Transport vositalarining marshrutlardagi ish rejimi.
Transport vositalarining marshrutlardagi ish rejimi, ya’ni ish (Tish) vaqti soatlarda o‘lchanuvchi ularni avtotransport saroyi nazorat joyidan ishga chiqib ketib, ish nihoyasida yana saroyga qaytib kelib yuqoridagi nazorat joyidan o‘tishgacha vaqt tushuniladi. Bunda aytilgan vaqtdan tushlik uchun berilgan vaqt chegirib tashlanadi.
Avtomobillarni ishda bo‘lish vaqtlari, ularni ayni marshrutda bo‘lish vaqtlari (Tm) va nolinchi qatnov harakatiga zarur vaqt yig‘indisidan iborat bo‘ladi:
Tish= Tm + to , soat [36]
O‘z navbatida yuk avtomobillarni marshrutda bo‘lish vaqti quyidagi vaqtlar yig‘indisidir:
Tm = Tx + To-t + Tbt , soat [37]
Harakat tezliklari.
Transport vositasi unumdorligi avtomobil harakat tezligi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. Harakat tezligi avvalo avtomobilning tortish-dinamik sifati va uning texnik holatiga bog‘liqdir. Bundan tashqari harakat tezligi yo‘l-iqlimiy sharoitlar, yo‘llarda harakatning intensivligi (zichligi), haydovchilar malakasiga bog‘liqdir. Har qanday sharoitda ham belgilangan harakat tezligi harakat xavfsizligi va ish ta’minlashi lozim.
Yo‘l sharoitlari ichida harakat tezligiga ko‘proq ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlarga yo‘l harakat qismining kengligi, harakat intensivligi, yo‘l qoplamasi holati, ko‘rinish sharoiti, yo‘l egrisi radiusi, nishablik uzunligi va ahamiyati, transport harakatini tartibga solishni takomillashtirishlar kiradi.
Kunduzgi vaqtga ko‘ra tundagi harakat tezligi odatda 5-10 % ga kamroq bo‘ladi.
Harakat sharoiti zich (intensiv) bo‘lgan yirik shaharlar va ular atrofidagi avtomobillar harakat tezligi, ulardan transport oqimlari umumiy tezligiga bog‘liq bo‘ladi.
Avtomobillarda yuk tashishda transport vositasi harakat tezligi va ekspluatatsion tezliklar farqlanadilar. Avtomobillar eng katta tezligi tushunchasi ham farqlanadi.
Texnik harakat tezligi (Vt) ni avtomobillar bosib o‘tgan yo‘llarining (Lum), bular bosib o‘tgan yo‘lga ketgan harakat vaqti (Tx) nisbati qilib aniqlanadi:
YAkka avtomobil uchun Vt= L/Tx, km/soat;
Avtomobillar saroyi uchun Vt= Lum/ATx, km/soat.
Harakat texnik tezligini hisoblashda, yo‘l harakatini tartibga solish bilan bog‘liq juda qisqa vaqt yo‘lda to‘xtashlar (svetoforli yoki oddiy chorraha, temir yo‘l shahobchalaridan o‘tish) va shu kabilar harakat vaqtiga qo‘shiladi.
Hozirgi davr avtomobillari yuqori darajali tortish-dinamik sifatlarga ega bo‘lib, ular miqdori eski modelli avtomobil ko‘rsatkichlaridan ancha yuqorida.
Hozirgi davr har xil yuk ko‘tarish qobiliyatli avtomobillar bir xil yo‘l sharoitlarida taxminan o‘zaro teng tezlik bilan harakatlanadilar. SHuni hisobga olib shahardan tashqaridagi yo‘llardagi harakat tezliklari І, ІІ va ІІІ guruhli yo‘llarda ular yuk ko‘tarish qobiliyatlaridan qat’iy nazar bir xil me’yorda belgilanadi. SHahar ichi yo‘llarining to‘shamasi (qoplamasi)dan qat’iy nazar yuk avtomobillari uchun hisobiy harakat tezligi: yuk ko‘tarish qobiliyatlari 7 t (sisternalarda 6t) gacha qadar - 25 km/soat; yuk ko‘tarish qobiliyati 7 t va undan ortiq bo‘lsa - 24 km/soat me’yorlanadi. Katta shaharlar chegarasidan 10 km tashqaridagi yo‘llarda ham yuqoridagi hisobiy me’yor qo‘llaniladi. Kichik shahar va aholi ko‘p yashovchi joylarda esa faqat ular chegarasi ichidagina aytilgan hisobiy me’yor qo‘llaniladi.
Ekspluatatsion tezlik (Ve) miqdori transport vositasining butun ish davomida umumiy bosib o‘tgan masofasini (L) o‘sha davr (ishdagi) vaqti (Tm soatda) ga nisbati qilib aniqlanadi:
bir avtomobil uchun Ve = L/Tish, km/soat
avtomobillar saroyi uchun Ve = Lum /ATish, km/soat
YUqoridagiga ko‘ra avtomobilning ishda bo‘lgan vaqti quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:
Tish = L/Ve , soat [38]
Formulalardan ko‘rinib turibdiki, ekspluatatsiya tezligi aniq yo‘l sharoitidagi harakat texnik tezligi, ayni ish bo‘g‘inida o‘rtacha yukli qatnov masofasi, yo‘ldan samarali foydalanish koeffitsienti va transport vositasining marshrutda to‘xtab turish vaqtlariga bog‘liq ekan.
Ekspluatatsion tezlik harakat tezligidan (taxminan 10-30% ga) kam bo‘ladi.
Ekspluatatsion tezlik miqdoriga tashish masofasi katta ta’sir etadi. Bu masofa qanchalik kichik bo‘lsa, avtomobilning marshrutdagi vaqti (Tm) ga to‘g‘ri keluvchi yo‘lovchilarni avtobusga chiqarish va tushirish hamda marshrut nihoyasida to‘xtab turishi yoki yuk ortish-tushirish operatsiyalarida to‘xtab turishiga to‘g‘ri keluvchi vaqt ulushi ko‘p bo‘lishi hisobiga, ekspluatatsion tezlik shunchalik kichik bo‘ladi. Demak, tashish masofasi katta, ayniqsa viloyatlararo (shaharlararo) tashishlarda ekspluatatsion tezlik shahar ichi tashishlarga nisbatan ancha katta bo‘ladi, uning miqdori harakat tezligiga yaqinlashib keladi.
YUk tashishda ekspluatatsion tezlik darajasi oshishi yoki kamayishi bosib o‘tilgan yo‘ldan samarali foydalanish koeffitsienti miqdoriga qarab o‘zgaradi. Ayni koeffitsientni yuqori bo‘lishi, yukli qatnovlarni ko‘pligiga bog‘liq bo‘lib, transport vositasining ortish-tushirish operatsiyalari ko‘p bo‘lishi bilan bog‘liq ekspluatatsion tezligi kamayadi. Bundagi kamayish salbiy hol emas, chunki ekspluatatsiya tezligi kamaygani bilan, tashilgan yuk hajmi ko‘payadi. SHuning uchun ekspluatatsiya tezligini baholashda, transport vositasini ishlash aniq sharoitlari hisobga olinib, ular unumdorligi hisoblanishi zarur.
Ekspluatatsiya tezligini oshirish uchun yuk ortish-tushirish ishlariga belgilangan vaqt me’yorlarini qisqartirish, unumsiz turib qolish sabablarini o‘rganilib, ularni yo‘qotish yoki kamaytirish, harakat texnik tezligini oshirish zarur. Bunday ishlar ko‘pincha tashishdagi tashkilotchilikka bog‘liq.
Avtomobillarning eng katta cheklangan tezligi deb yo‘l harakati qoidalariga ruxsat berilgan tezlik tushuniladi. Bunday tezlikni cheklanishi harakat xavfsizligi va muntazamligi bilan bog‘liq. Uning miqdoriga harakat jadalligigi, yo‘l va iqlim (ob-havo) sharoitlari ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |