Yulduz sxemasi bo‘yicha tokning nol ketma-ketlik filtriga ulash mumkin (5.3-rasm). To‘g‘ri va teskari ketma-ketlik toklari nol simdan o‘tmaydi, chunki bu sxemadagi vektorlarining yig‘indisi nolga teng (5.4-rasm).
Nol ketma-ketlik toklari faza bo‘yicha mos keladilar va shuning uchun nol simda bu tokning uch barobar qiymati oqadi IN.T.S.=3I0.
5.3-rasm. Nol ketma-ketlik filtrli sxemasi.
5.4-rasm. To‘g‘ri, teskari va nol ketma-ketlik toklarining diagrammalari
Tok transformatorlarining va rele chulg‘amlarini to‘liq bo‘lmagan yulduz sxemasida ulanishi.
Tok transformatorlari 5.5-rasmda ko‘rsatilgandek qilib ikki fazaga ulanadi. KA1 va KA2 relelardan mos faza toklari oqadi, KA3 dan esa bu toklarning geometrik yig‘indisiga teng tok oqadi.
To‘liq bo‘lmagan yulduz sxema faqat B fazadagi bir fazali qisqa tutashuvgagina javob bera olmaydi va shuning uchun u fazalararo shikastlanishning barcha turlaridan himoya uchun ishlatiladi. Sxema koeffitsiyenti Ksx=1.
5.5-rasm. To‘liq bo‘lmagan yulduz sxema.
Do'stlaringiz bilan baham: |