5-лаборатория машғулоти Мавзу: Талабаларнинг мустақил ишини назорат қилиш ва баҳолаш. Ишнинг мақсади



Download 21,32 Kb.
Sana19.12.2020
Hajmi21,32 Kb.
#53532
Bog'liq
5-amaliy topshiriq


5-лаборатория машғулоти


Мавзу: Талабаларнинг мустақил ишини назорат қилиш ва баҳолаш.

Ишнинг мақсади: Талабаларда маърузада олинган билимларни мустаҳкамлаш, таълим тизимида мустақил таълимни ташкил этиш ва мустақил ишнинг ташкилий шаклларини ўрганиш.

Кeракли жиҳозлар: Компютeр, проектор, дарслик, кўргазмали матeриаллар, тарқатма матeриаллари, топшириқлар
АМАЛИЙ ТОПШИРИҚЛАР:
1 Tayanch tushunchalar: maxsus fanlar, o’qitish jarayoni, bilim, ko’nikma va malaka, baholash, reyting, tizim,mohiyati.

Zamonaviy, raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlashda talabalar bilimini nazorat qilish, sinash va baholashning -ahamiyati katta. Agar uni yaxshi yo’lga qo’yilmasa, turli-tuman metodlarni qo’llashimiz, qiziqarli dars o’tish uchun turli topshiriqlar tayyorlashimizdan qat'i nazar, kutilgan natijaga erishib bo’lmaydi. Chunki, inson ongida har doim o’z mehnat faoliyatini baholovchi psixologik jarayon ro’y berib turadi. O’z ishini natijasi baholanmasa yoki baholanishidan, taqdirlanishidan ko’ngli to’lmasa faolligi susayadi, oxir-oqibat «hafsalasi pir» bo’lishi mumkin. Qo’yilgan ta'lim maqsadidan kelib chiqib, erishilgan natijani nazorat qilish alohida muhim ahamiyatga ega va u pedagogik texnologiyaning asosiy komponentlaridan biri hisoblanadi. o’quvchi, talabalarning bilimi va ko’nikmalarini tekshirish, sinash (o’lchash) va baholash nazorat deb ataladi.



2 Nazoratning asosiy didaktik funksiyasi o’qituvchi va talaba o’rtasida qaytuvchan aloqani o’rnatish, o’quvchi, talabalar tomonidan o’quv materialini o’zlashtirish darajasi to’g’risida xolisona axborotga ega bo’lish va ular bilimi, ko’nikmalaridagi kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf qilish uchun chora-tadbirlar ko’rishdir.

Talabalar bilimini, muntazam tekshirish va baholash ularni predmetni chuqur o’rganishga undaydi. Baho pedagog uchun o’qishni rag’batlantirish, ijobiy o’quv natijalarini shakllantirish, shaxsga ta'sir etishning asosiy vositasi bo’lib hisoblanadi.

Baholashning adolatli bo’lishi va bilimiga ko’ra tabaqalanishi, predmetni puxta o’zlashtirish uchun intilishga olib keladi.

Baholash faqatgina o’zlashtirish darajasini aniqlash emas, balki pedagog uchun o’qishni rag’batlantirish, ijobiy o’quv motivlarini shakllantirish, shaxsga ta'sir etishning yagona vositasi bo’lib hisoblanadi. Xolisona baholash ta'sirida talabalarda unga muvofiq bo’lgan o'z-o'zini baholash, o’z muvaffaqiyatlariga nisbatan tanqidiy munosabatda bo’lish hissi paydo bo’ladi.



3 Barcha talabalarni jalb etish;

  • dastur materiallarini to’la qamrab olish;

  • talabalarga oshkora yondashish;

  • talabalar bilimini adolatli baholash;

  • muntazam tarzda nazorat va baholashni amalga oshirishga rioya qilish, ularni o’z ustida tinimsiz ishlash, o’qish, o’rganishga undaydi. Oliy ta'limda joriy nazoratda fanning har bir mavzusi bo’yicha talabaning o’zlashtirishi aniqlanib, baholab boriladi. U odatda, seminar darslari, amaliy mashg’ulotlar, laboratoriya ishlari jarayonida amalga oshiriladi. Joriy baholash bo’yicha amaliy mashg’ulotlar uchun ajratilgan har bir mavzu bo’yicha talabaning adabiyotlardan olgan konspekti, bilimi, mustaqil ijodiy fikr-mulohazalari, dars o’tish metodlari bo’yicha berilgan topshiriqlarai bajarishi, mustaqil ishi natijalari va amaliy ko’nikmalarini aniqlab borish nazarda tutiladi va u amaliy mashg’ulotlarda amalga oshiriladi, semestr davomida 2 davrada o’tkaziladi.

  • Oraliq nazorat semestr, o’quv yili davomida fanning bir necha mavzusi, qismi, bo’limi bo’yicha nazariy mashg’ulotlar o’tib bo’lingandan so’ng o’tkaziladi. Unda muayyan savol, muammo, test, masala-mashq va boshqalar yordamida talabaning mavzuni o’zlashtirish darajasi, qobiliyati, mahorati aniqlabadi va baholanadi Fan bo’yicha JB va OB turlarida talaba to’plashi mumkin bo’lgan maksimal reyting ballning miqdori, o’quv rejasida fanga semestr yoki o’quv yili uchun ajratilgan soatning 70 foizi miqdorida belgilanadi: JB - ball, OB - 35 ball. Talaba o’rganayotgan fani bo’yicha har bir nazorat bo’yicha maksimal ballning kamida 56 foizini to’plagan bo’lishi kerak. Undan kam ball to’plagan talabaning fanni o’zlashtirishi qoniqarsiz deb hisoblanadi.

4 Ularning fan bo’yicha nimalarni bilishi, qanday savollarni chuqurroq o’rganishi zarurligi, zaif jihatlari aniqlanadi;

  • nimalarni, qanday savol, masalalarni o’zlashtirgani haqida axborotga ega bo’ladi;

  • ota-onalar farzandlarining muvafaqqiyatlari haqida axborot olishadi;

  • o’qituvchi va o’quv yurti ma'muriyati tomonidan o’quvchi-talabalar bilimini baholash orqali ularni kursdan-kursga ko’chirish haqida qaror qabul qilinadi.

Nazorat ta'lim-tarbiya jarayonining ajralmas qismi bo’lib, qator funksiyalarni bajaradi:

  1. Tashhislovchi funksiyasi. Talabalarning xislat, fazilatlari, o’quv va ijtimoiy faoliyatining turli jihatlari aniqlanadi. Ilmiy asoslangan axborot olinadi. Tashhislashdan maqsad kadrlar tayyolash sifatini boshqarishdir.

  2. O’qituvchi-o’rgatuvchi funksiyasi. Talabalarningo’zlashtirishiga ta'sir ko’rsatadi, ularning faolligini oshiradi. O’quv faoliyatini maqsadga muvofiq tashkil qilish, o’qishga ijodiy munosabatda bo’lish, ijobiy fazilatlarini namoyon qilish va uni rivojlantirishga undaydi.

  3. Tarbiyalovchi funksiyasi. Talabalarning salbiy tomonlarini minimallashtirish uchun muhit yaratiladi.

  4. Rivojlantiruvchi funksiyasi. Talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ko’nikma, malakalarini tashhislash orqali o’zgartirishlar kiritish, dunyoqarashining kengayishi, ijtimoiy
    tajribasini orttishida o’z aksini topadi.

Talabalar bilimini sinash va baholash nihoyatda katta ahamiyatga ega bo’lib, uni amalga oshirishning qator tamoyillari mavjud.

  • Talabalar bilimini sinash va baholashda qanday usulni tanlash, o’tilayotgan fan, qo’yilgan maqsad, o’qituvchining tanlovi kabilarga bog’liq.

  • Dars jarayonida metodlarni qo’llash bo’yicha joriy va oraliq nazorat ballar qanday belgilanishi va ularni mavzuga ajratilgan vaqt va balldan kelib chiqib qanday moslashtirishni ko’rib chiqqanmiz. Masalan, amaliyot darsini modellashtiruvchi o’yin metodini qo’llab o’tildi, deylik, eng yuqori ball 10 bo’lsin. Joriy nazorat bo’yicha amaliy mashg’ulotda maksimal 2 ball berish ko’zda tutilgan bo’lsa, demak, 10 ball olgan talabaga jurnalga 2 ball, 9 ball olganga esa 1,8 ball, o’yinda 7 ball olganga 1,4 ball, agar maksimal ball 5 bo’lsa, 9—10 ball, 7-8 ball bo’lgani 4 va hokazo tarzda moslashtirib baho quyib chiqamiz. Oraliq baholash ham metodlar bo’yicha alohida baholash ko’zda tutilgan bo’lsa, shunday moslashtiriladi. Talabalar bilimini baholashda testlar muhim o’rin tutadi. Testlar talabalar bilimini baholash, bilim olishga ko’maklashishdan tashqari masala yechish, referat yozish, savolga og'zaki yoki yozma javob yozish kabilardan quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi.

  • Testlar talabalar bilimini nazorat qilishning obyektiv usuli hisoblanadi, sababi unda o’qituvchi bilan talaba o’rtasida vujudga kelgan munosabatlar hech qanday rol o’ynamaydi va talaba bilimini baholashga ta'sir etmaydi.

  • Testlarni yakuniy nazoratdan tashqari mavzuni boshlashdan avval ham, joriy va oraliq nazoratda ham qo’llash mumkin.

  • Mavzu bo’yicha dars o’tishdan avval qo’llanilgan pre-testlar talabalar diqqatini shu testdagi asosiy xatolarga, o’rganilayotgan kategoriyalarga qaratish imkonini beradi. Pre-testda unga tanish bo’lmagan g’oya, tushuncha, gohida alohida so’z bilan to’qnash kelib, ularni mustaqil o’rganishga harakat qiladi. Ular talabani mustaqil ishlashga undaydi, yo’llanma beradi.

  • Oraliq testlar darsni o’zlashtirish jarayoni qanday kechayotganini nazorat qilish imkonini beradi. Oraliq testlaraing natijasini muhokama qilish jarayonida fandagi asosiy tushunchalarni samarali takrorlash va xotirada saqlash imkoni vujudga keladi. Bu usulning ham o’ziga xos kamchiliklari bor. Birinchidan, talabani hisoblash bilan birga keng mushohada yuritishga yo’naltiruvchi masala-mashqlar tuzish oson emas. Ikkinchidan, talabalar hisob-kitobga haddan ziyod berilib ketib, nazariy jihatdan tahlil qilishga kam e'tibor qaratishadi. Uchinchidan, masala-mashqlar tor doiradagi savollarni qamrab oladi.

  • Talabalar bilimini sinash va baholashning keyingi paytda keng qo’llanilayotgan usullaridan biri yozma ish yozishdir. Uning afzalligi shundaki, yozma ish uchun savollar oson tuziladi. Ularni o’z fikrlarini ijodiy ravishda bayon qilishlari uchun katta imkoniyat mavjud. Undan' tashqari tavakkal qilib, javob berib bo’lmaydi.

  • Talabalar bilimini sinash va baholashda yozma ish yoki esse yozishdan foydalanish mumkin. Yozma ishning kamchiligi uni o’qib chiqish uchun ko’p vaqt talab qilinadi. Baholash qiyin. Ko’p savollarni qamrab olmaydi. U esse tarzida yoki tayanch ibora, atamalar asosida yozma topshiriq tarzida bo’lishi mumkin.



Download 21,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish