Qalqonsimon tog‘ay — cartilago thyreoidea yaltiroq bo‘lib, hi-
qildoqning yon devorlarini hosil qiladi. Qalqonsimon tog‘ay-ning o‘rta
tanasiga o‘ng va chap plastinkalar — lamina thyreoidea dextra et sinistraga
kelib qo‘shiladi. Yuqori qismida oldingi va keyingi shoxchalar — cornu
craniale et caudale bo‘lib, ular cho‘-michsimon tog‘ay bilan va til osti
suyagining
katta
shoxi
bilan
birlashadi.
Qalqonsimon
tog‘ay
plastinkasining teshigi pay bi-lan to‘lgan, unda hiqildoqning oldingi nervi
o‘tishi uchun te-shnk — foramen thyreoidea bo‘ladi.
Cho‘michsimon tog‘ay — cartilago arytaenoidea hiqildoqning ust-ki
tomonida juft bo‘lib joylashgan. Uning tanasi — corpus va ilmoqsimon
tog‘ay shoxchasi — cartilago corni bor. Tananing pastki qismida o‘simta
— processus vocales bo‘lib, unga ovoz payi va mus-kuli birlashadi.
Hiqildoq usti tog‘ayi — cartilago epiglottidis qalqonsimon to-g‘ayning
old tomoni yuqorisida joylashib, shakli yaproqsimon, old qismi
uchliroq, zlastik bo‘ladi. Bu tog‘ay harakatlanganda hiqildoqning teshigi
ochilib-yopilib turadi (8-rasm).
Yuqorida tog‘ay plastinkalarining hammasi bir-biri bilan va til osti
suyagi bilan bo‘g‘imlar yordamida birlashib turadi. Qoramollarning
qalqonsimon tog‘ayi to‘rtburchak bo‘lib, tanasi uzun, halqasimon
tog‘ayining yoyi o‘tkir burchak hosil qiladi. Cho‘michsimon tog‘ayining
tovush o‘simtasi yaxshi rivojlangan, hi-qildoq usti tog‘ayi oval shaklda
bo‘ladi. Cho‘chqalarning hiqildog‘i uzunroq, xalqasimon tog‘ayining yoyi
anchagina qiyshiq, qalqon-simon tog‘ayi uzun, cho‘michsimon tog‘ayida
muskul birlashishi uchun yaxshi rivojlangan tarog‘i bo‘ladi. Hiqildoq usti
tog‘ayi keng va yumaloqdir. Bir tuyoqli hayvonlarda halqasimon
tog‘ayning yoyi to‘g‘ri burchak hosil qiladi. Qalqonsimon tog‘ayning orqa
tomo-nida chuqur kesik — incisura thyreoidea caudalis bor, tog‘ayning ta-
nasi kalta va qalin, cho‘michsimon tog‘ayning tanasi katta, hiqil-doq usti
tog‘ayi uzun, yaproqsimon bo‘lib, undan o‘ng va chap tomon-ga
ponasimon tog‘aylar — cartilago cuneilformis ketadi.
Hiqildoq bo‘shlig‘i — cavum larynx yuqorida ko‘rsatilgan besh-ta
tog‘ay plastinkaning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Hiqildoq bo‘shlig‘ining
ichki yuzasi shilimshiq parda bilan qoplangan bo‘-lib, unda tebranuvchi
silindrsimon va qadoqsimon epiteliy bor. Hiqildoqqa zardobsimon bezlar
joylashgan. Undagi tovush par-dalarining burmasi ko‘p qavatli yassi
epiteliy bilan qoplan-gan.
Hiqildoqning boshlanish — aditus laryngis qismini pastdan hiqildoq
tog‘ayi, yon tomondan qalqonsimon tog‘ay va ustki tomondan
cho‘michsimon tog‘ay hosil qiladi. Bu tog‘aylarning ichki yuzasida
shilimshiq pardadan burmalar hosil bo‘ladi. Hiqildoq-ning har ikkala yon
devoridagi shilimshiq pardalar xaltasimon burma, tovush labi, ular orasida
esa hiqildoqning yon xaltachasi — plica ventricularis ni hosil qiladi. Bu
xaltachaning old tomonida xaltachasimon burma —plica vetricularis
bo‘ladi. Tovush labida elastik to‘qimadan iborat tovush payi va
I tovush muskuli — lig. Vocale et m. vocalis bo‘ladi. Tovush lablari orasida
kichik yoriqcha — rima glottidis bor, uning ustki tomoni |havo o‘tkazish,
pastki tomoni esa tovush hosil qilish vazifasi-1'ni bajaradi. Kavsh
qaytaruvchi hayvonlarda yon xaltacha bo‘lmay-|di, tovush lablari tik
joylashadi. Cho‘chqalarda tovush lablari |qiyshiq, yon xaltachaning teshigi
juda tor bo‘ladi. Bir tuyoqli-|larda yon xaltacha yaxshi rivojlangan, tovush
lablari qiyshiq, vya’ni oldinga, so‘ngra pastga tomon qaragan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: