Yumshoq tovon — pulvinar oyoqlarning orqa qismidagi terining
yostitscha shaklida qalinlashuvidan iborat. Yumshoq tovon oyoqni yerga
bosganda qattiq zarbdan saqlaydi.
Yumshoq tovon tuzilishi va joylashishiga qarab quyidagilar-ga
bo‘linadi.
Barmoq yumshog‘i — pulvinar digitale hamma barmoqli hayvon-larda
uchraydi, panjali hayvonlarda ayniqsa yaxshi rivojlangan bo‘lib, 2—3-
barmoqlarda joylashadi.
Kaft suyagining yumshog‘i — pulvinar metacarpale oldingi va ke-
4-rasm. Yumshoq tovon.
A — it;
B — chuchqa;
V — qoramol va
G — otlarning yumshots tovon. |
D — otlar yumshoq tovonining tog‘ayi; / — barmots yumshots tovoni;
I' — yumshoq tovon tog‘ayi; 2 — kaftning yumshoq tovoni; 3 — bilag-
uzuk yumshoq tovoni;
4 — cho‘chqa va qoramolning osilib turuachi
bav-moqlari;
5 — tubq tovoni;
6 — tuyoq devori
tingi oyoqlar kaft suyaklarining ustida joylashadi. Itlarda yurakcha
shaklida bo‘lib, bitta uchburchak hosil qiladi.
Bilaguzuk yumshog‘i — pulvinar carpale bir tuyoqlilarda va itlarda
yaxshi rivojlangan. Bu bir tuyoqlilarda bilaguzuk bo‘-g‘imining ustki
yuzasida joylashgan bo‘lib, kashtan —callum deyiladi (4-rasm).
Tovon bo‘g‘im yumshog‘i — pulvinar tarsale ham kashtan deyiladi,
lekin u ketingi oyoqlar tovon bo‘g‘imining pastki qismida joyla-shadi.
Yumshoq tovon quyidagicha tuzilgan:
Yumshoq tovon epidermisi — epidermis pulvinaris yumshoq to-
vonning ustki yuzasini qoplab oladi. Unda jun va bezlar bo‘l-maydi.
Yumshoq tovonning asosiy terisi — carium pulvinare birmuncha uzun,
so‘rg‘ichsimon shaklda bo‘ladi.
Yumshoq tovon osti qatlami —
stratum
subcutaneum
pulvinarisyostiqsimon bo‘lib, bunda yog‘ va yelim beruvchi,
cho‘ziluvchi tolalar ko‘p bo‘ladi.
Yumshoq tovon har xil hayvonlarda turlicha tuzilgan. Cho‘ch-qalar va
qoramollarda katta bo‘lib, tuyoq kapsulasini hosil qi-lishda qatnashadi. Bir
tuyoqli hayvonlarda yaxshi rivojlangan yostiqsimon qism, strelka va tog‘ay
yumshog‘iga bo‘linadi. Nstiq-simon qism — torus pulvinaris yumshoq
tovonning orqa qismi bo‘-lib, yostiqchaga o‘xshaganligi uchun
shunday deb atalgan. Yumshoq tovon strelkasi — furea pulvinaris
strelkaga o‘xshash, orqadan ol-dinga cho‘zilgan bo‘ladi, uning uchki qismi
tuyoq va shox kapsula-sigacha yetib keladi. Strelkaning ustki yuzasi
shox moddaga ay-langan. U ikki qismga bo‘linib, ikkita oyoqcha hosil
qiladi. Bularning oralig‘ida ariqcha — sulcus intercruralis bo‘ladi. Strel-ka
ostida yostiqchaning teri osti qismi bo‘lib, u — pulvinar subcutancum
deyiladi. U barmoqlarni bukuvchi chuqur muskulning fassiyasiga
birlashadi.
Yumshoq tovon tog‘ayi — cartilago pulvinaris tuyoqqa birlash-I ganligi
uchun tuyoq tog‘ayi ham deyiladi. Bu tog‘ay I—II bo‘g‘imlar va mokisimon
suyak bilan birlashadi. Tuyoq tog‘ayi noto‘g‘ri to‘rt-burchak shaklda
bo‘lib, yumshoq tovonning teri osti qavatini o‘rab oladi. Hayvonlar
qariganda bu tog‘ay suyakka aylanib ketishi mumkin.
Barmoq