Xulosalar
Tovar birjasi bozor iqtisodiyotining klassik instituti bo'lib, tashkiliy rasmiylashtirilgan, rasmiy narx kotirovkasi namunoalari va standartlar bo'yicha bitimlar tuzish vaqti va doimiy joyiga ega bo'lgan muntazam faoliyat ko'rsatuvchi tovarlar ulgurji bozori hisoblanadi.
Tovar-xomashyo birjasi - vositachilik faoliyatini tashkil qilish va oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish, ayirboshlash operatsiyalarida xizmatlar ko'rsatish, birja savdolarini muntazam o'tkazish vositasida tijorat maslahatlari berish, birja byulletenlari chiqarish, bozor haqida axborot to'plash, qayta ishlash va tahlil qilish va boshqa chora-tadbirlar bilan shug'ullanuvchi doimiy faoliyat ko'rsatadigan tovarlar ulgurji bozori.
Birja atamasi ostida birja jarayonining o'zim ham, birja bitimlarining amalga oshirilishi, ularning natijalari hisobga olinishi, sug'urta operatsiyalari, belgilangan qoidalarga rioya etilishi va hokazolarni ta'minlovchi mos keluvchi infratuzilma ham tushuniladi.
Tovar birjasini yaratish bosqichlari:
Birinchi bosqichda bu ishning tashabbuskorlari ular birja rivojlanishining ddastlabki bosqichida va kelajakda bozor tomon harakatlanishda nimani olishi mumkinlini va istayotganini aniq belgilab olishi zarur.
Ikkinchi bosqichda birja sotishga ixtisoslashadigan tovarlarni oldindan tanlab olish kerak.
Uchinchi bosqichda tovar birjasi yaratishning tashabbuskorlari uning potentsial ta'sischilarini tanlaydilar.
To'rtinchi bosqichda asosiy e'tiborni tovar birjasini uning bo'lajak ta'sischilariga reklama qilishga qaratish lozim.
Birja tovarlari, qoidaga ko'ra bu - xomashyo, mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayoni boshlanishiga aloqador. Shu sababli ular ko'p jihatdan ulardan olinadigan tovarlar narxini belgilab beradi. Klassik birja tovari hajmi va sifati bo'yicha bir xillashtirilgan, qat'iy belgilangan, oson muayyanlashtiriladigan, barqaror xususiyatlarga ega bo'lgan ommaviy mahsulotdir.
Birjada muomalada bo'ladigan barcha tovarlarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin:
Birinchi guruhni qishloq xo'jalik mahsulotlari tashkil qiladi, bu erda moy olinadigan ekinlarning ulushi katta. Xuddi shu guruhga don ekinlari, chorva mahsulotlari, shakar, kofe, kakao, yog'och materiallar kiradi.
Ikkinchi guruhga sanoat xomashyosi va uni qayta ishlash mahsulotlari kiradi. Bu erga energiya vositalari, qimmatbaho va rangli metall kiradi.
Birja tovari sifat bo'yicha ham, son bo'yicha ham standartlashtiriladi. Sotilishi lozim bo'lgan minimal miqdor birja birligi deb ataladi.
Birja yetkazib berish vaq joyini bir xillashtiradi (variantlar sonini cheklaydi). Vaqtni bir xillashtirish tovar faqat pozitsiya deb nomlangan, belgilangan vaqt oralig'ida etkazib beriladi.
Birja operatsiyalari sotuvchi va xaridorlarning o'zim emas, balki birja vositachilari - brokerlar va dilerlar tomonidan amalga oshiriladi. Brokerlar asosan bitimlarni mijozlar nomidan va ularning hisobiga amalga oshirib, buning uchun komission to'lovlar oladi. Dilerlar bitimlarni mijozlarning topshirig'i bo'yicha, biroq o'zining nomidan va o'zining hisbiga amalga oshiradi. Dilerlar tovarni mulk qilib sotib oladi va uni sotib olgan narxdan qimmatroq sotishdan manfaatdor bo'ladi. Vositachi (broker, diler) mijozdan sotish yoki sotib olishga topshiriq (buyruq) oladi, u uchta ko'rsatkichni qamrab oladi: tovar soni (namunaviy shartnomalar soni), etkazib berish muddati, narx.
