5-mavzu. Birja savdosini tashkil qilish



Download 34,08 Kb.
bet8/9
Sana31.03.2023
Hajmi34,08 Kb.
#923824
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-maruza(1)

5.5. Birjada operatsiyalar
Shuni e'tiborga olish kerakki, birja yuridik shaxs sifatida oldi-sotdi bitimlarini takomillashtirishda tomonlardan biri sifatida qatnashmasdan, ularning amalga oshirilishi va birja qoidalariga rioya qilinishini ta'minlaydi.
Birja narx kotirovkasini amalga oshiradi, birja tovarlariga standartlar belgilaydi, namunaviy shartnomalar ishlab chiqadi, savdo jarayonlarini qayd qiladi, arbitrajni amalga oshiradi, hisob-kitob qiladi, axborot xizmatlari ko'rsatishni amalga oshiradi, o'z mijozlariga turli xizmatlar ko'rsatadi. Ko'pchilik mamlakatlarda birjalarni litsenziyalash (faoliyatni amalga oshirishga ruxsat berish), birja savdosini nazorat qilish va birja operatsiyalarini sug'urtalash, maslahat xizmatlari taqdim etish va statistika faoliyatini amalga oshiruvchi davlat strukturalari mavjud.
Xedjlash bu kassa bitimlarini narx risklaridan sug'urtalash shakli; odatda fyuchers shartnomasini sotib olish yoki sotish bo'yicha operatsiyalar shaklida amalga oshiriladi. Xedjlash qisqa (sotuvga muddatli shartnoma imzolanadi) yoki uzoq (xaridga muddatli shartnoma imzolanadi) muddatli bo'lishi mumkin. Qisqa xedjlash hozirgi kassa narxini kelajakda sotishda himoya qilish uchun, uzoq muddatli xedjlash esa sotib olishda himoya qilish uun foydalaniladi. Xedjlash narxlarni barqarorlashtirishga imkon beradi.
Muddatlilik belgisiga ko'ra kassa bitimlari va muddatli bitimlar ajratib ko'rsatiladi. Quyidagilar mavjud:
Bitim darhol yakunlanadigan, ya'nitovar etkazib beriladigan va xaridor bilan sotuvchi o'rtasida hisob-kitob qilinadigan kesh (cash) kassa bitimlari;
bitim tez yakunlanadigan, ya'ni xaridor bilan sotuvchi o'tasida hisob-kitoblar ikki-uch kun ichida amalga oshiriladigan spot (spot) kassa bitimlari.
Muddatli bitimlar shunisi bilan ajralib turadiki, bitimni ijro etish (to'lovni amalga oshirish va tovarni berish) payti bilan bitim imzolangan payt o'rtasida ancha vaqt (24 oygacha) bo'ladi. Narx bitim imzolangan paytda belgilanadi. Bitimni ijro etish muddatlari standartlashtirilgan.
Muddatli bitimlar birja chayqovining, ya'ni narxlar farqida o'ynashning imkoniyatlarini kengaytirdi. Kassa bozorida faqat narxning o'sishida o'ynash mumkin edi, bunda narxning o'sishiga o'yeovchi birjachilar (birja tilida «buqalar») tovarni kelgusida qimmatroq narxda sotish ilinjida sotib olardi. Muddatli bozorda narxning pasayishiga o'ynash imkoniyati ham paydo bo'ldi. Narx pasayishida o'ynaydigan birjachilar «ayiqlar» deb ataladi. Ular tovarga ega bo'lmasdan turib, bitim ijro etiladigan paytga kelib tovarni foyda olish maqsadida shartnomada ko'rsatilgan narxdan ko'ra arzonroq sotib olishdan umid qilgan holda bitim tuzadilar.
Tovar birjasida quyidagi asosiy bitim turlarini ko'rsatish mumkin:
1. Real tovarli bitimlar;
2. Forvard bitimlar;
3. Fyuchers bitimlar;
4.Optsionlar oldi-sotdi bitimlari;
5. Xedjlash;
6. Spreding.
Real tovarli bitimlarda tovarni xaridorga etkazib berish ko'zda tutiladi (ayrim birjalar ombor binolariga ega). Biroq birjada real tovar ta'minotlari qoidaga ko'ra mos keluvchi tovarlar bilan jahon savdosining 5-10%idan ortmaydi.
Forvard bitimi bu qoidaga ko'ra, bitim tuzilgan paytda belgilangan narx bo'yicha to'lov muddati kechiktirilgan real tovarli bitimdir. Forvard bitimi narxlar o'rtasidagi farqda o'ynashga yo'l qo'yadi.
Fyuchers bitimi amalda tovarni etkazib berishni ko'zda tutmaydigan va tovarni sotish yoki sotib olish shartnomasi bilan savdoni ifodalaydigan muddatli bitim hisoblanadi. Bunday bitim qog'ozli bitim deb ataladi, uning maqsadi shartnoma tuzilgan sanadagi narx bilan shartnoma ijro etilgan sanadagi narx o'rtasida farqdan foyda olish hisoblanadi.
Optsion – shartnoma shartlari asosidagi muddatli bitim bo'lib, unga muvofiq qatnashchilardan biri belgilangan muddat davomida boshqa qatnashchiga bu huquqni sotish zaruratini ta'minlash majburiyati uchun pul mukofoti to'lagan holda tovarni qat'iy belgilangan narxda sotish yoki sotib olish huquqini qo'lga kiritadi. Bu huquqni qo'lga kiritadigan shaxs optsion egasi deb ataladi. Optsion uning egasi uchun cheklangan riskli bitim turidir. Optsion shartnomasi egasi uni bajarishi yoki bajarmasligi, boshqa shaxsga berishi mumkin.
Spreding (spreding) o'ziga xos bitim turi, u turli fyuchers shartnomalaridan foyda olishga imkon beradi. Spreding oddiy fyuchers shartnomasidan ko'ra kamroq riskka usraydi. Spredingning uch xil turi mavjud:
Ichki bozor bitimlari: bitta tovar turli ta'minot muddatlari bo'yicha taklif etiladi;
Tovarlararo bitimlar: ikkita o'zaro bog'liq, lekin bitta muddatli tovarlar (masalan, bug'doy va makkajo'xori) bozori;
Bozorlararo bitimlar: bitta tovar, bitta muddat, lekin bir nechta turli birjada.



Download 34,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish