yirik mavzularni o’rganishdan olidin tashkil qilinadigan kirish darslari;
chorak
boshlanishida o’tkaziladigan kirish darslari. O’quv yilining boshida birinchi darsda
o’qituvchi quyidagi ishlarni bajaradi:
‐ darslik va uning mualliflari bilan tanishtirish;
‐ darslikni tuzilishi bilan tanishtirish (qismlar, boblar, ilovalar, rasmlar, jadvallar);
‐ darslikdan foydalanish tartibi bilan tanishtirish. Toza tutish, yirtmaslik, chizmaslik,
yozmaslik va h.k. Yirik bo’limlarni o’rganishda ham kirish darslaridan foydalanish
mumkin. “Boshlang’ich tabiiy geografiya” kursida Yer qobiqlari bo’limini
o’rganishdan oldin kirish darsi o’tkazish mumkin. Unda quyidagii holatlarga e’tibor
bermoq lozim:
‐ geografik qobiqni qatlamsimon bo’lib tuzilganligi, ya’ni
litosfera, gidrosfera,
atmosfera va
biosferalardan iborat ekanligi;
‐ har bir qobiq alohida moddalardan tuzilganligi, ya’ni litosfera qattiq moddalardan,
gidrosfera suyuq moddalardan (suv), atmosfera gazsimon moddalardan, biosfera esa
tirik moddalardan iborat ekanligi haqida bilimlar shakllantiriladi. Shundan so’ng
o’quvchilar ongida Yer qobiqlari haqida tushunchalar shakllanadi va umumiy
tasavvurlar hosil bo’ladi. Iqtisodiy geografiya darslarida xam xuddi shunday kirish
darslarini tashkil qilish mumkin. Masalan, “Jahon iqtisodiy va ijtimoiy georafiyasi”
kursida jaxon xo’jaligini o’tishdan oldin kirish darsi o’tkazish mumkin: unda
quyidagi holatlarga o’quvchilar diqqati qaratiladi:
‐ jahon xo’jaligi haqida
tushuncha beriladi;
‐ jahon xo’jaligining tarkibiy qismlari chizib ko’rsatiladi.
‐ shundan so’ng sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va xalqaro iqtisodiy aloqalarni
tuzilishi alohida tushuntiriladi. Masalan, transport tarmog’i quyidagi qismlarga
bo’linadi: quruqlik, suv, havo, quvur, elektron. Amaliy geografiya darslarida ham
xuddi shunday kirish darslarini tashkil qilish mumkin. Masalan,
unda quyidagi
holatlarga o’quvchilar diqqati qaratiladi: Amaliy geografiyaning asosiy vazifalari,
landshaftlarni baholash hamda bashoratlashni amalga oshirishga, rayon planirovkasi
va shaharsozlik haqida umumiy tushunchalar beriladi, tabiiy
resurslarga iqtisodiy
baho berish, geografik ekspertiza, rayonlashtirish va iqtisodiy geografik bashoratlar
ko`rib chiqiladi. Bundan tashqari kirish darslarida quyidagi maqsadlar ham amalga
oshiriladi; bo’lajak o’quv ishlari uchun o’quvchilar psixologik jihatdan
tayyorlanadi; o’quvchilarga geografiya fani va geografik
bilimlariga nisbatan
qiziqish uyg’otiladi. Kirish darsida bitta mavzu o’rganilganligi uchun unda darsni
barcha elementlari mavjud emas. Unda tashkiliy qism, yangi bilimlarni o’rganish,
ayrim hollarda vaqt yetarli bo’lsa bilimlarni mustahkamlash va uyga vazifa berish
amalga oshiriladi. Ko’p hollarda kirish darsida asosan yangi material o’tiladi, uyga
vazifa berilmasligi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: