Psixokimyoviy (ruhiyatga ta’sir etuvchi) zaharli moddalar. Bu guruh moddalari asab sistemasiga muayyan ta’sir etib, insonni vaqtinchalik faoliyatini izdan chiqaradi.
BZ - oq kristal kukun bo‘lib, uning zichligi 1.8, qaynash harorati 412oC, suyulish harorati 190oC. Uning kuchli ta’siri aerozol ko‘rinishida bo‘lib, nafas yo‘llari va oshqozon-ichak orqali ta’sir etadi.
Zaharlash belgilari: qusish, gapira olmaslik, so‘ngra gallutsinatsiya va hayajonlanish.
Qaltiratuvchi zaharli moddalar. Bunday xususiyatli moddalar - ko‘zning harakatchan qismini hamda nafas yo‘llarining yuqori qismini izdan chiqaradi. Bu guruhga kiruvchi moddalardan CS va CR muhim ahamiyatga ega.
CS - oq kristal kukun bo‘lib, suvda yomon, atseton, benzollarda yaxshi eriydi. Uning qaynash harorati 3150C, suyulish harorati 950C, solishtirma og‘irligi 1.0 ga teng. Uning kuchli ta’siri aerozol ko‘rinishida. CSning havoda aerozol ko‘rinishidagi miqdori 510-3 mg/lda hamma odamlarni birdan izdan chiqaradi, yuqori konsentratsiyada esa terining ochiq joylarida kuyish sodir bo‘lib, nafas organlari falajlanadi. Zararlanish belgilari: ko‘zning, ko‘krak qafasining qizishi, og‘rishi, ko‘zdan yosh oqishi, yo‘tal va boshqalar.
CR - qattiq kristall modda bo‘lib, zaharliligi BZdan yuqori. CR ham inson terisini qattiq shikastlantiradi. Buning ham kuchli ta’siri aerozol ko‘rinishida bo‘ladi.
3. Biologik qurollar, ularning ta’sir etish omillari.
Biologik qurollar - bakterial vositalarga asoslangan (bakteriyalar, viruslar, zamburug‘ va ular faoliyatining zaharli mahsulotlari). Kasallik tarqatuvchilar (hasharotlar, kemiruvchilar) orqali yoki o‘q-doridagi suspenziya va kukunlar orqali ishlatiladi.
Biologik vositalar qo‘llanishi oqibatida favqulodda epidemologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar yuzaga keladi.
Ularning xususiyatlari: bakteriologik vositaning juda kichik miqdori bilan ommaviy kasalliklarning kelib chiqishi; kasallikning yashirin davri; kasallik ta’sirining uzoq muddatligi; germetik berkitilmagan joylarga kira olish qobiliyati.
Bakteriologik qurollar ishlatilganda suyuq yoki kukun holda yerga, o‘simliklarga va suvga tarqatiladi. Bularni esa qurt-qumursqalar tezlikda atrofga tarqatib, biologik qurolning zararlash miqyosi kengayishiga sabab bo‘ladi.
Quyidagi jadvalda ba’zi yuqumli kasalliklarning xususiyatlari keltirilgan:
-
Kasallik turi
|
Kasallikning tarqalishi
|
kasallikning yashirin davri, kun
|
Ish faoliyatini yo‘qotish muddati, kun
|
O‘lat
|
Kasallangan bemorlardan havo orqali, qurt-qumursqalardan yuqishi orqali
|
3
|
7-14
|
Sibir yarasi
|
Kasallangan hayvon juni, terisi ushlanganda, zararlangan go‘shtdan
|
2-3
|
7-14
|
Sapa
|
Yuqoridagiga o‘xshash
|
3
|
20-30
|
Tularemiya
|
Zararlangan suvdan foydalanganda, kasallangan kemiruvchilar bilan munosabatdan
|
3-6
|
40-60
|
Vabo
|
Zararlangan suv, ovqatdan
|
3
|
5-30
|
Sariq bezgagi
|
Chivin chaqqanda, kasallangan odam, hayvondan
|
4-6
|
10-14
|
Suvchechak
|
Zararlangan narsa-buyumdan, kasallangan odam bilan muloqatda
|
12
|
12-24
|
Botulizm
|
Zaharlangan oziq-ovqatlarni iste’mol qilganda
|
0,5-1,5
|
40-60
|
Do'stlaringiz bilan baham: |