Birjaning o'zi notijorat tashkiloti, biroq uning a'zolari tijorat bilan shug'ullanishi mumkin. Qoidaga ko'ra, birja - aktsiyadorik jamiyati bo'lib, aktsiyadorlar yig'ilishi oldida javob beradigan birja kengashi (direktorlar kengashi) tomonidan boshqariladi. Birja a'zolarining ikki xil tofasi ajratib ko'rsatiladi: to'liq va noto'liq a'zolar. To'liq a'zolar birjaning barcha sektsiyalarida birja savdolarida hech qanday cheklovsiz ishtirok etish huquqiga ega. Birja a'zosi operatsion zalda vositachilar ishtirokisiz bitimlarni mustaqil tuzish huquqini beradigan o'ringa ega bo'ladi. Birja a'zosi belgilangan qoidalarga muvofiq o'z joyini ijaraga berish huquqiga ega. Birjaning operatsion zali axborot va hisob vositalari, maxsus aloqa bilan jihozlanadi. Bitimlar tuziladigan joy birja xalqasi (pol), shuningdek, ring, yama (pit) deb ham ataladi, chunki u zal sathidan 1-1,5 sm pastda joylashadi. Birja a'zosining joyi bu – telefon, teleks va telefaks aloqasi ibalan jihozlangan, birjaning elektron-axborot tablosiga chiqadigan kompyuterli stolcha, kabina, taqa (rasta turi). Har bir o'rin o'z raqamiga ega.
Shartnomalarni rasmiylashtirish kunning oxirida yokik eyingi kunning tongidan kechikmasdan amalga oshiriladi. Birja operatorlari bitim yakunlangandan keyin og'zaki shaklda 30 daqiqa ichida bu haqida hisob-kitob palatasini ogohlantirishi zarur. Broker mijozga bitim tuzilganligi haqida axborotni berishi zarur.
Ayrim birja qo'mitalari (palatalar) birja faoliyati haqidagi axborotni shakllantirishga bevosita aloqasi bor. Xususan, hisob-kitob palatasi (ayrim birjalarda kliring palatasi) jumladan, muddtli bitimlarni ro'yxatga oladi, mijozlar va birja turli to'lov va hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Nazorat qo'mitasi birjado ishbirmonlik faolligini kuzatib boradi.
Tovar birjasida bitimlar predmeti tovar va uni etkazib berish bo'yicha shartnomalar hisoblanadi.
Birjaning quyidagi asosiy funktsiyalari ajratib ko'rsatiladi:
1. Birja mexanizmi yordamida xomashyo bozorini tashkil qilish
2. Birja narxlarini aniqlash va tartibga solish
3. Tovar standartlarini ishlab chiqish, navlarni belgilash
4. Tovar o'tkazish funktsiyasi
5.Tovar xomashyolariga cheklangan talab narxlarini barqarorlashtirish 6. Pul muomalasini barqarorlashtirish va kreditni engillatish
7. Arbitraj faoliyati
8. Jahon bozorini shakllantirish va uning faoliyat ko'rsatishi
9.Birja savdosi qatnashchilarini ular uchun noqulay narx o'zgarishlaridan sug'urtalash (xedjlash)
10. Ochiq birja savdolari o'tkazish uchun birja yig'ilishlarini tashkil etish
11. Birja shartnomalarini ishlab chiqish
12. Bitimlar bajarilishini kafolatlash kliring va hisob-kitob birja tizimlari vositasida erishiladi
13. Birjaning axborot faoliyati.
Muddatlilik belgisiga ko'ra kassa bitimlari va muddatli bitimlar ajratib ko'rsatiladi. Quyidagilar mavjud:
Bitim darhol yakunlanadigan, ya'nitovar etkazib beriladigan va xaridor bilan sotuvchi o'rtasida hisob-kitob qilinadigan kesh (cash) kassa bitimlari;
bitim tez yakunlanadigan, ya'ni xaridor bilan sotuvchi o'tasida hisob-kitoblar ikki-uch kun ichida amalga oshiriladigan spot (spot) kassa bitimlari.
Tovar birjasida quyidagi asosiy bitim turlarini ko'rsatish mumkin:
1. Real tovarli bitimlar;
2. Forvard bitimlar;
3. Fyuchers bitimlar;
4. Optsionlar oldi-sotdi bitimlari;
5. Xedjlash;
6. Spreding.
Tayanch so'zlar
Tovar-xomashyo birjasi, standartlashtirilganlik, bir-birini almashtirish, monopoliya darajasining pastligi, ishlab chiqarishning ommaviyligi, tashkiliy asoslar, iqtisodiy asoslar, yuridik asoslar, birja tovarlari, birja birliklari, broker, diler, birja xalqasi, narx kotirovkasi, narxni barqarorlashtirish, cash kassa bitimlari, spot kassa bitimlari, buqalar, ayiqlar, real tovarli bitimlar, forvard bitimlari, fyuchers bitimlari, optsionlar oldi-sotdi bitimlari, xedjlash, spreding.
Do'stlaringiz bilan baham: |