40-модда. Юридик шахсларнинг турлари [СПиТ


Электрон тижоратда электрон тўловларни амалга ошириш тартибини тушунтиринг



Download 171,37 Kb.
bet44/50
Sana13.07.2022
Hajmi171,37 Kb.
#790445
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   50
Bog'liq
Biznes huquqi

83. Электрон тижоратда электрон тўловларни амалга ошириш тартибини тушунтиринг.
84. Электрон савдо майдончаси тушунчаси ва унинг ҳуқуқий мазмунини ёритинг.
85. Тадбиркорлик фаолиятида бухгалтерия ҳисобини юритиш, солиқ ҳисоботлари ва статистик маълумотлар тақдим этишнинг ҳуқуқий аҳамияти ва уларни бажармаслик ҳуқуқий оқибатларини тушунтиринг.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlar
Tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan soliq tekshiruvi orqali amalga oshiriladigan davlat nazoratining o‘ziga xos xususiyatlari soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, xususan O‘zbekiston Respublikasining soliq kodeksi normalari bilan tartibga solinadi.

Soliq tekshiruvi – davlat soliq xizmati organlari tomonidan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladigan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining bajarilishini tekshirish tushuniladi.

Soliq tekshiruvi, birinchidan, tadbirkorlik subyekttining
moliya-xo‘jalik faoliyati tekshiruvi (taftishi) va ikkinchidan, qisqa muddatli tekshiruv shaklida amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik subyektining moliya-xo‘jalik faoliyati tekshiruvi (taftishi) soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida soliq to‘lovchining buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari hamda boshqa hujjatlarini o‘rganish va taqqoslashdir.
Soliq tekshiruvlarini o‘tkazishga doir qo‘shimcha shartlar
Davlat soliq xizmati organi rejali soliq tekshiruvi o‘tkazishning boshlanishi haqida tekshiruvni o‘tkazish boshlanishidan kamida o‘ttiz kalendar kun oldin tadbirkorlik subyektini tekshiruvdan o‘tkazish muddatlari va predmetini ko‘rsatgan holda yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan boshqa tumanlarda (shaharlarda) davlat ro‘yxatidan o‘tgan tadbirkorlik subyektlarida soliq tekshiruvlari o‘tkazish, ularning ishlab chiqarish binolari, savdo nuqtalari va xizmatlar ko‘rsatish (ishlar bajarish) joyi qayerda joylashganligidan qat’i nazar, takrorlashga yo‘l qo‘yilmagan holda, tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi tegishli davlat soliq xizmati organlari bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Soliq tekshiruvi davlat soliq xizmati organi rahbari yoki rahbar o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan soliq tekshiruvi o‘tkazish dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.
Soliq tekshiruvini o‘tkazish dasturida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

  • soliq tekshiruvi o‘tkazilayotganda o‘rganiladigan masala yoki masalalar doirasi;

  • soliq tekshiruvi soliq to‘g‘risidagi qaysi qonun hujjatlariga rioya etilishini o‘rganish uchun o‘tkaziladigan bo‘lsa, shu qonun hujjatlarining ro‘yxati;

  • tekshiruv turidan kelib chiqqan holda boshqa ma’lumotlar.

Soliq tekshiruvini o‘tkazish dasturini tuzish qoidalari nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Soliq tekshiruvi tadbirkorlik subyektining tekshiruv o‘tkazilayotgan yildan bevosita oldingi ko‘pi bilan besh kalendar yildagi faoliyatini qamrab olishi mumkin.
Soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotganda davlat soliq xizmati organlari O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda tadbirkorlik subyektining hududi va joylarini tekshirishga, mol-mulkni inventarizatsiya qilishga, hujjatlarni talab qilib olishga, hujjatlar va predmetlarni olib qo‘yishga, tadbirkorlik subyektidan, shuningdek tadbirkorlik subyektining rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruvini amalga oshirayotgan shaxslardan, boshqa moddiy javobgar xodimlaridan tushuntirishlar olishga, bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish choralarini ko‘rishga, ekspertni jalb etish va ekspertiza tayinlashga, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlari bartaraf etilishini talab qilishga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqlidir.
Soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotgan davrda tekshirilayotgan davrning soliq hisobotiga tadbirkorlik subyekti tomonidan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 171,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish