2-Amaliy mashgıulot.
PROKARIOT HUJAYRALARINING TUZILISHI. BAKTERIALAR VA KÓK YASHIL SUV ÓTLARI
Prokariotik h’ujayralarga bakteriyalar va ko’k-yashil suv o’tlari (tsianobakteriyalar) kiradi. Ularning kattaligi 0,5-3 mikron atrofida bo’lib, shakllangan yadrosi bolmaydi. Shuningdek, membrana bilan oralgan organellalari-mitoxondriya, plastidalari, Goldji apparati, lizosomalari bolmaydi. Genetik materiali bor-yogi bir xromosomada joylashgan, deyarli barcha muhitlarda uchraydi. Prokaroitlarning kopayish (generatsiya) muddati juda qisqadir. Masalan, qulay sharoitlarda ichak ta»qchasi bakteriyasi-Escherichia coli ning generatsiya vaqti 20 minutta teng.
Qolgan barcha organizmlar-suv otlari, zamburuglar, hayvonlar va osimliklarning hujayralari eukariotik tipga kiradi. Eukariotik hujayralarda ikki membrana bilan oralgan yadro mavjud bolib, u yadrocha va nukleoplazmadan iborat.
Xromosomalar soni 2 tadan kam bolmaydi. Eukariotik hujayralarda shakllangan mitoxondriya, plastalar, Goldji apparati va lizosomalar bor. Eukariotik hujayralarning ortacha kattaligi 0,5-20 mikron, ammo gigant hujayralar ham uchraydi. Masalan, dengiz suv otining hujayrasi-5000 mk. Status tuxumining diametri 200000 mk ga yaqin boladi. Asosiy farqlardan yana biri shundaki, eukariotik hujayralar ixtisoslashish xususiyatiga ega bolib, kop hujayrali organizmlarning toqimasini hosil qiladi. Prokariotik hujayralarda RNK va oqsillar sintezi bir kompartmentlar sodir bolsa, eukariotik hujayralarda RNK sintezi va protsessining (voyaga etishi) yadroda, oqsillar sintezi esa tsitoplazmada amalga oshadi. Prokariotik hujayralarning kopayishi oddiy bolinish orqali (binar), eukariotik hujayralarniki esa mitoz va meyoz orqali sodir boladi.
Shunday qilib, hujayralar-tirik organizmlarning strukturaviy va funktsional birliklaridir. Prokariotlar bitta hujayradan, eukariotlar esa kop sonli hujayralardan iboratdir. Masalan, inson organizmida taxminan 1014 hujayra mavjud. Kattaligi, shakli va funktsional moslashuvidan ozaro farqlanadigan juda xilma-xil hujayralar mavjud. Tashqi xilma-xilligidan qatiy nazar turli hujayralar ozlarining asosiy strukturaviy xususiyatlariga qarab oxshashdir.
Shu bois ushbu qollanma eukariotik hujayralarning umumiy strukturaviy tuzilishi, organoidlarning tuzilishi va funktsiyalari togrisida qisqacha malumotlar berishni lozim topdik.
Tsitologiya (Kytos-hujayra, logos-fan)-materiyaning elementar birligi bolgan hujayralarning strukturasi, funktsiyasi, kopayishi, evolyutsiyasi va kelib chiqishini organadi. Tirik organizimlarning barchasi (viruslardan tashqari) hujayralardan tashkil topgan. Hujayra tirik organizimlar tuzilishining asosiy birligidir. Tsitologik tadqiqotlar uchun bir hujayrali organizimlar, bakteriyalar va kop hujayrali organizimlar asosiy obekt bolib xizmat kiladi. Bakteriya va sodda organizimlar uchun hujayra va organizim tushunchasi mos keladi. Chunki ular bir hujayradan tashkil topgan organizimlar bolib, mustaqil hayot kechiradilar.
Kopchilik hujayralarning koz bilan korib bolmaydi. Shuning uchun ularni organish mikroskop kashf qilinishi bilan boglik bolgan. Birinchi mikroskopning 1610 yilida italiyalik olim Galileo Galiley hamda Gollandiyalik olimlar Zaxar va Yansenlar(1590) ixtiro etganlar. U linzalar sistemasidan: obektiv va okulyardan tashkil topgan bolib, naychaning bir tomaniga obektiv, ikkinchi tomaniga okulyar ornatilgan edi.
Birinchi marta mikroskopda pokakdan (shakarqamish,shvit,marjon) tayerlangan: kesmalardagi katakchalarni ingliz tabiatshunos, fizigi Robert Guk kuzatib 1665 yili oz tajriybalari yakunini baen qildi. U pokakda katakchalarni, ularda bir-biri bilan chegaralangan pardalarni, yani havo bilan tolgan boshliqlarni kuzatgan. Bu boshliqni eki katakchalarni hujayra deb atadi. Keyinchalik İtaliyalik M. Malping (1671), Angliyalik N. Gryu (1673, 1682) o’simlik organizimlarning h’ujayra tuzilishini o’rgana boshlaganlar. Hujayralar ichini pufakcha eki xaltachalar to’ld’irib turishni va ular gomogen suyuqlik ichida joylashganligini ko’rsatganlar. XVII asrning oxirida Golland olimi A. Levenguk 200 marta kattalashtirib korsatadigan linza yasab, mikroskopni takomillashtirdi. U turli osimlik va hayvon hujayrasidagi hujayraning mustaqil organoidi sifatida ajratib ololmadi.
XIX asr boshlarida biologlar tomanidan osimlik toqimasi va ular gomogen suyuqlik ichida joylashganligini korsatadigan linza yasab, mikroskopni takomillashtirdi. U turli osimlik va hayvon hujayrasidagi yadroni korsatishga muvaffaq boldi, u yadroni hujayraning mustaqil organoidi. Sifatida ajiralib ololmadi.
XIX asr boshlarida biolglar tomanidan osimlik tyaqimasi va organlari organib, ular hujayralardan tarkib topgan, degan xulosaga kelindi. Angliyalik RobertBroun 1833 yili arxideya osimligining hujayra yadrosini birinchi marta har tomonlama organdi va u hujayraning asosiy komponentlaridan biri ekanligini isbotlab beradi. XVIII asrda hayvon va odamlar jinisiy hujayralari organila boshlandi va odamlar rivojlanishining boshlangich etablariga muayyan darajada batafsil tarif berildi. Jinisiy kopayishda gametalarning ahamiyati togri tushunila boshlangan bolsa ham, lekin tuxum hujayra va spermalarning otalanishdagi roli, ularining nozik tuzilishlari nomalum bolib qolaveradi. Preformizm tarafdorlari sperma va tuxum hujayradan toliq shakillangan murtak paydo bolib, unda bolajak organizmning hamma orginlari mavjud boladi degan xulosaga kelganlar. Shu davrda bunga qarshi boshqa, yani epigenez nazariyasi vjudga kela boshladi. Bu nazariya tarafdorlari barcha organlar va uning bolaklari embrional rivojlanish protsessida qaytadan paydo boladi deydilar. Epigenez nazariyasining asoschilardan biri Peterburg akademiyasining azosi Kaspar Fridrix Volfdir. U 1759 yili turlar ozgarmas degan nazariyaga karshi chiqib, preformizm tarafdorlariga zarba berdi va biologiyada evolyutsion talimotning yaratilishiga oz hissasini qoshdi. Shunday qilib, epigenezchilar nazariyasi preformizmchilarga nisbatan progressiv hisoblanadi. Hujayra tuzilishi haqidagi talimotning yaratilishida rus olimi P. F. Goryaninovning xizmati katta. U 1827 yilda o’simlik h’ujayrasining tuzilishini baen qilib berdi. Shunday qilib, olimlar o’tgan asrning 30-yillarida h’ujayra tug’risida tu’liq fikirga kela boshladilar.
İen universitetining professori botanik M. Shleyden 1838 yilda osimliklar hujayralardan tuzilganligini toliq isbotlab berdi.
Nems zoologi T. Shvann kop yillik ylmiy tadqiqotlarini yakunlab, 1839 yili hayvon organizmi ham hujayralardan tashkil topgan, degan xulosaga keldi va hujayra nazaryasining yaratilishiga asos soldi.
Hujayra nazariyasining yaratilishi biologiyada katta burilish yasadi va materiyaning bir butunligini isbotladi. Buni F. Engels tabiiet fanlaridagi byuuk yangilik deb boholadi.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida hujayraning nozik tuzilishlari mikroskopning takomillashishi bilan tolaroq organila boshladi. Hujayra nazariyasi tirik organizmning birligini ifodalovchi, hujayra tuzilishi, uning kopayishi va kop hujayrali organizimning shakillanishi tugrisidagi umumiy talimotlardir.
1848 yili gofmeystr tradeskantsiyaning onalik hujayralarida xromosomalar shaklini chiizgan va birinchi marta xromosomalarga asos solgan. 1876 yili Van Beneden va 1888 yili Boveri hujayra markazini, 1894 yili Benda mitoxondriyani, 1898 yili Goldji Goldji apparatini kashf qildilar. 1882 yili flemming hayvon hujayralarida, Strasburger osimlik hujayralarida xromosomalarni aniqladi. Xromosomalar terminini 1888 yili nems olimi Valdeyer fanga kiritdi. Valdeyer kashfietigacha bir kancha olimlar bu strukturalarning har xil shakllarini chizib nomoyish qilganlar.
1874 yili Moskva universitetining professori Chistyakov, 1882 yili Flemming osimlik va hayvon hujayralari yadrosining bolinishini tekshirib, mitoz terminini fanga kiritganlar. Mitozni osimliklarda 1884 yili Strasburger, 1894 yili esa Geydengaynlar kuzatishgan. 1878 yili Shleyxer yadro bolinish protsessi asosida fanga karikinez terminini kiritgan. Yadro bolinishdan keyin hujayra bolina boshlaydi, buni esa, tsitokinez (grekcha tsitos-hujayra, kinezis-harakat) deb 1887 yili Uitman fanga kiritgan.
Amitozni 1841 yili hayvonlarda Remak, osimliklarda 1882 yili osimliklarda 1882 yili Starasburgerlar kashf qilganlar. Starasburger 1875 yili osimlik hujayralarida mitozni sistemali isbotlab berdi. Nems embriologi V. Rubarcha osimliklar bilan hayvonlar bilan hayvonlar hujayrasining bolinishi umumiy ekanligini isbotlab berdi. Starasburger 1884 yili profaza, metafaza, anafaza terminlarini, Geydengayn esa 1894 yili telofaza terminini fanga kiritdilar.
Shu davrda jnisiy kopayishning tsitologik asoslari toliq organila boshlandi. 1884 yili Van Beneden reduktsion bolinish (meyoz) ni kashf qildi. Former va Mur esa bu terminni 1905 yili fanga kiritdi. XX asrning 30-yillariga kelib hujayraning morfologik, fiziologik, bioximiyaviy va fizika-ximiyaviy struktura tuzilishi keng organila boshlandi. Endilikda zamonaviy texnika bilan qurollangan olimlar hujayra organoidlarini, yadroning strukturasi va vazifasini tadqiq qilish hamda tirik hujayralar ustida murakkab ilmiy tekshirish ishlari olib bormoqdalar.
Tsitolgik problemalarni echish Yangi metodlarni keng qollanish va takomillashtirib borish asosida amalga oshiriladi. Masalan. Hujayra morfologiyasini organishda elektron mikroskopdan foydalanib, hujayraning eng muhim organoilardan endoplazmatik tor, ribosoma va lizosomalar kashf qilindi. Molekulyar biologiya metodlari asosida DNK (dezoksiribonuklein kislota) ning roli isbotlandi yani hujayrada irsiy informatsiyalar tashuvchi va genetik kod aniqlandi. Molekulyar biologiya, molekulyar genetika va bioxmiyaviy metodlar asosida oqsil sintezning asosmiy etaplari aniqlandi. Tsitologiya faning taraqqiyoti hujayra nazariyasining asosiy hususiyatlarini tasdiqladi.
Tsitologiya - xujayralarning taraqqiyoti, tuzilishi va faoliyatini organadi. Bu fanning predmeti tirik organizmlardagi xujayralardir.
Xujayra-barcha tirik organizmlarning takomillashishi, rivojlanishi, tuzilishi va yashash jarayonining asosi bolib hisoblanadi.
Tirik organizmning butun xayot davomidagi xayotiy jarayonlar: moddalar almashinuvi va organizmni tashqi muhit bilan bog`lab turish xujayraning xarakaterli xususiyatidir.
Tsitologiya fanining asosiy vazifasi -xujayraning tuzilishi, funktsiyasi, ularda moddalar almashinuvi, rivojlanishi, kupayishi va kelib chiqishini tashqi muhit munosabatiga bog`langan xolda organish.
Bolajak xar bir biolog juda kop biologik fanlarni organadi va bu fanlarning xammasi tirik organizm xususiyatlarini organadigan fanlar bolib, organizmlarning asosiy tuzilish birligi hujayralardir. Shunday ekan biz organadigan tsitologiya ana shu xujayralar tog`risida bolib, bu fanlar bilan bevosita bog`liqdir. Ayniqsa gistologiya, embriologiya, anatomiya, fiziologiya, biokimyo, biofizika, genetika va molekulyar biologiya fanlari bilan uzviy bog`liqdir
Tsitologiya fani ham, boshka fanlar kabi, tabiatning ob`ektiv qonuniyatlarini organishda zamonaviy falsafa, dialektik tushuncha asoslari bilan bog`liq xolda organiladi.
Tsitologiyani organish va tsitologik organish usullarning natijalari tibbiyot, qishloq. xojaligi, biotexnologiya, gen injeneriyasi va veterinariya sohalarida keng kolamda qollaniladi.
Odam organizmi xam xujayralardan tuzilgan ekan, barcha fiziologik, patologik jarayonlarni organish tsitologik asosda olib boriladi. Masalan, kasalliklarni aniqlashda, har bir hujayraning faoliyatini hisobga olish zarur. Qishloq xojalik ekinlari va xayvonlarini organishda yoki ulardan samarali foydalanishda, yangi nav va zotlarini yaratishda bevosita hujayralardagi jarayonlar asos bolib hisoblanadi. Albatta bu borada genetika va selektsiya asoslari fanidan foydalaniladi. Umuman olganda tsitologiya fanini xalq xojaligi tarmoqlarini rivojlantirishdaga ahamiyati kattadir. Shu sababli ham bu fan asosida molekulyar biologiya, biotexnologiya, gen injeneriyasi kabi yangi fanlar taraqqiy etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |