5-amaliy mashg’ulot



Download 474,1 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/26
Sana14.03.2023
Hajmi474,1 Kb.
#918932
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
Innovatsion pedagogik texnologiyalar 5 amaliy mashg\'ulot Jamolbek

 
3.2 Aralash dars 
Aralash darslarda bir necha didaktik maqsadlar amalga oshiriladi va ularda 
o’quv jarayonini barcha qismlari mavjud: yangi bilimlarni o’zlashtirish; olingan 
bilimlarni tahlil qilish va fikrlash; olingan bilimlarni mustahkamlash; olingan 
bilimlarni esda saqlab qolish; o’zlashtrilgan bilimlarni qo’llash. 
Mazkur darslarda quyidagi maqsadlar amalga oshiriladi: yangi mavzuni 
o’rganish; geografik ko’nikmalarni shakillantirish; olingan bilim va ko’nikmalarni 
tekshirish. 
Aralash dars quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: tashkiliy qism. Ushbu qismda 
yo’qlama qilinadi, o’quvchilarni darsga tayyorgarligi, ya’ni o’quv qurollari bor 
yo’qligi aniqlanadi; uyga berilgan vazifa tekshiriladi; yangi darsni maqsad va 
vazifalari tushuntiriladi, oldingi dars bilan yangi mavzu o’rtasida bog’liqlik 
aniqlanadi va tushuntiriladi; yangi mavzu o’rganiladi va umumlashtiriladi; olingan 
bilimlar mustahkamlanadi va darsda o’quvchilar faoliyati tekshiriladi; uyga vazifa 
beriladi va uni bajarish bo’yicha ko’rsatmalar beriladi ( I.V.Dushina, 1985). 
Aralash darsning har bir tarkibiy qismidagi maqsadlarini amalga oshirish uchun 
alohida o’ziga xos metodlar tanlanadi, o’qituvchi va o’quvchilar birgalikda 
faoliyatini shakllari ishlab chiqiladi. Ammo shuni ham aytish mumkinki aralash 
darsni muntazam ravishda bir xil qolipda o’tishi o’quvchilarni darsga 
qiziquvchanligini va diqqatini pasaytirib yuboradi hamda ularni zeriktirib qo’yadi. 
Shuning uchun aralash darsni tarkibini, metodlari va faoliyat shakillarini tez‐tez 


almashtirib turish lozim bo’ladi. Aralash dars quyidagi hollarda o’tkaziladi: yirik, 
ko’p soatlarga mo’ljallangan mavzularni o’rganishda; o’tkaziladigan mavzu oldin 
o’tilgan dars mazmuni bilan bog’langan bo’lsa. 
Agar aralash dars mavzusi oldingi o’tilgan dars bilan bog’langan bo’lsa, darsni 
o’quvchilar o’tgan darsda o’zlashtirilgan bilimlarni tekshirish va baholashdan 
boshlanadi. Bunday hollarda uyga vazifa yangi mavzuni o’tishdan oldin yoki 
o’zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlashdan oldin beriladi. Uyga vazifa berilganda 
uni bajarish bo’yicha metodik ko’rsatmalar aniq va tushunarli bo’lishi lozim. 
Aralash darsda berilgan materialni mustahkamlashda o’quvchilar o’zlashtirishi 
lozim bo’lgan eng muhim bilim va ko’nikmalar ajratilmog’i lozim.
Hozirgi paytda amaliy geografiya ta’limi mazmunida nazariy bilimlar miqyosini 
ortib borishini hisobga olib bilimlarni mustahkamlashni yangi mavzuni 
tushuntirayotganda amalga oshirish mumkin, masalan, tog’ jinslarini tushuntirishda 
magmatik, cho’kindi va metmorfik tog’ jinslarini hosil bo’lishi va tarqalishini 
tushuntirish davomida mazkur bilim va ko’nikmalarni birdaniga mustahkamlab va 
umumlashtirib ketish mumkin. 
Bunda o’quv materiali ma’lum bir mantiqiy qismlarga bo’linadi va har bir 
mantiqiy qism bo’yicha bilim, ko’nikmalar mustahkamlanadi va umumlashtiriladi. 
Masalan, magmatik tog’ jinslarini tushuntirgandan so’ng olingan bilimlarni 
birdaniga mustahkamlab ketish mumkin. Bunda magmatik tog’ jinslarini hosil 
bo’lishi, turlari (intruziv, effuziv) va ularni xossalariga urg’u beriladi. Demak, 
aralash darsni tarkibiy qismlari qotib qolgan narsa emas, uni doimo o’zgartirib turish 
lozim bo’ladi. Ba’zi hollarda avval yangi mavzuni o’tib, so’ngra uyga berilgan 
vazifani tekshirish mumkin, ayrim hollarda darsni uyga vazifa berish bilan ham 
boshlash mumkin. 

Download 474,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish