatlarning, shu jumladan O`zbekistonning o`z milliy pulini ya'ni so`mini 1994 yil 1 iyuldan boshlab joriy etishni taqozo qildi. Shu tariqa o`zbek so`mi dunyoga keldi. Endi u milliy valyuta-o`zbek puli sifatida dollaru marka, funt-sterlingu lira, rubl va riyol, tangayu-frank kabi iqtisodiy hayotga mustaqil qadam qo`yishi, ular bilan tenglashishi, ba'zilaridan o`zib ketishi, dunyodagi qudratli valyutalardan biriga aylanishi lozim.
So`mni joriy qilishda O`zbekiston o`zi tanlagan yo`lidan bordi. Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat:



  • avvalo, u boshqa mamlakatlar tajribasiga o`xshamaydi;

  • yangi va eski pul nisbati 1:1. Boshqa davlatlarda esa turlicha bo`ldi.

1:1000, 1:50, 1:10 va hokazo
«Birga bir» nisbat iqtisodiy jihatdan eng arzon, ruhiy-psixologik jihatdan eng qulaydir. Shuning uchun ham milliy valyutani mustahkamlash, uning joriy va to`la almashadigan bo`lishiga erishish uchun bir qancha chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur edi.
Prezidentimiz I.A.Karimov bu xaqda alohida to`xtalib, uning juda qiyin va murakkab vazifa ekanligini ta'kidlab, milliy valyutani mustahkamlash, uning joriy va to`la almashadigan bo`lishiga erishish uchun nimalar qilish kerakligini quyidagicha belgilab berdilar:

1. So`mning xarid quvvatini oshirish uchun iste'mol bozorini kerakli mollar bilan to`ldirish, aholining ehtiyojlarini qondiradigan va xorijdan keltiriladigan mollar bilan raqobat qila oladigan o`z mahsulotimizni ishlab chiqarishga zo`r berish zarur bo`ladi.


2. Valyuta zahiralarini ko`paytirish, eksport qiladigan mollarni ko`paytirish.
3. Yonilg`i -energiya manbalarini, ko`pgina uskuna va asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan sotib olishni kamaytirish, ularni o`zimizda ishlab chiqarilgan mahsulot bilan almashtirish, tashqi savdo balansini mustahkamlash.
4. Kapital bozorining barcha vositalaridan foydalangan holda, O`zbekistoning qimmatli qog`ozlar bozorini rivojlantirish bilan makrobarqarorlikka erishish.
Belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, almashuv kursini barqarorlashtirish, milliy valyutani mustahkamlashda o`z samarasini ko`rsatishi lozim.
Yuqorida aytganimizdek, xususiy mulkchilikning kelib chiqishi va ijtimoiy mehnat taqsimoti bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo`lishi uchun umumiy sharoiti bo`lib hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo`jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo`lishi o`z - o`zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste'molning bozorli xususiyatini ko`zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi.
Xulosa
Xo’jalik sharoitida mahsulot ayirboshlanmaydi va sihlab chiqaruvchining o’zi uchun hayotiy vositaga aylanadi. Natural ishlab chiqarish ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanmaganligi oqibati sifatida vujudga kelgan. Ishlab chiqaruvchi mehnat jatayoni uchun kerakli bo’lgan vositalarni o’zi yaratadi. Natural xo’jalikning muhim belgilari: xususiy mulkga asoslanganligi, o’zi mehnat qilishi, o’zi ehtiyojini qondirishi, bozor bilan aloqada bo’lmasligi, foyda olishga ega bo’lmasligi. Natural xo’jalik bozor iqtisodiyotiga qadar ijtimoiy ishlab chiqarishning asosiy shakli bo’lib kelgan. U iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lgan. Natural xo’jalik sharoitida har bir mulkdorning alohida o’z xo’jaligi bo’lgan. Natural xo’jalikda asosiy xo’jalik tarmog’i dehqonchilik bo’lib, unga qo’shimcha tarzda hunarmandchilik rivoj topgan. Ishlab chiqarish to’la-to’kis qo’l mehnatiga tayangan. Unda mehnat qurollari va sihlab chiqarish sharoitlari o’zgarmay qoladi. Mehnat unumdorligi deyarli o’smaydi.
Mehnat unumdorligining o’sishi chegaralanganligi sababli iqtisodiy o’sish g’oyat sust bo’lib, asosan tabiiy omillar hisobidan o’sish oz bo’ladi.
Shuni aytish kerakki, natural xo’jalikning ba’zi bir ko’rinishlari hozirgi rivojlangan iqtisodiyotda ham saqlangan.


Download 155 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish