5-amaliy mashg’ulot


Geografik ko’nikmalarni shakllantirish darsi



Download 474,1 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/26
Sana14.03.2023
Hajmi474,1 Kb.
#918932
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Innovatsion pedagogik texnologiyalar 5 amaliy mashg\'ulot Jamolbek

3.4 Geografik ko’nikmalarni shakllantirish darsi 
Mazkur darsning asosiy vazifasi geografiya predmetlari uchun xos bo’lgan 
ko’nikmalarni shakllantirishdir. Mazkur ko’nikmalar nazariy bilimlarni 
o’zlashtirishga, mustahkamlashga va amalda qo’llashga imkon beradi. Ko’p 
hollarda mazkur darslarni bilimlarni mustahkamlash va geografik ko’nikmalarni 
shakllantirish darsi ham deb ataladi. O’qitishni sifatini oshirishdagi vazifalarni 
qo’yilishi va yechilishi munosabati bilan hamda o’quvchilarni amaliy faoliyatga 
bo’lgan e’tiborni ortishi bilan mazkur darslar turini ahamiyati yanada ortadi. Bunday 
darslarda o’quvchilar faoliyatini asosiy shakli bo’lib, amaliy ishlarni bajarish 
hisoblanadi. Mazkur amaliy ishlarni bajarish davomida o’quvchilarda geografik 
ko’nikmalar shakllanadi.
Ushbu darslarda o’quvchilarni nazariy va amaliy faoliyati bir‐biri bilan 
chambarchas bog’langan. Shuning uchun geografik ko’nikmalarning katta qismi 
yangi bilimlarni olish jarayonida shakllantiriladi. Ayrim amaliy ishlar mazkur 
darslarda bajariladi, masalan, geografik koordinatalarni aniqlash, masshtab turlari 
bilan ishlash, Turon tekisligi bo’ylab o’tkazilgan tabiiy geografik kesmani tahlil 
qilish. Ayrim amaliy ishlarni yangi mavzuni o’rganib bo’lgandan keyin bajarish 
mumkin. Bunda olingan bilim va ko’nikmalar mustahkamlanadi. Masalan, 
o’quvchilarni iqtisodiy diagrammalar bilan ishlash ko’nikmalarini darsni 
mustahkamlash bosqichida olib boorish mumkin. Amaliy mashg’ulotlarni uyga 
vazifani tekshirish jarayonida ham o’tkazish mumkin. Bunda o’quvchilar ma’lum 
bir qolip asosida ishlashadi. Ya’ni ma’lum bir qolip asosida daryoga, dengizga yoki 
ko’llarga ta’rif berish, ayrim davlatlarni iqtisodiy geografik ta’rifini tuzish va h.k. 
Amaliy ishlar ikki turga bo’linadi: o’qitadigan (o’rgatadigan); yakuniy. 
O’rgatuvchi (mashq qildiradigan) amaliy ishlarning maqsadi o’quvchilarni ma’lum 
bir geografik topshiriqni bajarishga o’rgatishdir. Masalan, geografik kordinatalarni 
aniqlash, kartada masofani masshtab orqali aniqlash; daryo suv sarfini hisoblash; 
hududni tabiiy geografik tavsifini tuzish; demografik ko’rsatgichlarni hisoblash; 
iqtisodiy geografik tavsiflarni tuzish. Demak, o’rgatuvchi amaliy ishlarda turli 
ko’nikmalar shakllantiriladi, tegishli bilimlar mustahkamlanadi. Qator o’rgatuvchi 


amaliy ishlardan so’ng yakuniy amaliy ish o’tkaziladi. Uning maqsadi olingan bilim 
va shakllantirilgan ko’nikmalarni o’zlashtirish darajasini tekshirishdir. Masalan, 
Chirchiq-Ohangaron o’lkasini tabiiy geografik tavsifini tuzishi ko’nikmalari 
shakllantirilgandan so’ng O’zbekistonni boshqa tabiiy geografik o’lkalarini 
o’qituvchilar amaliy mashg’ulot darslarida mustaqil o’rganishlari mumkin. Buning 
uchun o’qituvchi tabiiy geografik o’lkalarni o’rganish texnologiyasini modul 
tizimini ishlab chiqishi mumkin.
Har bir tabiiy geografik rayon uchta quyidagi modullarga bo’linadi: tabiiy 
geografik rayonni geografik joylashishi va chegaralari; yer yuzasini tuzilishi, 
geoglogik sharoiti va foydali qazilmalari; ichki suvlari, tuprog’i, o’simligi va 
hayvonot dunyosi. Mazkur modullar yanada mayda modullarga bo’linadi. Masalan, 
ikkinchi modulni quyidagi modulchalarga bo’lishimiz mumkin: rayonning relyefi; 
rayonning geologik tuzilishi; rayonning foydali qazilmalari. O’quvchilar bilim va 
ko’nikmalarni yaxshi o’zlashtirishlari uchun mazkur modullarni yanada maydaroq 
qismlarga bo’lish mumkin. Masalan, foydali qazilmalar modulini quyidagi 
qismlarga bo’lish mumkin: yoqilg’i energitika foydali qazilmalari; metalli foydali 
qazilmalar; nometall foydali qazilmalar. Demak, yakuniy amaliy ishlar geografik 
voqea va hodisa hamda obyektlarni tavsifiga bag’ishlanar ekan. Iqtisodiy va ijtimoiy 
geografiya darslarida barcha xalq xo’jaligi tarmoqlarini yoki ayrim davlatlarni 
modul texnologiyasidan foydalanib o’rganish mumkin. 
Demak, yakuniy amaliy ishlar geografik voqea va hodisa hamda obyektlarni 
tavsifiga bag’ishlanar ekan. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida hamma xalq 
xo’jaligi tarmoqlarini yoki ayrim davlatlarni modul texnologiyasidan foydalanib 
o’rganish mumkin. Masalan, jahon sanoatini o’rganishda uni quyidagi modullarga 
bo’lib o’rganish mumkin: metallurgiya sanoati; mashinasozlik; yengil sanoat; 
qurilish xomashyosi sanoati; oziq‐ovqat sanoati; va h.k. ular o’z navbatida yana 
maydaroq modullarga bo’linib ketishadi. Masalan, mashinasozlikni yana quyidagi 
modulchalarga bo’lib yuborish mumkin: avtomobilsozlik; stanoksozlik; podshipnik 
ishlab chiqarish; teplovozsozlik; samalyotsozlik; ekskovatorsozlik; vagonsozlik; 
qishloq xo’jaligi mashinasozligi; kemasozlik; va h.k. Geografik ko’nikma va 


malakalarni shakllantirish darsi quyidagi qismlarga bo’linadi: ta’limiy va tarbiyaviy 
vazifalarni qo’yish; o’quvchilarni o’quv vositalari bilan tanishtirish (darslik, karta, 
jadvallar, diagrammalar). Ular amaliy mashg’ulotlarni bajarishda zarur bo’ladi; 
o’quv ishlari usullarini o’zlashtirish bo’yicha ko’rsatmalar berish; amaliy ishlarni 
bajarish bo’yicha ko’rsatmalar berish; bajarilgan amaliy ishlar natijalarini 
rasmiylashtirish; qilingan ishlarni yakunlash; uyga vazifa berish va uni bajarish 
bo’yicha ko’rsatmalar berish. Amaliy ishlar bajarishni samaradorligi ishni aniq 
tashkil qilishga bog’liq: qiyoslash; solishtirish; oddiy hisob‐kitoblarni bajarish; 
ma’lum reja yoki qolip asosida geografik voqea va hodisalarni tavsifini tuzish; bog’‐
liqliklarni aniqlash; karta bilan ishlash va h.k. 

Download 474,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish