2. Kimyoviy qurollar, ularning ta’sir etish omillari.
Kimyoviy qurollar - zaharli kimyoviy birikmalar bo‘lib, ular asosan zaharli moddalar hisoblanadi. Kimyoviy qurollarning kuchi, ularning zaharli xususiyatiga qarab belgilanadi.
Kimyoviy qurollar himoyalanmagan odamlarni, hayvonlarni, o‘simlik, yer, suv, havo, inshoot, texnika va jamiki ko‘rinadigan narsalarni zaharlaydi. Bunday qurollar asosan nafas yo‘li, teri, oshqozon-ichak va yaralangan joylarda qon yo‘li bilan ta’sir qilishi mumkin. Zaharlovchi moddalarning kuchi uning zaharliligi, tez ta’sir etuvchanligi va chidamliligi bilan o‘lchanadi.
Kimyoviy qurollar - nishonga tez va o‘ylangan maqsadga to‘la erishish darajasi bo‘yicha ta’sir etishiga qarab eng xavfli va qudratli qirg‘in qurol hisoblanadi. Chunki uning juda kichik dozasi ham juda qisqa vaqtda ta’sir etib, hamma narsani zaharlaydi. Yana uning zaharlilik kuchi ma’lum vaqt mobaynida havoda, suvda, yerda hamda o‘simlik dunyosida saqlanib turadi.
Kimyoviy qurollarning shikastlash xususiyatiga ko‘ra tasnifi:
Asabni falajlovchi - zarin, zoman, VX;
Terini zararlovchi (yiringlatuvchi) - iprit;
Umumiy zaharlovchi - sinil kislotasi, xlorsian;
bo‘g‘uvchi - fosgen, difosgen;
psixokimyoviy (ruhiyatga ta’sir etuvchi) – bi-zet;
qaltiratuvchi (achishtiruvchi, ko‘zdan yosh oqizuvchi) - xloratsetofenon, adamsit, CS, CR.
Asabni falajlovchi zaharli moddalar. Bu guruhga fosfor-organik zaharli moddalar kiradi: zarin, zoman, VX. Ular hammasi rangsiz, hidsiz suyuqliklar bo‘lib, bir-biridan uchuvchanligi, turg‘unligi va zaharliligi bilan farqlanadi. Bu xususiyatlar ularning tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalari turlicha bo‘lishligidadir. Lekin bu guruhga kiruvchi qurollarning hammasi bir umumiy ta’sir xususiyatiga ega. Ya’ni, ular organizmga kirganda fermentlarni o‘ldirib, hamma asab impulslarini ingibirlaydi, ya’ni sekinlatib to‘xtatadi va natijada zaharlanish yuz berib organizm falajlanadi.
Zarin - uchuvchan zaharli modda hisoblanib, zichligi 1.1, qaynash harorati 158oC, muzlash harorati esa -56oC. U suvda va organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Zarin kuchli zaharlovchi modda bo‘lib, uning o‘rtacha o‘ldirish dozasi 0.10 mg/l (1 daqiqa ichida). Uning par holdagisi kuchli ta’sir etadi, ayniqsa, ko‘z qorachig‘ini tez kichraytirib yuboradi. Zarindan zaharlanishning belgilari: mioz, nafas olishning og‘irlashuvi, ko‘krak qafasini og‘rishi.
VX (vi-iks) - yomon uchuvchan, suvda yomon, ammo organik erituvchilarda yaxshi eriydigan, zaharli modda hisoblanadi. Uning zichligi 1.1, qaynash harorati esa 3000C, muzlash harorati - 500C. VX tarqalgan joylarda turg‘unligi: yozda - bir haftagacha, qishda esa bir oy va undan ko‘p. Uning kuchli ta’siri aerozol holda kuzatiladi. VX nafas yo‘llari, teri, kiyim-kechaklar orqali ham ta’sir etib, odamlarni kuchli zaharlaydi. VXning o‘ldirish dozasi 1 minutda 0,01 mg/l, teri orqali ta’sir etganda 7 mg/l ni tashkil etadi.
Zoman - xossalari jihatidan zarin bilan VXni oralig‘idagi o‘rinni egallab, suvda yomon eriydigan zaharli modda. Zaharliligi zarindan 5 marta kuchli, lekin VX dan kuchsiz hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |