Yerni ekishga tayyorlash. Sug‘oriladigan erlarda kuzda kuzgi arpa ekiladigan maydonlar chimqirqarli pluglar bilan 25-27 sm, lalmikorlikda 20-22 sm chuqurlikda xaydaladi va bir yula boronalash o‘tkaziladi. Xaydash chuqurligi o‘tmishdosh ekin va o‘tmishdosh ekinni oldingi xaydash chuqurligi hisobga olinib o‘tkaziladi. Yerni ekishga tayyorlash. Sug‘oriladigan erlarda kuzda kuzgi arpa ekiladigan maydonlar chimqirqarli pluglar bilan 25-27 sm, lalmikorlikda 20-22 sm chuqurlikda xaydaladi va bir yula boronalash o‘tkaziladi. Xaydash chuqurligi o‘tmishdosh ekin va o‘tmishdosh ekinni oldingi xaydash chuqurligi hisobga olinib o‘tkaziladi. Ekish. Ekish uchun yirik, nav sifati yuqori va hosildorligi yuqori bo‘lgan sara urug‘lar ishlatilishi kerak. Bu arpani bir tekis va qiyg‘os unib chiqishini va yaxshi maysa hosil qilishini ta’minlaydi. Arpa har bir mintaqaning tabiiy iqlim sharoiti uchun eng maqbul muddatlarida ekilishi kerak. Sug‘oriladigan erlarda biologik kuzgi arpa navlarini sentyabrning oxiri oktyabrning boshida yarim kuzgi tipdagi navlarni oktyabrni ikkinchi va uchinchi o‘n kunligida ekish eng maqbul muddat hisoblanadi. Agar yarim kuzgi duvarak tipdagi arpa navlari juda ham erta ekilsa, sovuq tushgo‘nga kadar poya chiqarib qishga chidamsiz bo‘lib qoladi va sovuqdan zararlanadi. Arpaning barcha turdagi navlari juda kech ekilsa sovuq tushib kolishi oqibatida siyrak bo‘lib, xatto mutlaqo ko‘karib chiqmaslik hollari sodir bo‘lishi mumkin. Urug‘lar 1 va 2 sinf talablariga javob berishi hamda fungitsidlar bilan ishlanishi talab qilinadi. Ekish usuli. Tor qatorlab (7-8 sm), qatorlab (13-15 sm), qatorlarni kesishtirib ekish. Ochiq maydonlarda qatorlarni kesishtirib ekish usuli yaxshi natija beradi. Ekish chuqurligi 4-6 sm. Ekish usuli. Tor qatorlab (7-8 sm), qatorlab (13-15 sm), qatorlarni kesishtirib ekish. Ochiq maydonlarda qatorlarni kesishtirib ekish usuli yaxshi natija beradi. Ekish chuqurligi 4-6 sm. Ekish me’yori. Arpaning ekish me’yori ekiladigan mintaqaning tabiiy iqlim sharoitiga, navning biologik xususiyatiga, urug‘ning yirikligiga, urug‘likning ekishga yaroqliligiga qarab belgilanadi. Sug‘oriladigan erlarda ekish me’yori o‘rtacha gektariga 4-4,5 mln dona unuvchan urug‘ bo‘lishi maqsadga muvofiq. Ekish eng maqbul muddatdan kechiksa, ekish me’yori 10-15 % oshiriladi. Lalmikorlikda kuzgi arpa gektariga 2-2.5 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |