5.3. Birja faoliyatini tashkil qilish.
Jahon iqtisodiy inqirozi davom etayotgan hozirgi sharoitda bunday o'zgarish ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Nega deganda, bugungi kunda eksport asosan xom ashyo etkazib berishdan iborat bo'lib, dunyo bozoridagi narx-navo o'yinlariga haddan tashqari bog'lanib qolayotgani ayrim mamlakatlarda valyuta tushumlarini kamaytiradigan, moliyaviy barqarorlikning yomonlashuviga olib keladigan, iqtisodiyotni izdan chiqaradigan jiddiy faktorga aylanmoqda.
Bizning keyingi yillarda eksport sohasida qo'lga kiritgan yutuqlarimiz, avvalo, mamlakatimiz iqtisodiyotini tubdan tarkibiy o'zgartirish va diversifikatsiya qilish, qisqa muddatda biz uchun mutlaqo yangi, lokomotiv rolini bajaradigan tarmoqlarni barpo etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash dasturlarini amalga oshirish, zamonaviy bozor infratuzilmasini shakllantirish borasida o'z vaqtida boshlangan, chuqur o'ylangan va uzoq istiqbolga mo'ljallangan ishlarimizning natijasidir.
Birja operatsiyalari sotuvchi va xaridorlarning o'zim emas, balki birja vositachilari - brokerlar va dilerlar tomonidan amalga oshiriladi. Brokerlar asosan bitimlarni mijozlar nomidan va ularning hisobiga amalga oshirib, buning uchun komission to'lovlar oladi. Dilerlar bitimlarni mijozlarning topshirig'i bo'yicha, biroq o'zining nomidan va o'zining hisbiga amalga oshiradi. Dilerlar tovarni mulk qilib sotib oladi va uni sotib olgan narxdan qimmatroq sotishdan manfaatdor bo'ladi. Vositachi (broker, diler) mijozdan sotish yoki sotib olishga topshiriq (buyruq) oladi, u uchta ko'rsatkichni qamrab oladi: tovar soni (namunaviy shartnomalar soni), etkazib berish muddati, narx. Mijozlar bilan hisob-kitoblar bevosita yoki birjaning hisob-kitob palatasi orqali amalga oshiriladi. Brokerlar va boshqa vositachilar birjaga har bir bitimdan belgilangan foiz to'laydi.
Birjaning o'zi notijorat tashkiloti, biroq uning a'zolari tijorat bilan shug'ullanishi mumkin. Qoidaga ko'ra, birja - aktsiyadorik jamiyati bo'lib, aktsiyadorlar yig'ilishi oldida javob beradigan birja kengashi (direktorlar kengashi) tomonidan boshqariladi. Birja a'zolarining ikki xil tofasi ajratib ko'rsatiladi: to'liq va noto'liq a'zolar. To'liq a'zolar birjaning barcha sektsiyalarida birja savdolarida hech qanday cheklovsiz ishtirok etish huquqiga ega. Birja a'zosi operatsion zalda vositachilar ishtirokisiz bitimlarni mustaqil tuzish huquqini beradigan o'ringa ega bo'ladi. Birja a'zosi belgilangan qoidalarga muvofiq o'z joyini ijaraga berish huquqiga ega.
Birjaning operatsion zali axborot va hisob vositalari, maxsus aloqa bilan jihozlanadi. Bitimlar tuziladigan joy birja xalqasi (pol), shuningdek, ring, yama (pit) deb ham ataladi, chunki u zal sathidan 1-1,5 sm pastda joylashadi. Birja a'zosining joyi bu – telefon, teleks va telefaks aloqasi ibalan jihozlangan, birjaning elektron-axborot tablosiga chiqadigan kompyuterli stolcha, kabina, taqa (rasta turi). Har bir o'rin o'z raqamiga ega.
Broker taklifini qabul qilgan birinchi mijoz, keyingi takliflardan qat'i nazar, bitim tuzgan hisoblanadi. Agar tovar xarid qilishga bir nechta xaridor da'vaogarlik qilayotgan bo'lsa, ular o'rtasida kimoshdi savdosi tamoyilida savdo o'tkaziladi. Agar sotuvchi narxi xaridor narxidan ortiq bo'lsa, boshqa takliflar bo'lmagan taqdirda bitim sotuvchi va xaridor bir-biriga yon bosib narxni tenglashtirgan holda o'ringa ega bo'ladi.
Shartnomalarni rasmiylashtirish kunning oxirida yokik eyingi kunning tongidan kechikmasdan amalga oshiriladi. Birja operatorlari bitim yakunlangandan keyin og'zaki shaklda 30 daqiqa ichida bu haqida hisob-kitob palatasini ogohlantirishi zarur. Broker mijozga bitim tuzilganligi haqida axborotni berishi zarur.
Shartnomalarning asosiy shartlarini standartlashtirish bitim tuzshni soddalashtirishga xizmat qiladi.
Ayrim birjalarda, ayniqsa qishloq xo'jalik mahsulotlari birjalarida minimal talablarga javob beradigan yoki mamlakatning birja qonunlarida ko'rsatilgan istalgan tovar etkazib berilishi mumkin. Boshqa qator birjalarda, avvalo, rangli va qimmatbaho metall birjasida, tovar markasi oldindan ro'yxatga olinishi lozim.
Sifatdan tashqari, birja shartnomalarida boshqa ko'plab shartlar ham birxillashtirilgan. Bunday shartnomalar namunaviy shartnoma deb ataladi, masalan, fyuchers birjalarda savdo faqat lot deb ataladigan partiyalarda amalga oshiriladi. Bunda yuzaga kelgan o'lcham birliklaridan foydalaniladi.
Aylanmani faollashtirish, savdogarlar maksimal sonini jalb etish uchun birjalar tovarlarning faqat pozitsiya deb ataladigan belgilangan oylarda etkazib beriladigan tarzda tashkil qilishga harakat qiladilar. Har bir bozor uchun asosan mavsumiylik bilan bog'liq tala vataklifning faollashuv davri xarakterli, masalan, qishloq xo'jalik mahsulotlarida bu hosilni yig'ib olish bilan bog'liq. Mos ravishda, tovarni muddati belgilangan va shu oyda tugaydigan shartnomalar bo'yicha etkazib berish ruxsat etilgan oylar belgilanadi.
Birjalarda tovarlar bir vaqtning o'zida bir nechta etkazib berish muddatida (oy) sotiladi (mos ravishda, kotirovka qilinadi) va xatoga yo'l qo'ymaslik uchun ularning har birini aniq belgilab olish talab qilinadi.
Tovarni etkazib berish joyi birja shartnomalarini bir xillashtirishning muhim elementi hisoblanadi. Birjalar sotuvchilarga tovarni faqat birja qoidalarida ko'rsatib qo'yilgan belgilangan joylarga keltirishga ruxsat beradi. Bu omborlar, elevatorlar, birja bilan maxsus kelishuvga ega belgilangan talablarga javob beradigan banklar bo'lishi mumkin. Ular birjaga yaqin joyda yoki boshqa joylarda, hatto jahon savdo talablariga javob beradigan va ehtiyojlarni qondira oladigan tarzda boshqa mamlakatda joylashishi mumkin.
Ayrim birja qo'mitalari (palatalar) birja faoliyati haqidagi axborotni shakllantirishga bevosita aloqasi bor. Xususan, hisob-kitob palatasi (ayrim birjalarda kliring palatasi) bachajumladan, muddtli bitimlarni ro'yxatga oladi, mijozlar va birja turli to'lov va hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Nazorat qo'mitasi birjado ishbirmonlik faolligini kuzatib boradi. U real tvoar etkazib bershining borishnii nazorat qiladi, birja shartnomalarining ayrim firmalar qo'lida muassamlashuvini kuzatib boradi, sun'iy taqchillikka va rax bilan o'ynashga qarshi kurashadi. Kotirovka qo'mitasi narxlarni qayd qiladi, ularni bashorat va tahlil qiladi, narxlarni e'lon qiladi. Qator birjalar tarkibida statistika qo'mitasi bo'lib, u hisob-kitoblarni, xususan, indekslarni ta'minlaydi.
Barcha xorijiy mamlakatlarda birja faoliyati bank va pul tizimi bilan birgalikda davlat tomonidan tartibga solish ob'ekti hisoblanadi. Bu tasodifiy emas. Bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik faoliyatiga davlatning to'g'ridan-to'g'ri aralashuvi bo'lmagan hollarda aynan birjalar bozorga ta'sir etishning bilvosita, lekin jiddiy ta'sir vositasi hisoblanadi. Birjada kam sonli tovarlar kotirovka qilinishiga qaramay, ularning ko'p qismi strategik xarakterga ega. Shu sababli birjada erkin narx shakllanishi sharoitlarida u yoki bu tovar bozorining harakatini aks ettiradigan narxlar mamlakat iqtisodiyoti ahvolining o'ziga xos indikatori bo'lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda ko'plab yirik tovar birjalari o'tasida axborot aloqalari yo'lga qo'yilgan. Bu narxlarning tekislanishi va umumiy jahon bozorining shakllanishiga xizmat qiladi.
Tovar birjasi savdo bitimlari tuzish bo'yicha vositachilik xizmatlari ko'rsatish; tovar savdosini tartibga keltirish; savdo operatsiyalarini tartibga solish va savdo mojarolarini hal qilish; narx haqidagi, ishlab chiqarishning ahvoli va narxga ta'sir etuvchi boshqa omillar haqidagi ma'lumotlar to'plash va e'lon qilish uchun o'z xarajatlarini o'zi qoplash asosida faoliyat ko'rsatadigan tashkilotdir. Tovar birjasida bitimlar predmeti tovar va uni etkazib berish bo'yicha shartnomalar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |