Transport vositasi qatnov masofasi va undan foydalanish.
Transport vositasi qatnov masofasi deyilganda, uning km-larda o‘lchanuvchi bosib o‘tgan yo‘l masofasi tushuniladi. Avtomobilning ish marshrutidagi harakati ortish-tushirish joylari o‘rtasidagi ayrim qatnovlardan hamda avtotransport saroyi va avtomobilning ishlash marshruti orasidagi harakatidan iborat bo‘ladi.
YUk avtomobillari ishini tashkil qilishda ular barcha harakat davrlarida yuk tashish bilan band bo‘ladi yoki harakat vaqtining bir qismini yuk olishga borish uchun sarflanadi. Aytilganga ko‘ra qatnovlar unumli va unumsiz bo‘lib, transport vositasi bosib o‘tgan yo‘lining bir qismi unumli (ish bajarish bilan band) va ikkinchi qismi unumsiz, ya’ni bo‘sh qatnovdan iborat bo‘ladi. Avtomobillarda tashilayotgan yuk hajmi miqdoridan qat’iy nazar bunday qatnovlar unumli hisoblanadi.
YUk avtomobillarining unumsiz qatnov masofasi o‘z navbatida boshlang‘ich va ish nixoyasidagi avtotransport saroyi va ish marshruti o‘rtasidagi nolinchi qatnovdan hamda ish marshruti ichidagi bo‘sh qatnovidan iborat bo‘ladi.
Nolinchi qatnov (lo) deyilganda, avtotransport saroyidan to yuk ortish birinchi joyigacha va yuk tashish ishi nixoyasida so‘nggi tushirilgan joydan avtotransport saroyiga qatnov masofasi tushuniladi. Ayni transport jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan barcha qatnov yo‘l masofalari (masalan, ish marshrutidan tashqaridagi yonilg‘i-moy quyish joyigacha qatnov, yo‘lda buzilib qolgan avtomobilni tuzatishga borib-kelish qatnovi, haydovchilar almashtirish uchun avtotransport saroyiga borib-kelish qatnovi kabilar, ya’ni ish marshrutidan tashqariga chiquvchi barcha qatnovlar) nolinchi qatnovlar hisoblanadi.
Bo‘sh qatnov (lbq.) deyilganda avtomobilni yukdan bo‘shatilganda keyingi yuk ortish joyigacha qatnovi tushuniladi. Tashish transport jarayonining ajralmas qismini hisobga olib, marshrut ichi bo‘sh qatnovni shartli ravishda nazariy jixatdan unumli qatnov deyilsa ham bo‘ladi.
Agar biz transport jarayoninig bajarish bilan bog‘liq qatnovni lm , nolinchi qatnovni esa lo deb belgilasak, avtomobilning umumiy qatnovini (lum) quyidagicha ifodalash mumkin: lum= lm + lo , km
lm = lyuq + lbq ligini hisobga olinsa
lum = lyuq + lbq + lo, km. bo‘ladi.
Bir guruh avtomobillar va avtomobil saroyini transport jarayonini bajarish uchun umumiy qatnov masofasi quyidagiga teng bo‘ladi:
Lum = Lyuq + Lbq + Lo , km [21]
Transport vositasining qatnov masofalaridan foydalanish darajasining belgilovchi koeffitsient , unumli qatnov masofalarini umumiy masofasiga nisbati qilib aniqlanadi.
Bir avtomobilning bir yukli qatnovi uchun
[22]
Bir avtomobilni smena yoki bir sutka davomidagisi
[23]
Avtomobil saroyini bir kunlik ishi davomidagisi
[24]
Ayni bu ko‘rsatkich kalendar kunlar uchun
[25]
Transport vositasi bosib o‘tgan masofasi tashishni muvaffaqiyatli bo‘lishiga katta ta’sir etadi, mablag‘lar va vaqt sarfini talab etilishni hisobga olinsa, qatnov masofalaridan foydalanish koeffitsienti iloji boricha katta bo‘lishi va uning qiymati bir yoki unga yaqinlashishi tashish tannarxini arzonlashtirishga imkon beradi.
[26]
[27]
O‘rtacha qatnov masofasi, yuk tashish o‘rtacha masofasi, yo‘lovchilar almashuv koeffitsienti va yo‘lovchilar o‘rtacha qatnov masofasi
Bir sutkali o‘rtacha qatnov masofasi miqdori transport vositasi va haydovchilarning qanchalik jadal (intensiv) ishlashlariga bog‘liq bo‘lib, yonilg‘i sarfi, rejadagi yoki hisobiy davr ichida transport ishi hajmida o‘z aksini topadi.
Avtomobil saroyi bo‘yicha o‘rtacha sutkalik qatnov masofasi, barcha marka (modelli) avtomobillar umumiy qatnov masofasini ekspluatatsiyadagi avtomobil-kunlar yig‘indisiga nisbati qilib aniqlanadi:
[28]
YUk tashishda yuklangan avtomobillarni ortish-tushirish joylari orasidagi qatnovi yukli qatnov va uning masofasi yukli qatnov masofasi deb ataladi.
Odatda ekspluatatsion hisoblarda yukli qatnov masofalari har xilligini inobatga olinib yukli qatnov masofalarini o‘rtacha miqdoridan foydalaniladi.
YUkli qatnov masofalarining (Lyuq) o‘rtacha miqdori, bu umumiy yukli qatnov masofasini o‘sha davrdagi yukli qatnovli soni (Zyuq) ga nisbati qilib aniqlanadi:
[29]
Agar bizga ishdagi vaqt (Tish), yukli qatnovlari soni (Zyuq), yukli qatnov masofasining o‘rtacha qiymati va marshrutdagi qatnov masofasidan foydalanish koeffitsienti (m) ma’lum bo‘lsa, tashishni bajarish uchun bosib o‘tilgan masofa:
[30]
bir kun davomida umumiy qatnov masofasi
[31]
iborat bo‘ladi.
YUk tashishda 1 t yukni o‘rtacha masofaga tashish miqdori yuk hosil etuvchi punktlar joylashganligi, ular yuk oboroti, yuk oqimi tarkibi, TV turi, nominal yuk ko‘tarish koeffitsientlariga bog‘liqdir.
O‘rtacha tashish masofasi 1t yukni o‘rtacha qancha masofaga tashilganligini ko‘rsatadi va uni tonna-kilometrli yuk oborotlarini tonnalarda o‘lchanuvchi tashilgan yuklar miqdori (Q) ga nisbati qilib aniqlaniladi:
[32]
Bir marta yukli qatnov uchun lyuq. miqdori bilan lo‘rt. o‘zaro tengdir, chunki
[33]
Bir kun yoki smena davomidagi lyuq va lo‘rt bir avtomobil har xil miqdoridagi yukni bir xil masofaga yoki bir xil miqdoridagi yukni har xil masofaga tashilganda o‘zaro teng bo‘ladilar:
[34]
[35]
Har xil yuk ko‘tarish qobiliyatli yoki bir xil yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan avtomobillar va avtopoezdlar har xil masofaga yuk tashish qobiliyatlari bir xil bo‘lmagan holda yuk tashishlarni bajarsalar lo‘rt va lyuq o‘zaro teng bo‘lmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |