5-Mavzu: Biznes sub’yektlarning bankrotligi.
Reja:
5.1.Bankrotlik tushunchasi va uning vazifalari.
5.2.Bankrotlik to‘g‘risida qonunchilik. Bankrotlikka oid huquqiy institutlar.
5.3.Sudgacha sanasiya. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni sudda ko‘rib chiqish tartibi.
5.4.Kuzatuv. Sud sanasiyasi. Tashqi boshqaruv.
5.5.Kelishuv bitimi va uni tuzish tartibi. Bankrot korxonani tugatish. Bankrotlikning soddalashtirilgan taomillari.
Bankrotlik instituti o‘z to‘lov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish orqali yoki iqtisodiy nochor, rentabelsiz va istiqbolsiz xo‘jalik yurituvchi subyektlarni iqtisodiy xalos qilish yo‘li bilan iqtisodiyotni mustahkamlovchi amaldagi mexanizmlardan biri hisoblanadi.
Bankrotlik instituti – xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi munosabatlar, amaliyotda va huquqiy tartibga solish tizimida nisbatan yangi institut bo‘lib, bozor iqtisodiyoti sharoitida uning o‘rni va rivoji alohida ahamiyatga egadir. Bankrotlik instituti mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi muhim huquqiy qurol, vositalardandir.
Bankrotlik institutining oldiga ikki asosiy vazifa qo‘yiladi:
birinchidan, vaqtincha to‘lovga qobiliyatsiz, iqtisodiy qiyinchilikka duchor bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektga muayyan qoidalar asosida o‘zini o‘nglab olish va so‘ngra o‘z majburiyatlarini bajarishga imkon berish;
ikkinchidan, agar qarzdorning o‘zini o‘nglab olish imkoni yo‘q ekanligi aniqlansa, u holda uni tugatish bilan bog‘liq jarayonni boshlash va bu jarayonda kreditorlarning talablari eng maqbul darajada ta’minlash.
|
Bankrotlik instituti bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotning zarur elementi sanaladi va usiz iqtisodiy tartibotni ham taraqqiyotni ham yo‘lga qo‘yib bo‘lmaydi.
Mustaqillikkacha bo‘lgan davrda bankrotlik instituti fuqarolik va tadbirkorlik huquqiy munosabatlarda qo‘llanilmas edi va bu sohadagi ayrim ishlar ma’muriy vositalar bilan hal etilar edi.
“Bankrotlik” italyancha “banco rotto” so‘zidan olingan bo‘lib, tom ma’nosi kursining (o‘rindiqning) sinishi deb tushunilsa-da, iqtisodiyotda bu so‘z qarzdorning nochor ahvolga tushib qolishi, inqirozi, barbod bo‘lishi deb ham ishlatiladi.
| O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy va siyosiy mustaqillikka erishganidan so‘ng bozor munosabatlari joriy etila boshladi. Uning ajralmas tarkibiy qismi sifatida, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarni tartibga solish mexanizmi bo‘lib bankrotlik instituti ham shakllana boshladi.
Sud tomonidan yakka tadbirkorni bankrot deb topishning yoki yakka tadbirkor o‘zini bankrot deb e’lon qilishining asoslari va tartibi qonun bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |