Ishga topshiriq:
CORBA
texnologiyasidan foydalanib, ilovalarni
ishlab chiqishdagi
bosqichlarni ko‘rib chiqing va amalga oshiring:
1. IDL uchun interfeysni aniqlash;
2. IDLni qopqoq va skeleton kodini yaratish uchun qayta ishlash;
3. Ob’ektni amalaga oshirish kodini yaratish (server);
4. Ushbu ob’ektdan foydalanish kodini yaratish (mijoz).
IDL aniqlash tili dasturlash tilidan qat’iy
nazar tizimning universal
ko‘rinishini yaratish imkonini beradi.
IDLda yaratilgan kod maxsus kompilyator yordamida
kerakli dasturlash
tilidagi ob’ekt interfeys kodiga aylantirilishi kerak. Shundan so‘ng, mijozda berilgan
interfeys chaqiruvlarini ORB murojaatlariga o‘giruvchi qopqoq avtomatik ravishda
generatsiya qilinadi. Serverda dasturchi generatsiya
qilingan interfeys asosida
berilgan klassning shaxsiy talqinini yaratadi. Skeleton
ORB orqali kelayotgan
usullarning masofaviy chaqiruvini qabul qilish va qayta ishlashni avtomatlashtiradi.