5-ma’ruza. Favqulodda vaziyatlar turlari va xususiyatlari


Yadroviy qurollar va ularning ta’sir etish omillari



Download 134,5 Kb.
bet5/8
Sana03.07.2022
Hajmi134,5 Kb.
#736221
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-ma’ruza. FV lar turlari va xususiyatlari

1. Yadroviy qurollar va ularning ta’sir etish omillari.
Yadroviy qurollar keng miqyosda odamlarni, sanoat va turar joy markazlarini yo‘q qilish, inshootlarni, texnikalarni ishdan chiqarish uchun mo‘ljallangan. Yadroviy qurollar yadro zaryadidan, qurolni nishonga yo‘naltiruvchi qism va qurolni boshqaradigan qismlardan tashkil topgan. Yadroviy aslahalar raketa, bomba, mina, snaryad, torpedo va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
Yadroviy qurollarning kuchi trotil ekvivalenti bilan o‘lchanadi. Bu degan so‘z oddiy portlovchi modda trotil (trinitrotoluol) portlaganda ajraladigan energiya miqdori o‘sha portlovchi moddaning portlash kuchiga ekvivalentdir. Trotil ekvivalenti tonna (t), kilotonna (kt) va mega tonna (Mt) bilan o‘lchanadi.
Yadro qurolidagi portlovchi moddaning quvvatiga qarab juda kichik (quvvati 1 kt-gacha), kichik (1-10 kt), o‘rtacha (10-100 kt), katta (100 kt- 1 Mt) va juda katta (1 Mt dan yuqori) turlariga bo‘linadi.
Qo‘yilgan maqsadga ko‘ra, yadro portlatish yer yuzida, yer ostida, suv ostida, suv ustida va har xil balandlikda havoda amalga oshiriladi.
Yadro qurolining hamma turdagi portlatishlarida quyidagi ta’sir etadigan omillar hosil bo‘ladi:
1. Zarb to‘lqini.
2. Yorug‘lik nurlanishi.
3. O‘tuvchi (singuvchi) radiatsiya.
4. Radioaktiv zararlanish.
5. Elektromagnit impulsi.
Bunda portlash energiyasining 50 foizi to‘lqin zarbasiga, 30-40 foizi yorug‘lik nurlanishiga, 5 foizi radiatsiya nurlariga va 15 foizi radioaktiv changlarni hosil bo‘lishiga sarflanadi.
Zarb to‘lqini. Yadroviy qurollarning asosiy shikastlantiruvchi omillardan biri hisoblanadi. Zarb to‘lqini deganda yuqori haroratli, tovush tezligidan yuqori tezlikka ega bo‘lgan siqilgan muhit tushuniladi. Qurol portlatilgan muhitiga qarab, u havodagi, suvdagi va yerdagi to‘lqin zarbalariga bo‘linadi. Havodagi to‘lqin zarbasining kuchi portlatish o‘chog‘idan uzoqlashishi bilan kuchsizlanib boradi. Masalan, 1000 m ga 1.4 soniyada, 2000 m. ga 4 soniyada, 3000 m ga 7 soniyada, 5000 m ga 12 soniyada yetib keladi.
Demak, bulardan ko‘rinadiki, yadro qurolini portlash belgisini ko‘rgan har bir fuqaro zarb to‘lqini omili kelguncha bekinuvchi inshootlarga yetib borib, saqlanishlari mumkin. Zarb to‘lqini shikastlantiruvchi ta’sirining asosiy ko‘rsatkichi uning ta’sir yo‘lida ortiqcha bosimni hosil bo‘lishidir. Yuqori bosim va katta energiyaga ega bo‘lgan zarb to‘lqini odamga urilganda, uning bosimi keskin ortib ketib, siqadi va tasodifan berilgan kuchni eslatadi. Ya’ni bamaylixotir turgan odamga juda qisqa vaqt mobaynida 100 kg li bolg‘a bilan to‘satdan urgandagi holatga o‘xshatish mumkin. Mana bunday ta’sir etishidan zarb to‘lqini odamlarni, inshootlarni, harbiy texnikalarni va ob’ektlarni shikastlantiradi.
Yorug‘lik nurlanishi deganda elektromagnit nurlar tushunilib, unga ultrabinafsha, infraqizil va ko‘rinadigan nurlar kiradi. Yorug‘lik nurlanishining ta’sir etish vaqti yadro qurolining quvvatiga bog‘liq. Quvvat oshgan sari bu omilning ta’siri ham ortib boradi. Yorug‘lik nurlanish omili ta’sirida odamlarning ochiq qolgan joylari kuyadi, ko‘zi xiralashadi, hayvonlarning junlari kuyadi va yengil yonuvchan materiallar yonib ketadi.
O‘tuvchi (singuvchi) radiatsiya - gamma nurlar va neytronlar oqimidan tashkil topgan. Radiatsiya nurining manbai bo‘lib yadro aslahasi portlaganda kechadigan yadroviy reaksiya hamda yadrolarni radiaktiv parchalanishidan hosil bo‘ladi. Radiatsiya omilining ta’sir vaqti 15-25 sekundni tashkil etadi. Bu omilni asosiy shikastlantiruvchi ta’siri - nurlantirish dozasi hisoblanadi. Radiatsiya omilining ta’siri ionlantirish xususiyatiga ega bo‘lganligidan nurlanish kasalligini keltirib chiqaradi.
Radioaktiv zararlanish - boshqa shikastlovchi omillari ichida alohida o‘rin tutib, uning ta’sir doirasi nafaqat aslaha portlatilgan hudud, balki o‘nlab, yuzlab kilometr uzoqlikdagi joylarni o‘z ichiga oladi. Bu omil uzoq vaqt davomida katta hududni zararlab, insonlarga, hayvonot dunyosiga qattiq shikast yetkazadi. Radioaktiv zararlanishning manbaasi yadroviy portlovchi moddaning parchalangan qismlari, parchalanmagan yadroviy zaryadlar, aktivlangan tosh, tuproqlardan tashkil topgan bulut hisoblanadi. Bularning hammasi atmosferaga ko‘tarilib, eng yuqori balandlikka yetgandan so‘ng turg‘unlashadi va metereologik sharoitlarga qarab har xil uzoqlikka tarqalib yerga tushadi va o‘sha yerdagi jamiki narsalarni zararlaydi.
Portlash bulutida 35 ta kimyoviy elementning 80 ga yaqin izotopi hosil bo‘lib, yerga tushadi va ular ham o‘z navbatida parchalanib boradi. Radioaktiv bulut shamol tezligi va yo‘nalishiga qarab ellips ko‘rinishida tarqalib yerga tushadi. Radioaktiv zarrachalarni yerga tushgan miqdoriga qarab nisbiy 4 ta zararlangan hududga ajratish mumkin: kuchsiz, kuchli, xavfli va juda xavfli hudud.
Elektromagnit impulsi. Yadroviy portlashda atmosferada juda katta elektromagnit maydoni vujudga kelib, bunda to‘lqin uzunligi 1 dan 1000 m va undan ham uzun bo‘ladi. Mana shu paydo bo‘lgan elektromagnit maydonning kuchi elektromagnit impulsi deyiladi.
Elektromagnit impulsining ta’sir etuvchi kuchi havodagi va yer osti kabellaridagi elektr tokining qarshiligini, signalizatsiya, elektr o‘tkazuvchi va radio uzatkich antennalarining qarshiligini keskin oshirib yuborib, turli darajadagi falokatlarga olib keladi. Elektromagnit impulsining ta’sir darajasi, aslaha quvvatiga va portlash balandligiga, portlash markazidan uzoqligi hamda atrof-muhit xususiyatlariga bog‘liq.
Yadroviy portlashning ikkilamchi ta’sir omillari. Yadroviy aslahalar shaharlarda yoki iqtisodiyot tarmoqlari joylashgan yerlarga yaqin joylarda portlatilganda ikkilamchi ta’sir omillari hosil bo‘ladiki, bunda portlash (modda saqlanadigan idishlarni, tabiiy gaz kommunikatsiyasi va jihozlarning buzilishi), yong‘in (isitish asboblari, yengil yonuvchan suyuqliklar saqlanadigan jihozlar hamda quvurlarning buzilishi), joylarni suv bosishi (GES, platinalarini buzulishi), yashash joylari, suv saqlagichlarning zararlanishi (AES, KTZM-kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar saqlanadigan jihozlarni hamda texnologik jarayonlarni buzilishi), inshoot konstruksiyalarini to‘lqin zarbasi yoki yerdagi seysmo-portlash to‘lqinlarining ta’sirida izdan chiqishi va hokazolar kuzatilishi mumkin.
Ikkilamchi ta’sir omillarining eng xavfli manbasi katta yong‘in va portlovchi moddalar qo‘llaniladigan korxonalar hisoblanadi. Masalan, gaz va neftni qayta ishlaydigan tarmoqlari bor joylar. Bu tarmoqlarda texnologik jihozlar, idishlar, quvurlar, ularga molik inshootlar buzilsa, gaz holdagi yoki siqilgan uglevodorodlar chiqib havoda portlashi yoki yonishi mumkin.

Download 134,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish